Reja: Qoraqalpog`iston Respublikasi aholisining demografik rivojlanish jarayonlari


Qoraqalpog`iston Respublikasining demografik rivojlanish ko`rsatkichlari*



Download 27,45 Kb.
bet2/3
Sana06.02.2023
Hajmi27,45 Kb.
#908201
1   2   3
Bog'liq
charos

Qoraqalpog`iston Respublikasining demografik rivojlanish ko`rsatkichlari*

Йиллар

1979

1989

1991

2000

2006

Аҳоли сони (минг аиши)

902

1215

1274

1506,2

1571,8

Туғилишнинг умумий коэффиценти (минг кишига нисбатан)

42,1

35,7

36,9

24,0

22,3

Ўлимнинг умумий коэффиценти (минг кишига нисбатан)

8,4

6,8

6,8

5,6

5,4

Табиий кўпайиш (минг кишига нисбатан)

33,7

28,9

30,1

18,4

16,9

Гўдаклар ўлими (минг тирик туғилганларга нисбатан)

41,4

52

51,2

20,5

17,4

Численность состав и движение населения: 1983 г. М. 1984г; социальное развитие и уровень жизни населения в Узбекистане 2006. Ташкент 2007 ст. – 45.



Ta`kidlash joizki, Qoraqalpog`istonning demografik rivojlanish dinamikasi ko`rsatkichlarida keyingi yillarda ijobiy jarayonlar ham kuzatilmoqda. Masalan, aholi o`limi 1979 – 2006 yillarda 36 foizga kamaygan. Bu jarayonda ayniqsa, go`daklar o`limining kamayishi bevosita ta`sir etuvchi omildir. Respublikada mustaqillik davrida go`daklar o`limi deyarli 3 barobarga kamayib, bunga onalar va bolalar salomatligini muhofaza etish bo`yicha davlat tomonidan olib borilgan chora – tadbirlar, aholining tibbiy – sanitariya borasidagi bilimlarining muntazam ravishda oshib borishi, tug`riqlar o`rtasidagi davrni saqlash orqali erishildi.
Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, tug`ilishning yuqori fiziologik imkoniyat darajasida sodir bo`lishi, ayollarning reproduktiv davrida o`rtacha 15 – 16 marta homilador bo`lib farzand ko`rishi va farzandlar tug`ilishi o`rtasidagi davrning qisqa (1 – 2 yil) bo`lishi, ona hamda bola salomatligiga salbiy ta`sir etib, go`daklar o`limining yuqori bo`lishiga olib kelar ekan. Darhaqiqat, Qoraqalpog`istonda ham 1979 – 1991 yillarda ushbu jarayon yaqqol ko`zga tashlanadi.
Hozirgi davrda Qoraqalpog`istonning demografik vaziyati aholi takror barpo bo`lishi uchun maqbul hisoblanadi. Tug`ilishning yig`indi koeffitsiyenti (har bir 15-49 yoshdagi ayolga to`g`ri kelgan bolalar soni) 2000- 2006 yillarda 2,5 promilleni tashkil etib, bu ko`rsatkich Respublikada demografik rivojlanishning o`rtacha darajada ekanligidan dalolat beradi.
Aholi rivojlanishining muhim ko`rsatkichlaridan yana biri aholi ma`lumotlilik darajasining oshib borishidir. Bu jarayon ta`lim tizimidagi olib borilayotgan o`zgarishlarga bog`liq.
Qoraqalpog`iston Respublikasida ta`lim tizimini II bosqichga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiqdir. I bosqich mustaqillikkacha bo`lgan davrni o`z ichiga olib, ta`lim tizimida: umumta`lim maktablari, o`rta mahsus o`quv yurtlari va oliy o`quv yurtlari faoliyat ko`rsatgan. Bu davrda Respublika ta`lim tizimi bir muncha rivojlandi. Xususan, 1940 – 1990 yillarda umumta`lim maktablari soni 603 dan 703 ta ga, o`rta mahsus bilim yurtlari 8 dan 22 ta ga, oliy o`quv yurtlari esa 2 taga yetgan. O`quv muassasalarining son jixatdan ortib borishi bilan birga ularda tahsil olayotganlar soni ham muntazam ko`payib borgan. Yuqorida qayd etilgan davrda umumta`lim maktablari o`quvchilari soni 3,5 barobarga, o`rta mahsus o`quv yurtlari o`quvchilar soni 12,6 barobarga, oliy o`quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar soni esa 42,5 barobarga oshgan. Lekin, shuni ham ta`kidlash joizki, 1990/91 o`quv yilida ta`lim tizimida tahsil olayotgan yoshlarning asosiy qismi umum ta`lim maktablarida, 5,7 foizi o`rta mahsus o`quv yurtlarida ta`lim olsa, faqatgina 2,4 foizi oliy o`quv yurtlarida ta`lim olar ekan.
Ta`lim tizimining II bosqichi mustaqillikni qo`lga kiritgandan keyingi davrni o`z ichiga oladi. Ushbu bosqichda mamlakatimiz ta`lim tizimida tub islohotlar olib borildi va uning tarkibida bir qator o`zgarishlar sodir bo`ldi. Bugingi kunda, O`zbekistonning barcha xududlari kabi Qoraqalpog`istonda ham yoshlarning umumta`lim maktablari, umumta`lim maktablari bazasida tashkil etilgan gimnaziyalar, akademik litseylar, kasb – hunar kollejlari hamda oliy o`quv yurtlarida uzluksiz ta`lim olishlari uchun sharoitlar yaratilib berilmoqda.
Respublikada umumta`lim bitiruvchilarini kasbga tayyorlash maqsadida yangi kasb hunar kollejlari tashkil etilmoqda. Agar 1998 yili Qoraqalpog`istonda 1 kasb hunar kolleji bo`lgan bo`lsa, 2006/07 o`quv yilida ularning soni 76 ta ga yetdi. Ushbu o`quv muassasalarida o`quvchilar soni esa 612 dan 83,6 mingga, ya`ni 136,6 barobar ko`paydi.
Bu kabi o`zgarishlarni oliy ta`lim tizimida ham ko`zatishimiz mumkin. Hozirgi kunda Respublikada oliy o`quv yurtlari Toshkent Davlat Universitetlari Nukus filiallarini qo`shib hisoblaganda jami 5 ta ga yetib, ularda tahsil olayotgan talabalar soni esa deyarli 2 barobarga ko`paygan.
Qoraqalpog`iston aholisining soni 1989-2007 yillarda 1212,2 ming kishidan 1582,7 mingga yetgan, yoki shu davr mobaynida qariyb 130,0 foizga o`sgan (O`zbekiston Respublikasi bo`yicha bu ko`rsatkich o`rtacha 132,8 foizga teng); jami aholining 48,6 foizi yoki 767,5 ming kishi shaharlarda yashaydi. Aholi zichligi 1 kv.km. ga 9,4 kishidan iborat. Tabiiyki, bu “o`rtacha” ko`rsatkich Nukus shahri atrofi, ya`ni markaziy tumanlar hamda intensiv dehqonchilik rivojlangan janubiy tumanlarda ancha yuqori (Jadvalga qarang).
Keyingi yillarda aholi joylashuvida janubga nisbatan “siljish” kuzatilmoqda. Bu asosan Orol bo`yi mintaqasidagi noxush ekologik vaziyat tufayli vujudga kelmoqda. Masalan, Muynoq tumani aholisi 1989 yilda 27,3 ming kishini tashkil qilgan bo`lsa, 2007 yilda u atigi 1,1 ming kishi (104 foiz) ga ko`paygan, xolos. Vaholanki, Beruniy, Turtko`l, Amudaryo kabi tumanlarda demografik o`sish ancha yuqori bo`lgan.
Quyida keltirilgan jadvaldan ma`lum bo`lishicha, Qoraqalpog`iston Respublikasi aholi joylashuvi (zichligi) tumanlar bo`yicha bir xil emas. Chunonchi, eng yuqori ko`rsatkich Xo`jayli va Amudaryo tumanlarida kuzatilsa (155,0-160,0 kishi), uning eng past darajasi Mo`ynoq, Qo`ng`irot va Taxtako`pir tumanlariga (1-2 kishi) to`g`ri keladi. Ushbu tumanlar nafaqat Qoraqalpog`istonda, balki mamlakatimizda ham eng katta ma`muriy birliklar hisoblanadi; Qo`ng`irot tumani Qoraqalpog`iston maydonining deyarli 46 foizini, mamlakatimiz hududining esa 16,6 foizini tashkil qilgan holda, bu yerda har 1 kv.km. ga atigi 1,5 kishi to`g`ri keladi, xolos.
Jadvalda aholining tabiiy harakati to`g`risida ham ma`lumotlar aks ettirilgan. Masalan, Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha tug`ilish 20,6, o`lim -5,8, aholining tabiiy ko`payishi 14,8 promillega teng bo`lgan.
Ta`kidlash joizki, ekologik vaziyatning noqulayligi sababli aholining migratsiya harakatlari ham bu yerda salbiy natijalarga ega bo`lmoqda. Jumladan, birgina 1990 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasida migratsiya qoldig`i, ya`ni kelganlar bilan ketganlar nisbati


Download 27,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish