GAZ SANOATI - Sanoatning bu tarmog’i asosan XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rivojlana boshladi. Tabiiy gaz hozir jahonda 60 dan ortiq davlatlarda qazib olinadi. Ammo yiliga 50 mlrd m3 gaz qazib oladigan davlatlar faqat Rossiya, AQSH, Niderlandiya va Kanada hisoblanadi. Gaz sanoatining asosiy hususiyati shundan iboratki, u qazib olingan davlatda ishlatiladi, ya’ni kam eksport qilinadi.
- Gaz sanoati gazni qazib olish, qayta ishlash va uni iste’molchiga yetkazish tarmoqlaridan iborat.
- Gaz yoqilg’ining eng arzon turi. Gaz sanoatda ham, aholining ro’zg’orida ham ishlatiladi. Gaz tutun chiqarmaydigan yoqilg’i, u batamom yonib tugaydi va atmosferani iflos qiladigan chiqindilar ajratib chiqarmaydi. Gaz qazib olish tan narxi ko’mir tan narxidan 10—12 marta pastdir. Ayni vaqtda, gaz arzon kimyo xom ashyosi hisoblanadi. Gaz iste’molchilarga quvurlar orqali yoki suyultirilgan holda jo’natiladi
URAN SANOATI
- Uran rudasini qazib olish va boyitish tarmoqlaridan iborat. Uran rudasi bu iqtisodiy jixatdan ajratib olish qulay bo’lgan miqdorda tarkibida uran va uran birikmalari bo’lgan tabiiy mineral agregatlardir. Tabiatda tarkibida urani bor 150 dan ortiq mineral bor. Yirik uran rudasi konlari Rossiyada, Chexiya va Slovakiyada, XXR, AQSH, Kanada, JAR, Avstraliya, Fransiya, Gabon va Zoirda joylashgan.
- 1 kg uran 2,5 ming tonna ko’mir yonganda beradigan miqdorda issiqlik beradi. Uran miqdori rudaning tarkibida juda kam bo’lganligi uchun uran sanoati asosan xom ashyo manbalariga yaqin joylashtiriladi.
YONUVCHI SLANETS SANOATI - Ushbu sanoat slanetslarni qazib olish va ularni qayta ishlash tarmoqdaridan iborat.
- Slanetslar tarkibida 60—70 foiz organik moddalar bo’lgan gilli yoki oxaktoshli tog’ jinslaridir. Tez o’t oladi va tutab yonadi. Yonuvchi slanetslar tarkibida juda ko’p uchuvchan moddalar bor. Bu jixatdan ular qo’ng’ir ko’mir va xatto torfdan ustunlik qiladi. Shu sababdan ular gazlashtirish va kimyo sanoatida foydalanish uchun qo’laydir.
- Slanetslardan zavod sharoitida xaydash yo’li bilan olinadigan smola va smolasimon suv, och rangli motor yoqilg’isi, surkov moylari, yog’ochni konservatsiya qilishda ishlatiladigan preparatlar, turli xil farmatsevtika maxsulotlari ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo’lib hisoblanadi. Ularni quruq xaydash natijasida hosil qilinadigan slanets gazining issiqlik berish hususiyati 3800—4000 kaloriya bo’lib, undan yoqilg’i sifatida foydalaniladi. Slanetslar yonishi natijasida hosil bo’ladigan ho’l qimmatli yopishtiruvchi modda bo’lib, undan sement, binokorlik g’ishti va issiqlik izolyatsiyasi materiallari ishlab chiqarishda foydalaniladi.
- Yonuvchi slanetslarning yirik konlari Estoniya, Rossiya, Xitoy, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Qozog’istonda joylashgan.
- Estoniya slanets sanoati mazkur davlatni gaz bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, Estoniyada yonuvchi slanetslardan qattiq yoqilg’i sifatida ham, undan suyuq yoqilg’i va gaz ishlab chiqarishda ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |