Литература: Доклад Президента Узбекистана на совещании по вопросам реформ в системе народного образования от 2 ноября 2018 года [Электронный ресурс]. – Режим доступа: https//upl.uzupl.uz/president/8898-news.html/(03/11/2018)
2.Ушакова М.А., Неустроева А.В. Реализация метода проектов на уроках математики // Наука и перспективы. – 2016. – №2. – С. 37-40.
3. Андреев В.И. Педагогика. Учебный курс для творческого саморазвития. Изд. Центр инновационных технологий.- Казань, 2006. -608 с.
4.Шмелёва Н.Г. Информационная культура на современных инновационных процессах. // ООО «Ар-Консалт». 2014. – С. 131-132.
5.Маматкулова Н. Ш. Инновационные подходы при обучении в начальных классах на примере изучения величин на уроках математики // Молодой ученый. — 2016. — №25. — С. 566-569. — URL https://moluch.ru/archive/129/35831/
Xalqaro baholash dasturiga tayyorlash bugungi davr talabi
Fayziqulova Diyora Sirdaryo viloyati Xovos tumani 19-umumiy o`rta ta'lim maktabining boshlang'ich ta'lim o`qituvchisi
Ilmdan yaxshiroq xazina bo`lmas, Qo`lingdan kelgancha tera olsang, bas. Abu Abdullo Rudakiy
So`nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o`sish ko`rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo`lgan talabni yanada oshirmoqda.
Bu o`z-o`zidan o`quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o`qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi.
Talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.
Zamonaviy ta`lim nazariyasi o`qituvchini o`quv-biluv jarayonining rahbari sifatida baholaydi. Boshlang`ich sinf o`qituvchisi o`quv jarayoniga to`g`ri rahbarlik qilishi uchun birinchi navbatda chuqur bilim va yuksak kasbiy mahoratga ega bo`lishi kerak . Shu jihatdan ham o`qituchi o`quvchi uchun o`rnakdir. Uning muhim vazifalaridan biri-bolani o`ziga jalb eta olishdir. Buni men o`z darslarim ish faoliyatim jarayonida amalga oshirib borayapman desam mubolag`a bo`lmaydi.
Bugungi kunda biz xalqaro baholash dasturiga tayyorgalik ko`rish ishlarini ish jarayonimizda boshlab yubordik. Qisqach shu haqida to`xtalib o`tsak. Men ko`p ishlarimnni o`quvchilarning metematik qobiliyatlarini ochishga harakat qilaman. Bu haqida matematik to`garaklar ham tashkil etganman, sabab ularni TIMSS xalqaro baholash dasturiga tayyorlash. Xo`sh u o`zi nima? TIMSS xalqaro tadqiqotining asosiy vazifasi maktabning matematika va tabiiy fanlar ta'limi sifatiga solishtirma baho berish. Har 4 yil davomida 4- va 8-sinf o`quvchilarining ta'lim yutuqlariga baho berib boriladi va shu bilan birga, nafaqat ularining bilim va ko`nikmasi, balki ularning ushbu fanlarga bo`lgan munosabati, qiziqishi, xamda ta'limga bo`lgan motivatsiyasini solishirishga imkon beradi. Tadqiqotning asosiy rejasi: 4 yil davomida 4-sinf o`quvchisi 8-sinfga etgunga qadar uning matematika va tabiy fanlar bilimining natijalari kuzatib boriladi. Shu yo`sinda maktabning boshlang'ich va yuqori sinf o`quvchilarining bilim yutuqlarining monitoringi amalga oshiriladi.
Taqdqiqot o`tkazuvchi davlatlarda maktabda matematika va tabiiy fanlar ta'limning mazmun mohiyati va o`quv jarayoni, ta'lim muassasasi, o`qituvchilar, o`quvchilar, ularning oilalari bilan bog'liq omillar qo`shimcha o`rganiladi. Xalqaro testga qo`shimcha bo`lib tadqiqotda ishtirok etuvchi maktab ma'muriyati, o`quvchilar va o`qituvchilar so`rovnomadan o`tkaziladi. Olingan ma'lumotlar test natijalariga ya'ni o`quvchilarning bilimiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlashga, tadqiqotda ishtirok etuvchi davlatlarning matematika va tabiiy fanlarning holatini ko`rsatib berishga yordam beradi.
Misol uchun :