Foydalanilgan adabiyotlar
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili o`qish matematika tabiiyot (1-4-sinf)” , — T., 2017-yil.
https://telegra.ph/PIRLS-nima-foydasi-qanday-songgi-yillardagi-natijalar-03-13.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi “O’quvchilarning matematik, tabiiy-ilmiy fanlar hamda o’qish savodxonligini baholashga mo’ljallangan topshiriqlar to’plami”, — T., 2019-yil.; elektron manba: https://t.me/milliymarkaz.
TIMSS DASTURIDA G’AZAL VA UNING TAHLILI
Avalboyeva Robiya Abdusattarovna
Guliston shahar 16-maktabning
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
TIMSS xalqaro baholash dasturini qo’llashdan oldin o’quvchilarda mustaqil fikr yutirish ko’nikmasini shakllantirish kerak. Bunda mumtoz adabiyotimizning g’azallarini tahlil qilish juda qo’l keladi. Avvalo g‘azal o‘qituvchi tomonidan maromiga yetkazib (imkon qadar yoddan) o‘qib eshittiriladi. Shuningdek, sinfdagi she’rni yaxshi o‘qiy oladigan o‘quvchilardan biriga yod oldirib o‘qitsa ham bo‘ladi. O‘qishda albatta aruz vazni qoidalariga rioya qilgan holda she’rda ifodalangan mazmunga muvofiq ohang ham tanlanishi kerak. O‘qish texnikasiga ko‘ra birinchi misra oxirida ohang ko‘tariladi, ikkinchi misra avvalida shu ohang ushlab turiladi va asta-sekin pasayib, bayt oxiri tugallanish ohangi bilan yakunlanadi.
G‘azalni tinglagach, birgalikda uning qanday mavzuda yozilganligini aniqlash lozim. O‘qituvchi avval boshdan g‘azal mavzusini o‘zi aytib qo‘ymasdan, bolalardan so‘rashi maqsadga muvofiq. Ular ishqiy mavzu yozilgan g‘azallarni darrov ilg‘ay oladilar. Lekin didaktik, falsafiy, ba’zan peyzaj g‘azallar mavzusini belgilashda qiynalib qolishlari mumkin. Shunda muallim she’r mavzusini qanday aniqlash lozimligini uning belgilaridan – bosh qahramon, tasvir ob’ekti yoki kechinmalar bayonidan kelib chiqib, tushuntirmog‘i kerak.
G‘azalda ishtirok etayotgan asosiy obrazlar aniqlanadi. Ishq-muhabbat mavzusida asosiy uch obraz bor: oshiq, ma’shuqa (yor), raqib. Obrazlarga qarab g‘azalning tasvirga ko‘ra turi aniqlanadi: a) unda oshiqning ichki kechinmalari, oshiqona tuyg‘ulari ifodalangan bo‘ladi (Lutfiyning “xoh inon, xoh inonma”, “bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul”, Navoiyning “kelmadi”, “bo‘ldim sanga” radifli g‘azallari va boshq.); b) agar ma’shuqa (yor) go‘zalligi yoki uning xarakter xususiyatlari ifoda etilgan bo‘lsa, ma’shuqa vasf qilingan g‘azal sanaladi (Lutfiyning “Ayog‘ingg‘a tushar har lahza gisu”, Ogahiyning “aylansun” radifli, Furqatning “Surmadin ko‘zlar qaro...” g‘azallari); v) aksar hollarda ushbu ikki xususiyat o‘zaro aralashgan yoki uyg‘unlashgan holda keladi (Navoiyning “qilg‘il”, “deyin”, Boburning “mushkuldur”, “topilmas”, Ogahiyning “ustina” radifli g‘azallari va b.).
Didaktik g‘azallarda bosh obraz hayot haqiqatlari, inson hayoti mohiyati to‘g‘risida fikr yuritayotgan donishmand shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Ko‘p hollarda bu shoirning o‘y-mulohazalari sifatida olinadi (masalan, Avaz O‘tarning “Til”, Zavqiyning “Jahonda kamsuxan kim bo‘ldi”, Furqatning “bormasmiz” g‘azallari va boshq.).
Peyzaj g‘azallarda bosh obraz tabiatdir. Unda biror yilning fasli (qish, bahor, kuz, yoz), tabiat hodisasi (yomg‘ir, shamol), daraxt, meva kabilar tasvir ob’ekti sifatida olinadi va lirik qahramon kechinmalari ifodasi uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi (Ogahiyning “navro‘z”, “qish” radifli, Furqatning “Fasli navbahor o‘ldi...” g‘azallari). Ko‘p hollarda tabiat timsoli ishqiy kechinmalar izhori yoki jamiyat voqeliklari talqini bilan uyg‘unlashib ketishiga
Asosiy obrazlar aniqlab olingach, har bir bosh obraz atrofida guruhlangan ikkilamchi obrazlarni ajratib olmoq kerak. Ikkilamchi obrazlar bosh obrazning qay jihati, xarakter xususiyatining qaysi qirrasi yoritilayotganini aniq, ravshan his etish, anglash va shoir mahoratini idrok qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, 8-sinf darsligidagi “ne bo‘lursan” radifli g‘azali maqta’siga diqqat qilaylik:
Do'stlaringiz bilan baham: |