Ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga
solib turuvchi xukukiy normalarning xususiyatlari.
О`zbekiston Respublikasida Ichki Ishlar Organlarining faoliyati О`zbekiston Respublikasi IIV tо`g`risidagi №18-sonli Nizom va О`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “О`zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tо`g`risida” gi qarori hamda О`zbekiston Respublikasi IIVning 1993 yil 30 iyunida №285 - buyrug`i bilan tartibga solinadi.
Yuqorida nomlari zikr etilgan xujjatlar qonun osti xujjatlar xisoblanadi. Ular Konstitusiya va mavjud qonunlar asosida ishlab chiqilgan. Lekin, qonun maqomiga ega emas.
Afsuski, bugungi kungacha mamlakatimizda “Ichki ishlar organlari tо`g`risida” yoki “Militsiya tо`g`risida” va “Operativ qidiruv faoliyati tо`g`risida”gi qonunlar qabul qilinmadi.
О`zbekiston Respublikasi о`z mustaqilligini qо`lga kiritgandan sо`ng о`z oldiga demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishni oliy maqsad qilib qо`yganligi barchamizga ma`lum. Haqiqiy demokratik davlatda barcha ijtimoiy munosabatlar qonun bilan tartibga solinishi lozim. Masalani tо`g`ri tushunishimiz kerakki, ushbu qonunni qabul qilish va uni amalga tadbiq etish uchun katta moddiy mablag` zarur bо`ladi. Davlatimiz mustaqillikni qо`lga kiritganiga kо`p bо`lgani yо`q. Albatta yangi dunyoga kelgan davlatning ilk hayotida muayyan qiyinchiliklar, yetishmovchiliklar bо`lishi tabiiy. Asta sekin bu kamchiliklar bartaraf etiladi.
“Militsiya tо`g`risida”gi qonun loyixasi (30 moddadan iborat) ishlab chiqilgan(Loyixa О`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi professor-о`qituvchilari tomonidan yaratilgan) va uch marotaba Oliy Majlisga taqdimi etilgan. Lekin qonunni qabul qilish va amalga joriy etish katta mablag` zarur bо`lganligi uchun qonunni qabul qilish orqaga surilib kelmoqda.
Ikki palatali saylovlardan oldin bо`lib о`tgan saylov oldi targ`ibot-tashviqot ishlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga о`z nomzodini qо`ygan sobiq Oliy Majlis Raisi E.X.Xalilov о`zining saylov oldi dasturida aynan “Militsiya tо`g`risida”gi qonun xaqida aloxida tо`xtalar ekan: “Huquq himoyachisi birinchi navbatda о`zi muayyan huquqqa ega bо`lishi lozim, ya`ni militsiya xodimi о`z qonuniga ega bо`lishi kerak. Huquqbuzarga tanbex berish uchun huquqiy asosi bо`lishi lozim. Afsuski, mamlakatimizda ayrim sabablarga kо`ra bu qonunning qabul qilinishi orqaga surilmoqda. Albatta, buning asosiy sababi, davlatimizdagi isloxotlarning bosqichma bosqich amalga oshirilayotganlidir” – deya, ta`kidlagan edi.
Bundan tashqari sobiq deputat kelgusida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat bо`lish uchun xalqning ishonchini qozonsa, ya`ni xalq tomonidan unga ovoz berib, saylansa, о`z faoliyati davomida “Militsiya tо`g`risida”gi qonunga aloxida e`tibor berishini aytib о`tgan.
Saylov komissiyasi yakunlariga asosan E.X.Xalilov xalq tomonidan Qonunchilik palatasiga, sо`ngra palata deputatlari tomonidan Qonunchilik palatasi Spikerligiga saylandi. Umid qilamizki, Spiker о`z faoliyatida ushbu masalaga aloxida e`tibor bilan yondoshadi.
Bundan tashqari 2005 yilning 13 oktabrida О`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida О`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Mudofaa va xavfsizlik ishlari bо`yicha qо`mitasi” tashabbusi bilan Ichki ishlar, Prokuratura va Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa yurtimiz xavfsizligiga oid faoliyat bilan shug`ullanuvchi idoralarning mutasaddi xodimlari, nazariyotchilar, amaliyotchilar ishtirokida “Ichki Ishlar Idoralarining normativ xujjatlarini takomillashtirish” mavzusida davra suxbati tashkil etildi. Seminar davomida “Militsiya tо`g`risida”, “Operativ qidiruv faoliyati tо`g`risida”gi qonunlar loyixalari atroflicha muxokama qilindi va ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berildi.
Albatta, ichki ishlar faoliyatini huquqiy asosini yaratish nafaqat militsiya xodimlari manfaati ximoyalash, balki fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini ta`minlash borasidagi yana bir olg`a qadam bо`lar edi.
Adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |