Reja: "Hayot faoliyati xavfsizligi" haqida tushuncha, uning oʻqitilishining obektiv


Hayotfaoliyatixafsizliginingijtimoiy-iqtisodiyahamiyativamazmuni



Download 470,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana28.05.2022
Hajmi470,18 Kb.
#613629
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xayot faoliyati vavfsizligi 1-mavzu-1

 
Hayotfaoliyatixafsizliginingijtimoiy-iqtisodiyahamiyativamazmuni. 
Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimini boshqaruvchi kuch 
inson ekanligini e’tiborga olib, uning ishlab chiqarish faoliyatini va sog’ligini saqash 
ijtimoiy sotsial taraqqiyot yo’lidagi muhim omil bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham 
sanoat korxonalarining muhim talabi, faqat sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’lib 
qolmasdan, balki ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish 
va kasb kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo’lgan manbalarni yo’qotish, ish faoliyati 
inson uchun charchash, toliqish va kasalliklar manbai bo’lmasdan, quvonch va baxt 
keltiruvchi faoliyat bo’lishini ta’minlashga harakat qilish zarur. 
Sanoat korxonalarida normal sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaratish, og’ir qo’l 
kuchi bilan bajariladigan mehnatni tugatish va aqliy mehnat rolini oshirish, sanoatda 
jarohatlanish va kasb kasalliklarini butunlay tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish 
natijasida mehnat qilish, yashash vositasigina bo’lib qolmasdan, hayot talabi bo’lishiga 
erishiladi. 
Inson mehnatini muhofaza qilishni yaxshilash - davlatimiz amalga oshirayotgan 
asosiy va muhim ijtimoiy vazifalardan biridir. 
Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, 
butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. 
Insoniyat qanday xavf qarshisida turganligini, atrof muhitga inson faoliyati tufayli 
yetkazilayotgan zarar qanday natijalarga olib kelganligini yaqqol his etish qiyin emas. 


3
Turli kimyoviy vositalar, zararli moddalar, mineral o’g’itlarni, sanoat va qurilish 
materiallarini saqlash, tashish va ulardan foydalanish qoidalarining qo’pol ravishda 
buzilishi yerning, havoning ifloslanishiga olib kelmoqda. 
Radioaktiv ifloslanish, ayniqsa, katta xavf tug’dirmoqda, Moylisuv (Qirg’iziston) 
daryosining qirg’oqlari yoqasida 1944 yildan to 1996 yilgacha uran rudasini qayta ishlash 
chiqindilari ko’milgan. 
Respublikamizdagi daryolar, kanallar, suv omborlari va hatto yer osti suvlari ham 
har taraflama inson faoliyati ta’siriga uchramoqda. 
Hozirgi paytda eskirgan uskunalarni almashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, 
ayrim sexlar, uchastkalar va butun boshli korxonalarni rekonstruksiyalash asosida foydali 
qazilmalarni sanoat usulida yanada to’liq va oqilona qazib olish muhim vazifa bo’lib 
turibdi. 
Oxirgi paytda ishlab chiqarish korxonalarida ish sharoiti nisbatan yaxshilangan 
bo’lsada, ko’p joylarda bu sharoit og’irlashgan. Bunga ishlab chiqarishdagi asbob-
uskunalarning eskirib, ishdan chiqqanligi, ish joyining yetarli darajada yoritilmaganligi, 
havo harorati normasi buzilganligi, havo almashtirish tizimlari va shaxsiy himoya 
vositalarining kamligi yoki umuman yo’qdigi sabab bo’lmoqda. 
1995 va 1996 yillarda ishlab chiqarish korxonalarida o’tkazilgan 2200 tajriba va 
tekshiruvlar natijasi shuni ko’rsatdiki, 1100 ta ish joylarida zaharli moddalarning 
konsentrasiyasi yo’l qo’iilishi mumkin bo’lgan darajadan oshib ketgan. 
Respublikada rivojlanish bilan bir qatorda ekologik muhitning buzilishi, xavfsizlik 
norma qoidalariga e’tiborsizlik oqibatida hamda uskuna-qurilmalarning eskirganligi va 
texnologiyalarni zamonaviy emasligi natijasida shikastlanish, kasallanish hollari mavjud. 
Masalan, 1995—2000 yillarda O’zbekistonda bir yilda taxminan 2000 ga yaqin 
odam har xil darajada tan jarohati olgan. Elektr tokidan shikastlanish uning 37,3% ni 
tashkil etgan. Noqulay mehnat sharoiti tufayli 350 kishi nogiron bo’lib qolgan. 2,5 
millionga yaqin ishchi xavfsizlik talabiga javob bermaydigan ish joylarida ishlagan. 
Sanoat korxonalarida xavfsiz, sog’lom mehnat sharoitini yaratish, kamchiliklarni 
yo’qotish, o’z navbatida, bir qancha chora-tadbirlarni ko’rishni, ilmiy tadqiqot ishlarini 
olib borishni, xavfsiz uslublarni qo’llashni, mutaxassislarning bilim darajasini oshirishni 
talab qiladi. 
Kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalariga taalluqli mehnatni muhofaza qilish 
muammolarini yechish va insonning salomatligini saqlash O’zbekiston davlati 
taraqqiyotida muhim o’rin egallaydi. 
Zamonaviy ilmiy-texnika rivoji talablariga faqat har tomonlama chuqur tahlil etib 
ishlab chiqilgan mehnat muhofazasi majmui tizimigina javob bera oladi. Uning asosini 
ishlab chiqarishga yuqori samarali va xavfsiz yangi texnika va texnologiyalar, mehnatni 
tashkil qilishning ilg’or usullarini tatbiq qilish tashkil qiladi. Ushbu soha uchun yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash hozirgi kun talabidir. 
Mehnatni muhrfaza qilish fani ijtimoiy, iqtisodiy, texnika, gigiyena, tashkiliy chora-
tadbirlar, mehnat qonuniyatlari tizimidan iborat bo’lib, uzluksiz mehnat qilish jarayonida 
inson sog’ligi va mehnat qilish qobiliyatini saqlashni ta’minlashga qaratilgan. 
Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlaridan 
biri - respublikamiz fuqarolarini ishlab chiqarish jarayoni va boshqa holatlarda mavjud 
yoki vujudga kelishi mumkin bo’lgan turli xavfli va zararli omillar ta’siridan 


4
himoyalash, ularning ijtimoiy himoyasini qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida 
ta’minlash hamda sanitariya va gigiyena talablariga mos mehnat sharoitlarini yaratib 
berishdan iboratdir. 
Respublikamizda ish beruvchi va ishlovchi o’rtasidagi munosabatlarni xalqaro 
andozalarga mos holda tashkil etish maqsadida 

Download 470,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish