Jadval tuzilishini yangilash.
Berilganlar bazasi jadvalini ko‘rish va tuzilishini yangilash uchun kontekst menyusining Design (tuzish) buyrug‘i ishlatiladi. Bu buyruq tanlanganda jadvalni xosil qilishda ishlatilgan Table Structure (jadval tuzilishi) muloqot oyna ochiladi.
Visual Data Manager yordamida ilgari hosil qilingan jadvallar maydonlarining o‘lchamlari va turlarini o‘zgartirish mumkin emas. Biz faqat ularni qayta nomlashimiz va kiritilayotgan berilganlarni haqiqiyligini tekshirish, parametrlarini o‘zgartirishimiz mumkin. Bundan tashqari jadvalga yangi maydonlar qo‘shish, keraksizlarini olib tashlash, qayta nomlash yoki indekslash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |