Reja: Xalqlar va dinlar orasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g‘oyasi. "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" rezolyutsiyasi



Download 22,94 Kb.
bet1/2
Sana11.12.2022
Hajmi22,94 Kb.
#883739
  1   2
Bog'liq
Xalqimizga xos bağrikenglikning tarixiy ildizlari


Xalqimizga xos bağrikenglikning tarixiy ildizlari
Reja:

  1. Xalqlar va dinlar orasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g‘oyasi.

  2. “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi

  3. 16 noyabr – Xalqaro bag'rikenglik kuni



  1. Xalqlar va dinlar orasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g‘oyasi.

Bugungi kunda xalqlar va dinlar orasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g‘oyasi dunyoda eng dolzarb masalalardan biridir. Bu borada YUNESKO tomonidan 1995-yil Parijda “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” qabul qilingan. Birlashgan millatlar tashkiloti esa 16-noyabr “Bag‘rikenglik kuni” deb e'lon qilgan.
Ma'lumki, bag‘rikenglik g‘oyasi - turli millat va elatlar vakillarining bir zamin, bir vatanda olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. Qadim-qadimdan milliy qadriyatlarimiz ezgulik g‘oyalariga asoslanib, yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi fazilatlarga tayanib kelgan. Odamlarni halollik, poklik, mehr-oqibat va bag‘rikenglikka chorlagan.
Mustaqillik sharofati bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan O‘zbekistonda turli millat va elat vakillari farovon yashashi, osoyishta hayot kechirishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Etnik munosobatlar va din sohasida olib borilayotgan izchil va oqilona siyosat tufayli mamlakatimizda millatlararo totuvlik, dinlar va konfessiyalararo hamkorlik qaror topdi. Konstitutsiyamizda «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar», degan tamoyilning mustahkamlab qo‘yilishi esa, bu boradagi ishlarning qonuniy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Milliy qadriyatlar diniy bag‘rikenglikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Tolerantlik - o‘zligini anglagan millat vakillarini boshqa millat vakillarining kamsitishiga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan tinch-totuv hayot kechirishidir. Tolerantlik tuyg‘usi insonning xulq atvori, odob-axloqi, siyosiy-ma'naviy pokligi, o‘z xalqiga va milliy-tarixiy qadriyatlariga munosabatini belgilab beradi. Bu xususiyatlar esa har bir insonda bag‘rikenglik, baynalmilallik tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Mazkur masalalarni kengroq tushuntirish va bu borada xodimlarning bilim va madaniyatini yanada oshirish maqsadida bugun Iqtisodiyot vazirligida “O‘zbek xalqining bag‘rikenglik va olijanoblik fazilatlarining ijtimoiy ahamiyati” mavzusiga bag‘ishlangan ma'naviyat-ma'rifat soati bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlikning markaziy apparati hamda tasarrufidagi tashkilotlari xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbarining birinchi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur, Rus pravoslav cherkovining O‘rta Osiyo okrugi Toshkent va O‘zbekiston Yeparxiyasining vakili Protoiyerey Sergiy Alaxtayev, O‘zbekiston Respublikasi baynalmilal madaniyat markazi raisi Nasriddin Muhammadiyev, Rus madaniyat markazining raisi Aleksandr Aristov hamda Qozoq madaniyat markazining raisi Serikbay Usenovlar O‘zbekistonda bag‘rikenglikka doir ma'ruzalari bilan qatnashdilar.
Tadbirni vazir o‘rinbosari Sh.Fayzullayev ochib berib, birinchi so‘zni Protoiyerey Sergiy Alaxtayevga berdi. S.Alaxtayev o‘z ma'ruzasida bag‘rikenglik tushunchasini Xristian dini nuqtai nazaridan izohlab berib, u, birinchi navbatda, ota-bobolardan qolgan urf-odatlarga tayanishini, agar insoniyat ham madaniy, ham diniy urf-odatlarini saqlab qololmasa, natijada o‘zligini butkul yo‘qotishini aytib o‘tdi.
Navbatdagi so‘z O‘zbekiston Respublikasi baynalmilal madaniyat markazi raisi Nasriddin Muhammadiyevga berildi. Nasriddin Misriddinovich Respublika baynalmilal madaniyat markazi haqida gapirib, bu tashkilot mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning uzoqni ko‘ra bilish siyosati asosida vujudga kelgan tashabbusi bilan 1992-yil 3-yanvarda ta'sis etilganligini, hamda 2017-yilda tashkilotning 25 yilligi nishonlanishini aytib o‘tdi. Shuningdek, “baynalmilal” atamasiga izoh beraturib, bu - “internatsional” so‘zining arab tilidagi tarjimasidan olinganligini va “millatlararo” ma'nosiga egaligini tinglovchilarga tushuntirdi. Notiqning ta'kidlashicha, ushbu markazning vazifasi mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan milliy madaniy markazlar ishini muvofiqlashtirish va ularga amaliy-metodik yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Bugungi kunda Respublika baynalmilal madaniyat markazi 140 ga yaqin milliy madaniy markazlar ishini muvofiqlashtirmoqda. N.Muhammadiyev, shuningdek o‘z nutqida respublikada faoliyat olib borayotgan milliy madaniy markazlar bilan birgalikda yil davomida turli tadbirlar o‘tkazilishini, jumladan, bu yil “O‘zbekiston umumiy uyimiz” deb nomlangan do‘stlik va madaniyat festivali oltinchi marotaba tashkil etilayotganligi haqida so‘zlab berdi. 
Shayx Abdulaziz Mansur Islom dini bag‘rikenglik dini ekanligi, uning negizida o‘zga din vakillariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish g‘oyasi yotganligini aytib o‘tdi. Qaysi bir din bo‘lishiga qaramay, ularning barchasi insonlarni ezgulikka chaqirishini, ammo shunga qaramay turli tajovuzkor kuchlarning qo‘poruvchilik ishlari natijasida bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizm tushunchalari vujudga kelganligini, Alqoida, Xizb ut-Tahrir va ISHID kabi terrorchilik tashkilotlarining tahdidlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda shuningdek Rus va Qozoq milliy madaniy markazlari rahbarlari ham so‘zga chiqib, markazlarning yurtimizda olib borayotgan faoliyatlari, o‘zaro munosabatlari va madaniy hamkorliklari haqida so‘zlab berdilar.
Tadbirning katta qismi suhbat tarzida o‘tkazilib, unda vazirlik xodimlari tomonidan mehmonlarga berilgan savollar muhokama qilindi. Jumladan, yoshlarimizni, kelajak avlodni turli qo‘poruvchilik yo‘llariga kirib qolmasliklari uchun mamlakatimizda qanday ishlar amalga oshirilayotganligi, ushbu yo‘nalishda Internet tizimi imkoniyatlaridan qay darajada foydalanilayotganligi, bugungi kunda yosh oilalarda ajrashish holatlari ko‘p kuzatilayotganligi va bunga qarshi qanday choralar ko‘rilayotganligi, Respublika baynalminal madaniyat markazi faoliyatida oxirgi yillarda qanday o‘zgarishlar bo‘lganligi kabi savollarga atroflicha javoblar berildi.
Ushbu ma'naviyat-ma'rifat soati o‘zbek va rus tillarida olib borildi. Tadbir ishtirokchilarda katta taasurot qoldirdi.
Dunyoda globallashuv jarayoni shiddatli tus olgan bugungi kunda turli madaniyat va dinga mansub xalqlar o‘rtasida o‘zaro muloqot va hamkorlikni rivojlantirish dolzarb ahamiyatga ega.
Zero, bugun yakka shaxs yoki alohida millat va davlatning o‘z qobig‘idan chiqmasdan taraqqiy etishi tasavvurga sig‘maydi. Bunda esa, avvalo, bag‘rikenglik tamoyili ustuvor bo‘lmog‘i zarur. O‘z navbatida, mazkur tamoyilning qaror topishi har qanday davlatning tinch, osoyishta va farovon hayotiga ham kafolatdir.
Prezidentimiz 2017-yil 19-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida jahon hamjamiyati oldida turgan dolzarb masalalar haqida to‘xtalar ekan, “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qilish taklifini ilgari surgan edi. 2018-yil 12-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasi 51-yig‘ilishida mazkur rezolyutsiya 193 ta a’zo mamlakat tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi.

  1. “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi

“Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasining aynan O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilishida o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Bugun millatlararo totuvlik va konfessiyalararo bag‘rikenglikni ta’minlash borasida O‘zbekiston namunasi jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilmoqda.
Darhaqiqat, O‘zbekiston zaminida azaldan islom dini bilan yonma-yon boshqa dinlar, madaniyatlar ham yashab, rivojlanib kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov va sinagogalar mavjud bo‘lgani, turli millat va dinga mansub qavmlarning o‘z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig‘idir. Tariximizning eng murakkab, og‘ir davrlarida ham ular o‘rtasida diniy asosda mojarolar bo‘lmagani xalqimizning diniy bag‘rikenglik borasida katta tajriba to‘plaganidan dalolat beradi.
Yurtimizda bag‘rikenglik va murosaning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Mamlakatimiz hududida faoliyat ko‘rsatgan turli dinlar madaniyati bo‘yicha izlanishlar qilgan yapon olimi Kyudzo Katoning ta’kidlashicha, Surxondaryo vohasidagi noyob budda madaniyati va yahudiy yodgorliklari, Buxorodagi nasroniylar ziyoratgohlari yurtimizdagi islom obidalari bilan bir qatorda turishi hech kimni ajablantirmaydi.
Jahondagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi va yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Din odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi. Aksariyat dinlar bu dunyoni foniy, o‘tkinchi deb hisoblaydi. Ular insonning yashashdan asl maqsadi bu dunyoda xayrli, savob ishlar qilish, degan g‘oyani targ‘ib etadi. Barcha dinlarda inson hayotining mohiyati, mazmuni, kishilar o‘rtasidagi siyosiy-huquqiy, axloqiy munosabatlarni tenglik va adolat mezonlari asosida o‘rnatish o‘z aksini topgan. Xususan, yahudiylar jamoasi vakillaridan biri R.Bensman shu haqda to‘xtalar ekan, Bu xoroda dastlabki sinagoga VIII asrdayoq qurilgani, boshqa din vakillari bilan bir qatorda o‘z dinlariga erkin e’tiqod qilish uchun o‘sha paytda ham sharoit yaratib berilganini ta’kidlab: “O‘rta asr Yevropasi va Vizantiya imperiyasidan quvg‘in qilingan yahudiylik Markaziy Osiyoda boshqa dinlar bilan bir xil huquqqa ega edi”, deb yozadi.
Shu o‘rinda arxiyepiskop Vladimirning fikrlarini ham keltirish joiz deb bildik: “XIX asrda Rossiyaning markaziy mintaqalaridan majburlab ko‘chirilgan dehqonlar nochor ahvolga tushib qolganda mahalliy aholi ularga har tomonlama yordam ko‘rsatgan. O‘sha davr voqealarini ko‘rgan iyeromonax Xariton “...Mahalliy aholi nochor ko‘chmanchilarga rahmdillik bilan munosabatda bo‘ldilar, busiz ularning ko‘pchiligi ochlik va muhtojlikdan o‘lib ketgan bo‘lar edilar”, deb guvohlik bergan”.
Turkiston yerlariga kirib kelgan rus pravoslav ruhoniylari asosiy e’tiborni missionerlik faoliyatiga emas, balki o‘z jamoalarining diniy ehtiyojlarini qondirishga qaratgan. Pravoslavlar cherkov qurganida mahalliy musulmon aholi ham yordam ko‘rsatgani ma’lum. Masalan, Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi Muqaddas Georgiy ibodatxonasi qurilishiga mahalliy imom va savdogarlar moddiy ko‘mak bergan. Bu holat ushbu dinlar vakillari orasidagi o‘zaro hurmat o‘sha davrlarda ham mustahkam bo‘lganiga dalil bo‘la oladi.
Tarixiy manbalarda O‘zbekistonda diniy va etnik munosabatlar asosida biror marta nizo chiqmagani qayd qilingan. Bunday holatni hozir islom, xristian, yahudiy dinlari va boshqa konfessiyalarning o‘zaro munosabatlari misolida ham ko‘rish mumkin. Bu kabi do‘stona munosabatlar, ya’ni musulmonlar boshqa din vakillarining O‘zbekiston zaminida hamnafas bo‘lib yashashi diniy-ma’naviy totuvlik timsoli va barcha din vakillariga nisbatan bag‘rikenglikning eng yaxshi namunasi, deb aytishimiz mumkin.
Abu Rayhon Beruniy “Hindiston” asarida: “Biron xalqning u yoki bu udumlariga baho berishda bunisi menga yoqadi, unisi yoqmaydi, deyishga hech kimning haqqi yo‘q. Negaki, har bir xalq udumlari, an’analari ming yillar davomida shakllangan va o‘sha millatning hayot tarziga aylangan”, deb yozgan edi.
Buyuk ajdodimizning ushbu so‘zlari insoniyatning bir butunligi va taraqqiyotini belgilab beruvchi omillardan biri — madaniy turli-tumanlikka munosabatning o‘ziga xos shakli bo‘lib, bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikning mohiyatini anglashda muhim ahamiyatga ega.
Hozir yurtimizda turli millat va elat vakillarining diniy urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini saqlab qolish hamda bag‘rikenglik tamoyillarini ta’minlash uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan. Muhimi, bag‘rikenglik xalqimizning azaliy qadriyatiga aylanganini butun jahon e’tirof etmoqda.


  1. Download 22,94 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish