Reja Kirish Asosiy qism



Download 43,29 Kb.
bet1/7
Sana19.02.2022
Hajmi43,29 Kb.
#458963
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O`zbek musiqa madaniyati xalqaro miqiyosidagi ahamiyati.


O`zbek musiqa madaniyati xalqaro miqiyosidagi ahamiyati.

Reja


Kirish
Asosiy qism
I. Bob O‘zbekiston musiqa madaniyati va san’atining asosiy xususiyatlari
1.1. O‘zbek musiqasi tarixi fanining asosiy maqsadi.
1.2. Musiqa san’atining tarixiy taraqqiyot jarayoni, musiqiy hayoti.
1.3. Bastakor va kompozitorlik ijodi, musiqa san’atining turli janr va shakllari.
II. Bob 1920-1941 yillar davomida O‘zbekiston musiqa madaniyati
2.1. Xalq og‘zaki ijodiyoti, Maqomlar.
2.2. Musiqa asboblari, Xorazm musiqa san’ati.
2.3. V.A.Uspenskiynig o‘zbek maqomlarini yozib olishi, N.N.Mironov va xalq qo‘shiqlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Musiqaning sirli dunyosiga kirgan odam, uning mislsiz ummon ekanligini anglashi muqarrardir. Bu ummon - moziydan sadolanishi, tarix davomida zamon va makon qonuniyatlari negizida shakllanishi, an’analar kamolotida qadr topishi va qadriyatlarga aylanishi, ijodiyot degan ilohiy ne’mat asosida, jonli ravishda
rivojlanib borishi bilan xarakterlanadi. Har bir davr o‘zining musiqiy an’analari bilan izohlanishining ham hikmati shundadir. Musiqaning samoviv yoki ilohiy ekanligi qadimiy manbalarda o‘zaksini topgan. Insoniyat esa o‘z ma’naviyati darajasida o‘zining ma’naviy boyliklarini shakllantirib, davrlar osha rivojlantirib
kelgan. Bu jarayonda har soha zamonlar evrilishida charxlanib, mukammallashib, yangidan-yangi ijodiy munosabatlar negizida boyib, o‘z samarasini namoyon etib kelgan.
Musiqa sohasining azaliy qadriyatlardan zamonaviylik mezonlariga bo‘lgan jarayonlarni faqatgina ohanglarda muhrlangan betakror asarlardangina anglash mumkin. Buning esa ко 4ami juda keng, ularni tasavvur ham qilish mushkul. Chunki, har bir xalqning o‘z ma’naviyati, ma’rifati, estetikasi bo‘lib, hayot degan jarayonda milliy hamda mahoratli omillar bilan sug'orilib kelingan. Buning negizida ikki ulkan tafakkur yo‘nalishlari, ya’ni xalq ommaviy musiqasi va tafakkurning individual ijodiy munosabatlarining mahsuli o‘rin olgan. Musiqa san’atining azaliy an’analari Sharq xalqlari madaniyatida shakllanib rivoj topganligi hamda butun bashariyatga ijodiy ta’sir etganligi, fanda o‘z ijobatini topgan.
Hayot taraqqiyoti jarayonlarida, G‘arb madaniyatining o‘ziga xos kamol topganligini esa, hozirgi zamon musiqa san’ati ko‘lamidan ilg‘ab olish mushkul
etnas. Buning negizida musiqa san’ati va uning ichki unsurlarini professionallik darajada umumlashish bosqichlarini o‘tashi, bu jarayonda mutanosib tovush pardalarini uyg‘unlashtirish hamda barcha barobar qabu! qilishlari kabi mezonlar, umumbashariyat musiqa san’atining go‘zal uyg‘unlashishiga olib kelganligini e’tirof etish lozimdir. Natijada, musiqa san’ati ijodiyotida G‘arb musiqa san’atiga intilish, o‘xshatish, madaniyatiga ergashish kabi munosabatlar yuzaga keldi. Har bir xalq o‘zining milliy musiqa san’ati bilan birgalikda, ular asoslangan g‘arbona musiqa ijodiyotini shakllantirdilar. В uni, ilk bosqichlarini taqlidiy munosabat
ekanligiga ham shubha yo‘q. Lekin zamon va makon, mafkura va siyosat, qolaversa, zamonaviy ijodiy munosabatlar yangi yo‘nalishlarni vujudga kelishini ta’minlab beradi.
O‘zbek xalq musiqa san’ati o‘zining milliy jarayonlarida o'ziga xos va mukammal darajada shakllangan betakror xalq va mumtoz musiqa merosiga ega. XX asrga kelib, bu ijtimoiy hayot so‘qmoqlarida va musiqa madaniyatimizda yangi yo‘nalish joriy etila boshlandi. Bu ana shu g‘arb musiqa madaniyatining negizida
musiqa ijodiyotini kamol toptirish edi. Qayd etish joizki, har qanday musiqa xalq madaniyatining rivojiga xizmat qilsa, albatta amaliyotda o‘z ijobatini topadi. XX asrga kelib O‘zbekistonda ham yevropacha tafakkur oqimining ta’siri sezila boshlandi va zamonaviy musiqaning kompozitorlik ijodiyoti ko‘rinishida
amaliyotda qaror topa boshlandi. XX asrda O ‘zbekiston musiqa san’atining yuksalishi bastakorlik an’analari va kompozitorlik ijodining hamda musiqa ta’lim maskanlarining shakllanishi va faoliyatining rivoji, teatrlarning barpo etilishi, »ulardagi ijodiy jamoalar faoliyatlari, san’at namoyandalarining hayoti va ijodi bayon etilgan. Kompozitorlik ijodiyoti O‘zbekistonda yangi oqim. Shu bois bu jarayonni dayr musiqiy janrlarining shakllanishi kesimida, faoliyat davomidagi ijodiy hamkorlik va o‘zbek kompozitorlik maktabining yuzaga kelishi hamda rivoji xususida alohida mavzular bo‘yicha yoritib beriladi.

Download 43,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish