Tushunchalar
|
Tahlil
|
Kub
|
Hamma yoqlari kvadratdan iborat to‘g‘ri burchakli parallelepiped kub deb ataladi.
|
Uchburchak
|
Uchburchak geometrik figuralardan biri boʻlib, bir toʻgʻri chiziqda yotmaydigan uchta nuqta va shu nuqtalarni ketma-ket tutashtirishdan hosil boʻlgan figura. Nuqtalar uchburchakning uchlari, kesmalar esa uning tomonlari hisoblanadi. Uchburchak uning uchlarini koʻrsatish bilan belgilanadi.
|
Kvadrát
|
Qarama-qarshi tomonlari oʼzaro teng bolgan toʼgʼri burchakli toʼrtburchak yoki burchaklari toʼgʼri burchaklardan iborat boʼlgan romb kvadrat deb ataladi
|
Aylana
|
Aylana – muayyan nuqtadan teng uzoqlikda yotgan nuqtalar toʻplami. Aylana — faqat chiziq. Oq qog‘oz ustiga dumaloq stakanni qo‘yib, atrofidan qalam yurgizib chiqsak, hosil bo‘lgan ingichka dumaloq chiziq aylana bo‘ladi Aylana chizish uchun sirkuldan ham foydalanish mumkin. Agar sirkul bo‘lmasa, qog‘oz varag‘ini yog‘och taxtacha ustiga qo‘yib, o‘rtasiga bitta knopka qadang, tagiga pishiq ip bog‘lab qo‘ying, ipning ikkinchi uchiga qalam bog‘lang. Qalamning ip bog‘langan joyidan ushlab, tarang torting-da, aylanma chiziq chizib chiqing, shunda aylana hosil bo‘ladi.
|
Doira
|
Doira — yassi shakl, uni qirqib tayyorlash mumkin. Hali chizgan aylanangizni atrofidan qaychi bilan qirqib chiqsangiz, doira hosil bo‘ladi.Doira va aylana «egizaklar», «opa-singillar»dir. Ular har doim birga «yurishadi»: aylana chizdingizmi — doira hosil bo‘ladi, doira qirqib oldingizmi — qaychi yurgan yo‘l aylanani bildiradi. Sirkul qo‘yiladigan yoki haligi knopka qadaladigan nuqta aylana va doira markazi hisoblanadi. Limon bo‘lagi va velosiped g‘ildiragi markazini topish oson.
|
Bu metodni nafaqat matematikada balaki boshqa fanlarda ham ishlatsak bo`ladi. Bolalarni fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirishda, mavzularni eslab qolishda bu metodlarni dars davomida foydalanish ularda fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qilgan bo`lamiz. Har bir metodning o`ziga xos tomonlari bor, biz undan darslar jarayonida oqilona foydalanishimiz kerak. Bu esa fanimizni yanad qiziqali o`tishimizga o`quvchilarni fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirishga sabab bo`ladi deb o`ylayman.
Fikrimni Rudakiyning ushbu gaplari bilan tugatmoqchiman " Bilim odamiing ijodiy maqsadlariga xizmat etmog‘i lozim. Bilim orttirishning o‘zi kifoya emas, uni iloji boricha keng yoymoq va hayotga tatbiq etmoq zarur".
Do'stlaringiz bilan baham: |