5. O`zaro moslik o`rnatish: Juda qiziq test turi hisoblanib, bir savolning o`zida bir necha savollar banki yig`ilgan bo`ladi.
6. Javoblarni tartiblash: Tartibsiz holda berilgan javoblarni to`g`ri tartibda yozish kerak bo`lgan holda ushbu test turidan foydalaniladi.
7. Sonni kiriting: Sonli ko`rinishdagi javob berilishi kerak bo`lgan savollar uchun ushbu test turidan foydalaniladi. Bunda javobda ma`lum sondan katta, kichik, katta yoki teng, kichik yoki teng, teng emas kabi variantlardan foydalanish mumkin.
8. Bosh joylarni to`ldiring: Bunda savol tarkibidagi bo`sh joylarga kerakli javoblarni klaviatura yordamida kiritiladi. YA`ni to`gri javobni ko`rsatilgan joyga yozish talab etiladi. Bunda test tuzuvchi tomonidan bo`sh joylar bitta yoki bir necha joylashtirish mumkin.
9. Javoblari keltirilgan savol: savolning bo`sh qismlarida javoblar variantlari keltirilgan bo`ladi, ushbu javob variantlardan to`g`risini belgilash mumkin.
10. So`zlar banki: Bu savol turida so`zlarni kerakli joyga joylashtirish talab etiladi. Bo`sh joylar va ushbu joylar soniga teng so`zlar banki keltirilgan bo`ladi.
11. Faol hududni aniqlovchi savol: Bu savol turida rasm beriladi va ushbu rasmning kerakli qismi javob sifatida belgilanadi. Javob berish jarayonida sichqoncha yordamida kerakli qism tanlanadi.
Tuzilgan savollar aynan bir turda emas o’quvchilarda mantiqiy fikrlashni talab etadigan testlar tuzish imkoniyatini yaratadi. Albatta ushbu turdagi testlarni tuzishda o’qituvchi o’z ustida ishlashi, xalqaro baholash tadqiqotlarini o’rganishi va ushbu dasturdan foydalangan holda nazorat ishlarini tuzish talab etiladi.
Xulosa o’rnida shuni takidlash joizki, testlarni turli xil ko’rinishda tuzish va natijalarni baholash tizimi ham(foiz, ball, baho) qulayligi bilan iSpring QuizMaker dasturini umumta’lim maktablariga joriy etilishi o’quvchi hamda o’qituvchi uchun qulayliklar yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Nishonov A.Х. va boshqalar. Ta`limda erkin va ochiq kodli dasturiy ta`minotlar, Axborot texnologiyalari va telekommunikasiya muammolari, respublika ilmiy-texnik konferensiyasi, Toshkent 2012 y.121-123 b.
2. R.Ishmuhamedov., M.YUldashev. Ta`lim va tarbiyada innovasion pedagogik texnologiyalar.-T.: “Nihol nashryoti, 2013 yil 278 bet.
3. S.Tursunov va boshqalar. Pedagogning shaxsiy va kasbiy maydonini loyihalash moduli bo’yich ma’ruza matn. Toshkent, 2018 yil. B. 100., 77-82 b.
4. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda.
Do'stlaringiz bilan baham: |