Reja: Somoniylar davlati siyosiy tarixi. Davlat tizimi va boshqaruvi. Iqtisodiy va madaniy hayot. Somoniylar davlati siyosiy tarixi


Devoni mamlakai xos (davlat ish boqaruvchisi devoni)



Download 80,5 Kb.
bet5/6
Sana15.01.2022
Hajmi80,5 Kb.
#367417
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Somoniylar

Devoni mamlakai xos (davlat ish boqaruvchisi devoni). Bu devon saroy ta’minoti bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni nazorat qilgan. Muhim davlat ishlari va ayniqsa, xazina kirim-chiqimini nazorat qilish ham shu devon zimmasida bo‘lgan.

Devoni vaqf (vaqf yerlari devoni). Machitlar, madrasalar, umuman diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lgan yer-suv, mol-mulk kabilarni boshqargan.

Devoni qozi az-ziyo (qozilik ishlari devoni). Bu devonni davlatning bosh qozisi boshqargan. Devon barcha viloyatlar va shaharlardagi qozilar faoliyatini nazorat qilib turgan. Yuqorida sanab o‘tilgan devonlarning barchasi (soxib al-borid devonidan boshqa) mahalliy hokimlar va oliy markaziy hokimiyatga bo‘ysungan. Ta’kidlash lozimki, Somoniylar davrida mahalliy boshqaruv tizimi ham samarali faoliyat yuritgan. Viloyatlar boshqaruvchilari – hokim, shaharlar boshqaruvchilari esa – rais deb yuritilgan. Viloyatlar hokimlari ko‘p hollarda hukmron sulola vakillaridan va katta ta’sirga ega bo‘lgan yirik zodagonlardan tayinlangan.

Somoniylar davrida amaldorlarni davlat xizmatiga qabul qilishda ma’lum bir talablar: davlat tili hisoblangan arab tilini mukammal bilish, islomiy huquq-fiqx meyorlaridan to‘liq xabardorlik, tarix, adabiyot kabi ilmlardan boxabarlik, hisob-kitob ishlarida bilimdonlik va boshqalar mavjud bo‘lib, bu markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga xizmat qilardi. Davlat boshqaruvida harbiy-ma’muriy amaldorlarning mavqelari nihoyatda katta edi. Shuningdek, X asrda musulmon ruhoniylari ham katta obro‘ga ega edilar. Movarounnahrda asosan islom dinining xanifiylik mazhabi tarqalgan bo‘lib, dindorlar boshlig‘i ustod (keyinchalik shayx-ul-islom) Somoniylar davlatida katta mavqega ega bo‘lgan.

Somoniylar davlatida sud ishlari shariat qonun-qoidalariga asoslangan bo‘lib, ular qozilik devoni tomonidan boshqarilgan. Sud jarayonidagi ishlar qozikalon, qozilar, mufti, raislar tomonidan amalga oshirilgan. Viloyat va shahar qozilari qozikalonga bo‘ysungan. Davlatda har bir viloyatlar va shaharlar hukmdorlari ko‘ngillilaridan iborat qo‘shin saqlagan. Ko‘ngillilar odatda ozod va boy dehqonlarning o‘g‘illaridan iborat bo‘lgan. Ko‘ngillilar harbiy holat vujudga kelgan vaqtda albatta yig‘ilgan. Ular viloyat va davlat daromadi hisobiga saqlangan. Davlat hududlari viloyat qo‘shinlari va g‘oziylarning qismlari bilan qo‘riqlangan. Ulkan va qudratli Somoniylar davlati o'ziga xos huquqiy tizimga ega bo'lgan. U o'zidan oldingi, jumladan, islomga qadar mavjud bo'lgan huquqiy normalar va institutlarni qabul qilib olgan. Jumladan, «Avesto»ning Ico'pgina qonun va qoidalarini ham Somoniylar davlatida harakatda bo'lganligini ko'rish mumkin. Shuningdek, bu davrda Sosoniylar qonunnomasi, Bobil Talmudi va Ishoboxta qonunnomasi normalari ham harakat qilgan. Bu huquqiy yodgorliklar zardushtiylik, iudaizm va xristianlik diniy jamoalariga tegishli edi. Mazkur diniy jamoalar o'z huquqiy tizim-laridan foydalanganlar va yurisdiksiya sohasida mustaqil bo'lganlar. Biroq, Somoniylar davlatida islom davlat dini sifatida tan olinib, islom huquqi huquqiy tizimda hukmron mavqeni egallagan. Shunday qilib, Somoniylar davlati huquqiy tizimining shakllanishi va rivojlanishida quyidagilar manba bo'lib xizmat qilgan:

Markaziy Osiyoning islomga qadar huquqiy normalari va institutlari; Somoniy tomonidan bosib olingan turli mintaqalarda mavjud bo'lgan huquqiy normalar va institutlar; Markaziy Osiyo xalqlarining hamda ushbu imperiyaga ko'chib kelib o'rnashgan boshqa xalqlarning o'zaro odatlari va an'analari; mazkur xalqlarning bir-biridan juda farq qiluvchi diniy normalari; yuqoridagi xalqlar va davlatlarning siyosiy an'analari; islom huquqi; Somoniylar davlati hukmdorlarining ulamolar, shuningdek mahalliy hokimlar, raislar va boshqa ma'muriy-huquqiy birliklarning mansabdor shaxslari bilan birgalikdagi huquq ijodkorlik faoliyati; sud-boshqaruv amaliyoti va boshqalar.Yuqorida aytib o'tilganidek, islom huquqi Somoniylar davlati huquqiy tizimida hukmron bo'lganligi uchun fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi va sud ishlarini yuritilishi, umuman olganda shariatga asoslangan edi. Shariat bo'yicha fuqarolik huquqi munosabatlari (muomalot) batafsil tartibga solinadi. Fuqarolik huquqiy munosabatlarining subyekti jismoniy shaxslar bo'lishi mumkin. Shariat yuridik shaxslarning huquqiy holatini alohida tarzda ko'rib chiqmaydi. Jismoniy shaxslar tomonidan qilingan fuqarolik-huquqiy harakat qonuniy (halol) va yo'l qo'yilgan (joiz) yoki qonunsiz, yoi qo'yilmagan (harom) bo'lishi mumkin. Harakat, shuning­dek, shariat nuqtayi nazaridan maqtovga loyiq (mustahib) va tanbehli (makruh), majburiy va majburiy bo'lmagan kabi turlarga bo'linadi.Jismoniy shaxslarning layoqatligiga jinsi, tabaqasi, mulkiy ahvoli, ayniqsa e'tiqodi ta'sir etadi. To'liq darajadagi huquq layoqatiga va muomala layoqatiga mulkdor musulmon erkak kishilar, hukmron tabaqa vakillari ega bo'lgan. Huquqiy layoqat tug'ilishdan boshlab, meros masalalarida esa tug'ilmasdan ham avval vujudga kelgan va o'lim bilan yoki bedarak yo'qolish bilan tugagan. Yosh bolalar, 15 yoshga to'lmagan voyaga yetmaganlar, shuningdek, ruhiy kasallar va aqli zaiflar muomala layoqatiga ega emas deb hisoblangan.Fuqarolik huquqining obyektini ashyolar, mulkiy, shuningdek, mulkiy xarakterga ega bo'lmagan shaxsiy huquq (masalan, ismga ega bo'lish huquqi) tashkil etgan. Ashyolar harakatda va harakatsiz (ko'chmas), almashtiriladigan va almashtirilmaydigan, nasliy va nasliy bo'lmagan, bo'linadigan va bo'linmaydigan, iste'molga yo'l qo'yilgan va iste'raolga yo'l qo'yilmaydigan, muomaladan olingan va muomaladan olinmagan bo'lishi mumkin.

Somoniylar davlatida sud ishlari shariat qonun-qoidaiariga asoslangan edi. Sud ishlari qozilik devoni tomonidan boshqarilgan. Sud jarayoni qozikalon, qozilar, mufti, raislar tarafidan amalga oshirilgan. Viloyat qozilari qozikalonga bo'ysungan. Og'ir jinoyat qilganlar o'limga yoki uzoq muddat qamoq jazosiga mahkum etilgan. Viloyatlarda og'ir jinoyat sodir etganlar qozikalon va amir hukmiga havola etilgan. Oiim jazosini ibrat uchun Buxoro Registonida, ko'pchilik oldida ijro etishgan. O'g'irlik qilganlar muhtasib va uning mirshablari tomonidan ushlanib, aholi to'plangan yoki bozor joylarda qo'li chopib tashlangan. Yengilroq gunoh qilganlarga tan jazosi (kaltak, darra) berilgan yoki jarima solingan. Somoniylar davlatida islomdagi huquqiy munosabatlarni mahalliy xalq urf-odatlariga moslashtirishga yordam beruvchi asarlar yaratilgan. Ulardan qozilik mahkamalari yordamchi qo'llanma tarzida foydalanganlar. Masalan, faqih Abulays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad Samarqandiy (vafoti 985-yil)ning «Xazinatul-fiqh» («Musulmonchilik qonun-qoidalari xazinasi») asarini ko'rsatish mumkin.


Download 80,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish