12
2-diagramma.
Pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda tijorat banklari
tomonidan uzoq muddatli depozitlar jalb qilinishini yanada rag'batlantirish
maqsadida 2009 yilning 1 sentyabridan majburiy rezervlar normasi tijorat banklari
depozitlarining muddatiga qarab tabaqalashtirildi. Jumladan, majburiy rezervlar
normasi, muddati 1 yilgacha bo'lgan depozitlar uchun - 15%, muddati 1 yildan 3
yilgacha bo'lgan depozitlar uchun - 12%, muddati 3 yildan ortiq bo'lgan depozitlar
uchun - 10,5% miqdorida o'rnatildi.
Shu bilan birga, tijorat banklariga likvidlikni yanada samarali va tezkor
boshqarish maqsadida majburiy rezervlarni hisob-kitob qilish davri bir oydan o'n
to'rt kunga qisqartirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: