Referat Mavzu : Jamiyat va oila falsafasi Bajardi: mek-15 talabasi Muhammadrahimov m qabul qildi: Bayaliyev J


Jamiyat taraqqiyoti to`g’risidagi nazariyalar



Download 31,9 Kb.
bet3/7
Sana17.12.2022
Hajmi31,9 Kb.
#890211
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 mavzu Jamiyat falsafasi Hozirgi zamon jamiyatning global mua

Jamiyat taraqqiyoti to`g’risidagi nazariyalar. Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi Hegel jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L. Feyerbax din bilan bog’lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Fransuz mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma`naviy taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o`zgarishlar bilan bog’lagan, barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun`iy ravishda mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday nazariyaning bir yoqlama va xato ekanini ko`rsatdi.
Jamiyat taraqqiyoti ko`p bosqichli jarayon ekani to`g’risidagi qarashlar AQSh faylasufi O. Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko`ra jamiyatlar taraqqiyotiga binoan, agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizatsiyali yondashuv g’oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko`ra har bir xalq o`zining betakror, noyob, o`ziga xos va o`ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o`ziga xos modelini yaratadi.
Jamiyat bilan bog’liq masalalar qadimgi avlodlarimizdan qolgan «Avesto» va «O‘rxun-Yenesey toshbitiklari»da, Al-Xorazmiy, Al-Buxoriy, Al-Beruniy, Najmid- din Kubro, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa allomalarimiz merosida ham yorqin ifodasini topgan. Sharq siyosat- shunosligida jamiyat bilan bog‘liq masalalar Konfutsiy, Kaykovus, Nizomulmulk, Mirxond, Xondamir, Sharafiddin Ali Yazdiy kabi ko‘plab allomalar ijodidan o‘rin olgan.
Ijtimoiy taraqqiyot davomida jamiyat to‘g‘risidagi qarash- lar, g‘oyalar va ta’limotlar rivojlanib takomillashib borganli- gini, xususan vatandoshimiz Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy- falsafiy qarashlari tizimida hamda Amir Temur va temuriylar sulolasining jamiyat rivoji masalalariga oid nazariy va amaliy jihatdan yondashganligida ko‘rish mumkin. Xususan, «Temur tuzuklari»da qayd etilgani kabi: «... saltanat qurish, davlat tu- tish ishlarini bir tuzukka bog‘ladim va saltanatni boshqarish haqida qo'llanma yozib qoldirdim, toki far- zandlarim va avlodimdan bo'lganlarning har biri unga muvofiq ish yuritsin, mehnatu mashaqqatlar, ko‘p harbiy yurishlar, urush-talashlar bilan, Tangrining inoyati va hazrati Muham- madning, unga Tangrining marhamatlari va salomlari bo‘lsin, tolei baland millatning sharofati, onhazratning ulug‘vor avlodi va qimmatli sahobalariga qilgan muhabbat va do‘stligim orqali qo‘lga kiritgan saltanatni saqlagaylar»'. Shuningdek, mazkur mavzuga Ahmad Donish, Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi mutafakkirlarimiz ijodida ham alohida ahamiyat berilgan. Hozirgi davrda ham ushbu masalaga doir ko‘plab kitoblar, risolalar va qo‘llanmalar chop etilmoqda. Ta’kidlash lozimki, jamiyatning mohiyatini, tuzilishini, qonuniyatlarini bilish, ularga tayangan holda boshqaruv va rahbarlik faoliyatini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun «Jamiyat» tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, tuzilishi, ijtimoiy qonunlar jamiyat taraqqiyoti va islohotlar jarayonini bilishda muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bu borada Sharq va G‘arb falsafasidagi jamiyatga doir ayrim xususiyatlar, umumiy mushtarak nuqtalar, unda shakllangan va qaror topgan g‘arbona va sharqona qadriyatlar, shaxs erkinligi, individuallik va jamoaviylik uyg‘unligi kabi hodisalarning mohiyati nihoyatda muhim. Hozirgi zamonda jamiyatga doir plyuralizm hamda sinergetik qarashlarning uning taraqqiyoti qonuniyatlarini bilish orqali ijtimoiy jarayonlarni ilmiy tashkil etishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor berish lozim.
Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo`lgani kabi, jamiyat ham o`z oldiga qo`ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi.

Download 31,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish