Konus vint chiziq (4.107- chizmaga qarang). Nuqta to‘g‘ri doiraviy konus o‘qi atrofida bir xil burchak tezligida aylanadigan yasovchi bo‘yicha tekis ilgarilama harakat qiladi. Shunda S0 nuqtaning bosib o‘tgan yo‘li konus sirtida vint chiziq hosil qiladi. Bu yerda konus asosi d va balandligi A o'zaro teng 8 ga bo‘lingan bo'lib, S0 nuqta konus yasovchilari bo‘yicha harakat qilib vaziyatga ko‘tariladi. Konus sirti yoyilmasida uning vint chizig‘i yoyilmasi ham qo'shib tasvirlangan. Bu yoyilma aylana sektoridan iborat bo‘lib, u ῳ=1800 d/l burchak bilan chegaralanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |