Respublika o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi markazi qashqadaryo viloyat hokimligi o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi boshqarmasi


Kesim va qirqimlarmiig bir-biridan farqi



Download 11,29 Mb.
bet24/47
Sana22.06.2022
Hajmi11,29 Mb.
#693720
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47
Bog'liq
Respublika o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi markazi qashqadary

Kesim va qirqimlarmiig bir-biridan farqi. Detaining tekislik bilan qirqilgan joyning o ‘zini tasvirlasak, kesim hosil bo'ladi (4.31- achizma). Kesimda faqat kesuvchi tekislikda hosil bo’ladigan yuza chiziladi.

Detal tekislik bilan qirqilganda hosil bo‘ladigan kesim yuza bilan birga tekislik orqafcidagi detal qismlari ham q o‘shib tasvirlansa, qirqim hosil bo‘ladi (4.31- b chizma).
Qirqimlar. Qirqimlar kesimlar kabi standart talabiga muvofiq bajariladi. Detaining ichki qismini aniqlash maqsadida qirqim q o‘ llaniladi. Detaining ichki qiyofasini qirqimsiz aniqlasa bo'lmaydimi degan savol tug‘ ilishi mumkin. Soddaroq detal bo'lsa, uning ichki ko‘rinishini ko'rinmas kontur chiziqda tasvirlasa bo‘ladi. Unday detallarning chizmalarini chizishni yaxshi bilasiz. Lekin detaining ichki ko‘rinishi murakkabroq, ya’ni bir qancha sirtlardan tashkil topgan bo‘lsa, chizmani o ‘qish qiyinlashadi. Shuning uchun chizmani o'qishni osonlashtirish maqsadida qirqimlar tadbiq qilinadi. Qirqimlar detaining ichki va tashqi qiyofasiga qarab qo'llaniladi.
4.32- a chizmada detaining ikkita ko‘rinishi va yaqqol tasviri berilgan. Detaining ichki tuzilishini ko‘ rsatish uchun bitta V ga parallel frontal A tekislik qo'llasa bo‘ladi. Shunda detaining silindr va to‘g‘ri o ‘yilgan joylari ko'rinadi. 4.32- b chizmadagi yaqqol tasvirda kesuvchi tekislik detaining simmetriya o‘qi orqali o ‘tishi ko‘rsatiigan. Qirqimni aniqroq ko‘rsatish uchun detaining oldingi yarmi siljitilgan. Ko'rinib turgan qirqim detaining bosh ko‘rinishida tasvirlangan.
Ko'rinishlarda qirqim hosil qilish uchun kesuvchi tekislikni detaining simmetriya o ‘qi orqali o ‘tgan deb faraz qilinadi. Tekislik kesgan joylar fikran bosh ko‘rinishda aniqlanadi. Qirqimga tushgan yuza kesim kabi shtrixlanadi.
4.33- chizmadagi detaining ko‘rinishlariga ahamiyat berilsa, kesuvchi A tekislik H ga parallel qilib o'tkazilgan. Shunda detaining ichki ko‘ rinishi aniq ko‘ rinadi. Bu yerda ham detal qirqimining yaqqol tasvirida, aniq ko‘ rsatish maqsadida, uning yarmi yuqoriga ko'tarilgan.





4.34- chizmada yana bitta detaining iichta ko4rinishi va yaqqol tasvirida qirqim ko'rsatilgan. Kesuvchi A tekislik W ga parallel qilib o ‘tkazilgan. Shunda detaining chapdan ko'rinishida ichki ko‘ rinishi aniq ko‘ rinadi.


Kesuvchi tekislik qaysi proeksiyalar tekisligiga parallel qilib o'tkazilsa, qirqim o ‘sha tekislik nomi bilan ataladi.



4.32- chizmada kesuvchi A tekislik V ga parallel bo‘ lgani uchun frontal qirqim deyiladi.


4.33- chizmadagi qirqimda kesuvchi A tekislik H ga parallel, shuning uchun u gorizontal qirqim deyiladi.
4.34- chizmadagi qirqim profil qirqim deyiladi, chunki bu yerda kesuvchi A tekislik W ga parallel.
Qirqim qo'llanilgan chizmaga e'tibor berilsa, detaining ichki tuzilishini tasvirlovchi shtrix chiziqlar o‘chirilgan, uning o‘rniga kontur chiziq chiziladi. Qirqimda kesuvchi tekislik iz detaining simmetriya o‘qi orqali o ‘tsa, u tasvirlanmaydi. 4.32-, 4.33- va 4.34- chizmalarda kesuvchi A tekisliklar detallaming simmetriya o'qlari orqali o ‘tganligi uchun kesuvchi tekisliklar izlari ko‘rsatilmagan.
Detal shakli murakkab bo'lsa va uning ichki tuzilishini bitta ko‘ rinishda qirqib ko'rsatish imkoniyati bo‘lmasa, boshqa ko'rinishlarda ham qirqim qo‘llaniladi. 4.35- chizmadagi detaining uchala ko‘rinishida ham qirqim qo'llanilgan. A -A orqali frontal qirqim, B -B yordamida gorizontal qirqim bajarilgan. Bu yerda kesuvchi tekislik izlari detaining simmetriya o ‘qlari orqali o‘tmaganligi uchun ular A -A va B -B tarzida ko‘rsatilgan. Bu chizmada profil qirqim belgilanmagan. Chunki uni ko'rsatuvchi proftl tekislik detaining simmetriya o‘qi orqali o‘tgan. 4.36- chizmada qiya qirqim ko'rsatilgan. Bu yerda kesuvchi A-A tekisiik H, V, W larga nisbatan parallel joylashmagan. U A-A ga parallel chiziladi. Siz endi qirqimiar va ularning ko'rinishlari haqida bilimga ega bo‘ldingiz.


1. Qirqim nima? Qanday qirqimiar mavjud?
2. Nima uchun gorizontal qirqim deyiladi? Frontal qirqim deb nimaga aytiladi? Profil qirqim deb nimaga avtiladi?
3. Qanday holatlarda qirqimiar belgilanadi va belgilanmaydi?

Download 11,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish