Ravshan rajabov jahon sivilizatsiyalari tarixi



Download 7,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/126
Sana18.01.2022
Hajmi7,88 Mb.
#385540
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   126
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

9-jadval
P o stindustrial sivilizatsiyaning shakllanish davrida  iqtisodiyot 
tuzilm asi, dinam ikasi prognozi (yalpi ichki m ahsulotga  % , o-opti- 
m istik,  p-pessim istik m anzara)
St
M ak ro m o d el- 
la r  bloki va 
k o ‘rs a tk ic h la ri
XX a srn in g  
60-yillari
M a n z a ra la ri
ХХ1 a s r 
20-villa ri
X X I a s r  
60-villa ri
l.T a k r o r ishlab c h iq a ris h  tu zilm asi -  ta k r o r  ishlab c h iq a ris h  s e k to rla ri
1.
Shaxsiy iste’mol
25
O/P
31/28
137/31
1.2
D avlat iste’moli
18
O/P
15/17
14/16
1.3
O raliq mahsulot
22
O/P
20/19
16/18
1.4
Birlam chi  mahsulot
12
O/P
9/11
7/9
1.5
Intellektual mahsulot
8
O /P
12/10
14/12
1.6
Bozor infrastrukturasi
15
O/P
13/15
12/14
J a m i
Ja m i:
100
-
100/100
100/100
Z.Sohaviy tu z ilm a  -  x alq  x o 'ja lik  k o m p le k slari
2.1.
A grar sanoat
10
O/P
6/8
4/6
2.2.
Shaxsiy iste’mol 
mollari
16
O/P
21/18
24/21
2.3.
M ashinasozlik
15
O/P
17/15
19/17
2.4.
Y oqilg'i energetika
10
O/P
8/9
5/8
2.5.
Konstruksiya 
material! ar
8
O/P
6/8
5/6
2 6 .
Q urilish
9
O/P
7/8
6/7
2.7.
Transport
8
O/P
8/9
7/8
2.8.
Harbiy  sanoat
10
O/P
6/8
4/6
2.9.
llm iy-texnik
3
O/P
6/4
7/6
2.10.
Ijtimoiy
6
O/P
8/7
10/8
2.11.
Tashqi iqtisodiy
5
O/P
7/6
9/7
Jam i:
100
-
100/100
100/100
27 0


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
3. Toifaviy tuzilm a -  ta k r o r  ish lab  c h iq a rish  d a ra ja si.
3.1
Uy  x o ‘jaligi
15
O /P
13/14
10/12
3.2
Yakka tartibdagi
50
O /P
53/51
54/52
3.3
Hududiy
10
O /P
13/12
16/13
3.4
M illiy
20
O /P
14/17
12/16
3.4
Baynalm ilal
5
O /P
7/6
8/7
J a m i:
100
-
100/100
100/100
4. Texnologik tuzilm a -  texnologik u k la d la r
4  1
Relekt
12
O /P
6/8
3/5
4.2
Uchinchi
33
O/P
10/12
4/6
4.3
To'rtinchi
55
O /P
20/29
8/10
4.4
Beshinchi
-
O /P
40/33
16/30
4.5
O ltinchi
-
O /P
19/16
46/37
4.6
Yettinchi
-
O /P
5/2
23/12
J a m i:
100
-
100/100
100/100
S.  Iqtisodiy tu zilm a -  m u lk ch ilik  sh ak llari
5.1
Shaxsiy
30
O /P
32/26
41/33
5.2
M ayda xususiy
10
O /P
12/10
15/12
5.3
Yirik xususiy
15
O/P
32/41
20/32
5.4
Jam oa mulki
12
O /P
8/7
10/8
5.5
D avlat mulki
13
O /P
8/9
6/7
5.6
X alqaro mulk
6
O /P
8/7
10/8
Ja m i:
100
O /P
100/100
100/100
6. Q iy m a t tu z ilm a si-q iy m a t u n s u rla ri
6.1
M oddiy  xarajatlar
30
O /P
25/28
21/24
6.2
Am ortizatsiya
10
O /P
13/11
16/13
6.3
M ehnat haqi
15
O /P
16/17
16/19
6.4
Ijtim oiy iste’mol
12
O /P
14/13
17/16
6.5
Jam g 'a i n;a
13
O /P
15/13
14/12
6.6
N oishlab chiqarish
20
O /P
17/18
14/16
J a m i:
100
O /P
100/100
100/100
4. 
M ulkchilik  m unosabatlari,  aholining  turli  guruhlari  o ‘rtasida  ijti­
moiy  boylikning taqsim otida tub o ‘zgarishiar yuz beradi.
Birinchidan,  fuqarolarni  shaxsiy  mulki,  eng  avvalo,  uy-joy  va  uy 
buyumlari  (m aishiy  texnika,  transport  vositalari,  mebel,  kiyim-kechak, 
poyafzal)  ulushi  k o ‘payadi.  Bu  an’ana  XX  asrning  ikkinchi  yarm ida  ri­
vojlangan m am lakatlarda k o ‘rindi. AQSH da shaxsiy m ulk jadal  su r’atlar 
bilan  o ‘sdi (ayniqsa, oilalam ing uy buyum lari) va  1985-yil  milliy boylik­
ning  47%   ini  tashkil  qildi.  D unyoning  eng  boy  mamlakati  k o ‘rsatkich- 
larini  butun  postindustrial  jam iyatga  qo‘llab  boMmaydi.  Shu  sababli,
271


R. RAJABOV
9-jadval  5-blokda o ‘tish davrida shaxsiy m ulkning o ‘sishini nisbatan past 
su r’atlari  va yanada m o‘tadil  raqam lar ko‘rsatilgan.
Ikkinchi  uzoq  m uddatli  siklda  o ‘zgarishlar  su r’ati  jiddiy  tezlasha- 
di.  Iste’m olning  yanada  ratsional  va tejam kor  modeli  tarqaladi.  Shaxsiy 
mulk ulushining o ‘sishi  asosan  sifatli  uy,  m ebel,  m aishiy texnika,  komp- 
yuter,  audio, videotexnika,  faks,  avtom obilga ega oilalar sonining o‘sishi 
hisobidan boMadi.
Ikkinchidan,  m ayda,  yirik  xususiy  m ulkning  nisbati  o'zgaradi.  Agar 
boshlangMch davrda baholash  bo'yicha bu nisbatan  1:5,5 yirik mulk foy- 
dasini  tashkil  etsa,  o ‘tish  davrining  nihoyasida  u  1:2,7  -  1:4,1  ga  qisqa- 
radi,  postindustrial  jam iyatning  yetuklik  bosqichida  1:1,2  -  1:2,7  gacha 
qisqaradi.  Bu  kichik  biznesning jadal  rivojlanishi  bilan  shartlangan.  Bu 
ayniqsa,  xizm at  ko ‘rsatish  sohasi  v a  xalq  iste’mol  mollari  ishlab  chiqa- 
rishda  ustuvor boMadi,  lekin  yirik  xususiy  m ulk  yuqori  darajada  ijtimo- 
iylashgan  ishlab  ehiqarish  sohalari,  ayniqsa,  yoqilgM-xomashyo  sanoati 
va transportda o ‘z  mavqeini  saqlab qoladi.  Transmilliy  kom paniyalar ja ­
m iyat nazorati va kuchli  antim onopol  qonunchilik ostida ishlaydi.  Vaqti- 
vaqti  bilan ularga nisbatan  antimonopol  qonunchilik qoMlab turiladi  (mi- 
sol  uchun, haddan tashqari  o ‘sib ketgan  Bill  Geyts  kom paniyasi 2000-yil 
boshida boMib yuborildi).
Uchinchidan,  davlat mulki  ulushi  (davr oxirida 2-2,5  m arta) iqtisodi- 
yotning  dem ilitarizatsiyasi  v a  davlat tom onidan  faol  o'tkaziladigan  pri- 
vatizatsiya hisobidan sezilarli  pasayadi.  Bu davlat byurokratik apparatini 
takror ishlab ehiqarish jarayonlariga aralashish imkoniyatini kamaytiradi. 
Lekin bir qism tabiiy resurslar, ayrim transport turlari, harbiy sanoat,  mil- 
liy m adaniy boyliklar davlat mulki  sifatida saqlanib qoladi.
To‘rtinchidan,  m ehnat jam oasi  xodimlari  mulki  boMgan  korxonalar 
soni va m ayda ishlab chiqaruvchilam ing vositalarini kooperatsiyalashuvi- 
ning o 'sish i hisobidan jam o a mulki ulushi (1,8-2 m arta)ning ko'payishini 
kuzatish m um kin  (bu  hozirgi  kunda AQSHda kuzatiladi).
Beshinchidan,  integratsiya  jarayonining  kuchayishi  xalqaro  m ulk 
(xalqaro  korsem lar,  konsorsium lar,  qo'sh m a  korxonalarga  tegishli,  dav- 
latlararo)ning  o ‘sishida  o ‘z  ifodasini  topadi.  Lekin  m ulkning  baynalmi- 
lallashuvi  su r’atlari  XX  asr  60-70-yillariga  qaraganda,  yanada  m o‘ta- 
dilroq  boMadi.
Natijada,  postindustrial  sivilizatsiyaning  shakllanishi  bosqichida 
mulk m unosabatlari dinam ikasi an ’anasi ko ‘p hollarda industrial jam iyat-
2 7 2


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
da kuzatilganidan qaram a-qarshi, lekin turli  hududlarda turli m anzara ku- 
zatiladi. XX asrning 90-yillaridan boshlab postsotsialistik davlatlarda pri- 
vatizatsiya, aksionerlik jam iyatiga aylantirishi  natijasida ham da k o ‘pgina 
davlat korxonalarini  bankrotga uchragani  sababli,  davlat va jam oa mulki 
barqaror qisqara boshladi.
5.  Takror  ishlab  chiqarishning  qiym at  tuzilmasidagi  siljishlar  taqsi- 
mot  m unosabatlari  dinam ikasida  an’analam i  aniqlashga  imkon  beradi. 
M ehnatning ja m g ‘arm a jihozini  sezilarli  o ‘sishiga  qaramasdan  oqibatda 
yalpi  ishlab  chiqarish  qiym atida  am ortizatsiya  ulushining  o ‘sishi,  ishlab 
chiqarishda  m oddiy  sarflam ing  sezilarli  kam ayishi  hisobidan  qoplash 
ja m g ‘arm asining  ulushi  bir  necha  bor  pasayadi.  Jam g‘arm aning  yuzaga 
kelgan  darajasini  saqlab va  noishlab chiqarish  iste’molini  qisqartirib, ja ­
m iyat shaxsiy  iste’moli  yakka va jam oa  iste’m oliga ketadigan  mahsulot- 
ning  ulushini  k o ‘paytirish  mumkin.  Ayniqsa,  ishlab  chiqarish  hajm ining 
o ‘sishini  hisobga  olganda  ikkinchi  uzoq  muddatli  siklda o ‘rtacha  indivi­
dual  iste’m olning aholi jo n  boshiga tez o ‘sishini  bildiradi.
0
‘tish  davrida  taqsim ot  sohasidagi  o ‘zgarishlar  an ’anasi  ziddiyatli. 
Bir tom ondan  taqsim otda  bir tekislik  bartaraf qilinadi.  Bu  bilan  bog'lan- 
gan  bir  qism  xodim lam ing  boqimandaligi  va  davlatni  patem alizm i  y o ‘q 
qilinadi.  H ar  bir  kishining  daromadi  o ‘z  m ehnat  faoliyati  va  tadbirkorli- 
giga  bog‘liq  b o ‘ladi.  Bu  m otivatsiya  mexanizmini  kuchaytiradi.  Boshqa 
tom ondan  daromadlarni  farqi  kuchayadi.  Boylar  va  kam bag‘allar  ora- 
lig‘idagi jarlik kengayadi. Ayniqsa,  postsotsialistik rivojlanayotgan  m am ­
lakatlarda  qashshoqlar  va  uysizlar  soni  o 'sib   bormoqda.  Soyadagi  iqti- 
sodiyot faoliyati,  korrupsiya,  o ‘g ‘riliklar hajm ining kengayishi  natijasida 
daromadlarni  yashirin  qayta  taqsimlash  kuchayadi.  Bu  o ‘tish  davrining 
boshlanishidagi  salbiy  jihatlar.  U  postindustrial  jam iyatda  bartaraf  qili­
nadi.
6
. O 'tish  davrida ayirboshlash sohasi  bozor m unosabatlarida sezilarli 
o ‘zgarishlar yuz beradi.  Iqtisodiyotning boshqaruvi  bilan bog'langan bo- 
zorning deform atsiyasi va uning faoliyat doirasining cheklanishi  bartaraf 
qilinadi.  B aholarning  shakllanishi  va  mahsulot  harakatida  buyrokratik 
aralashuv  im koniyati  qisqaradi.  Kichik  va  o ‘rta  biznes  sohasining  ken­
gayishi  bilan  va  m onopoliyalarning  zaiflashuvi  natijasida  raqobat takror 
uyg‘onadi.  Ishlab  chiqaruvchi  va  iste’m olchilam ing  iqtisodiy  bellashuvi 
qayta tug‘iladi. Lekin davlat bozor m unosabatlariga chetdan loqayd qarab 
turm aydi. U bozor m unosabatlarining um umiy qoidalarini  belgilaydi.  Bu
2 7 3


R. RAJABOV
qoidalarni  buzadiganlarning chorasini  ko'radi.  Davlat pul  em issiyasi,  pul 
aylanishini  boshqarish, m ahsulotlarni  bir qism iga buyurtm a berish va uni 
sotib olish,  inflyatsiyani jilovlash  bo'y ich a dasturlar ishlab chiqib,  ulam i 
am alga tadbiq  qilish  bilan shug‘ullanadi.
K elajak jam iyatda inflyatsiya saqlanib qoladimi yoki  narxlar tovarlar 
qiymati  dinam ikasi  orqasidan  ergashadim i?  Lekin  inflyatsiyaning yuqo­
ri  su r’atlari  takror  ishlab  chiqarishning  normal  borishini  buzadi,  shaxsiy 
daromad va ja m g ‘arm alarni  qadrsizlantiriladi.  Shu sababli,  inflyatsiya ja- 
rayonlari  jam oat  nazorati  ostida  boMadi.  Yangi  m ahsulotning  nisbiy  va 
mutlaq  arzonlashuvi  an’anasi  kuchayadi.  Bu  ishlab  ehiqarish  va  ijtimoiy 
tuzilmadagi  ijobiy  siljishlam i  rag‘batlantiradi,  innovatsiya mahsulotlari- 
ga talabni kengaytiradi.
7.  Takror  ishlab  ehiqarish  tuzilmasi  iqtisodiy  m unosabatlarda  sanab 
o ‘tilgan  yuqoridagi  an’analar  iqtisodiyotni  boshqarishda  tub  o ‘zgarish- 
lami  talab qiladi.  Korxonani  bevosita boshqaruvini  dem okratizatsiyalash 
tomon  harakat  kuchayadi.  B archa  x o ‘jalik   birlashm alari  (konsernlar, 
konsorsiumlar, xoldinglar, trast kom paniyalari,  moliya,  sanoat guruhlari) 
qoidaga  k o ‘ra,  davlat  va jam oatchilik  nazorati  ostida  boMadi.  B ulam ing 
barchasi tadbirkorlikda novatorlik ruhini rivojlanishiga im koniyat yarata- 
di.  Har bir xodim  o ‘z  ish joyi,  firm asining faoliyati  sam aradorligi  uchun 
qayg‘uradi  va  firm a  oldida  o ‘z  m as’uliyatini  sezadi.  Bu  hozirgi  kunda 
Yaponiyada yaqqol  ko ‘rinadi.
8
.  Takror  ishlab  ehiqarish  sam aradorligi  ko‘rsatkichlari  dinam ika­
si  an’analari  o ‘zgaradi.  Rivojlanayotgan  m am lakatlarda  harbiy  sanoat 
kom pleksining jadal  rivojlanishi,  yoqilgM-energetika,  xom ashyo  resurs- 
larini  yuqori  darajada  iste’mol  qilish,  rivojlanayotgan  m am lakatlam ing 
arzon  ishchi kuchi  xom ashyosi  hisobiga  ilgari  erishilgan  iqtisodiy  o ‘sish 
su r’atlariga,  m ehnat unum dorligi,  real  darom adlam ing o ‘sishiga endilik- 
da erishib boMmaydi, a w a lg i rekordlartakrorlanm aydi. Tabiiy resurslam i 
talash to ‘xtaydi.  0 ‘tm ishdagi  m ehnatga nisbatan kam  ulushi  bilan ajralib 
turadigan xizm atlar ulushi o ‘sib boradi.
Iqtisodiy  siyosatning asosiy y o ‘nalishlari,  m aqsadlari  quyidagilardan 
iborat  boMadi:  taraqqiyotning  barqaror  rivojlanishi  (siklik  tebranishlar- 
ning  kichik  amplitudasi  bilan)  ta’minlash,  dem ografik jarayonlam i  oqi- 
lona  yo'naltirish,  ishlab  chiqarishning  xom ashyo  material  hajmini  ka- 
maytirish, tabiiy  muhitni  ifloslashni  cheklash  va uni  yaxshilash, turm ush 
darajasini  yaxshilash,  turli  ijtimoiy  qatlam lam ing  turm ush  darajasi  ora- 
ligMni  qisqartirish,  rivojlangan  va  rivojlanayotgan  m am lakatlar  o ‘rtasida-
274


Jahon sivilizatsiyalari tarix i
gi  xavfli jarlikni  b artaraf qilish.  Yangi  y o ‘nalishlar  o ‘tish  davrida o ‘ziga 
y o ‘l  ochadi  va  ikkinchi  uzoq  muddatli  siklda yetakchi  o ‘rinni  egallaydi. 
Natijada,  postindustrial  sivilizatsiyaning  shakllanish  davrida  iqtisodiy 
m unosabatlarning  butun tizim i  o ‘tgan ikki-uch  sivilizatsiyalar davom ida 
kuzatilgan tub an ’analar o ‘zgaradi.
2. 
Ijtim oiy-siyosiy  so h a d a   tu b   o ‘zg a rish la r.  Jam iyatning  ijtim oiy 
hayotida o ‘zgarishlam ing zanjirli  m antig‘i  o ‘z manbalari  va shart-sharo- 
itlari  bilan  odam lar texnologiyalar  odam lam ing  turli  guruhlari  iqtisodiy 
ahvoli,  ular o ‘rtasida m ulkning taqsim lanishida o ‘z ifodasini topadi.  Shu 
sababli,  iqtisodiy  tuzilm ada tub  siljishlar ijtimoiy  kuchlam ing yangi jo y - 
lashuvini keltirib chiqardi.
Klassik  industrial  jam iyat  XIX  asr  o‘rtalarida  o ‘z  taraqqiyotining 
cho'qqisiga  chiqqanda  o ‘zida bir-biriga  qarshi  turgan  ikki  sin f — yollan- 
m a ishchilar v a kapitalistlam i yaratdi.  K o‘p sonli  m ayda burjuaziya -fe r- 
merlar,  hunarm andlar,  m ayda  savdogarlar  o ‘tm ishning  qoldig‘i  sifatida 
yashadi.  Jam iyatda  m avjud  bo‘lgan  barcha  ijtmoiy  qatlam lar  o ‘z  daro- 
madlarining  bir  qism ini  armiya,  amaldorlar,  boshqaruv,  sud,  politsiyani 
saqlash uchun  davlatga ajratdi.
XX 
asm ing  oxirida  bu  ijtimoiy  tuzilm a  tub  o ‘zgarishlarni  boshdan 
kechirdi  va jam iy at  ijtim oiy  hayotini  o ‘zgartirdi.  Burjuaziya m anfaatlari 
har  xilligi  bilan  ajralib  turadigan  bir  necha  guruhlarga  b o ‘lindi:  davlat- 
byurokratik apparatiga tayanadigan m onopolistik burjuaziya,  oliy tabaqa 
am aldor va harbiylar.  Bu qatlam  o ‘z m anfaatlariga zid keladigan har qan­
day o ‘zgarishlarga qarshilik qiladi.
Mayda  ishlab  chiqaruvchi  fermerlar,  kichik  tadbirkorlar,  savdogar­
lar,  innovatsiya  firm alar  egalari,  kafe,  restoran  x o ‘jayinlari  yangidan 
uyg‘onish  jarayonini  boshdan  kechiradilar.  Kichik  va  o ‘rta  biznesning 
yalpi  ishlab  chiqarishdagi  ulushi  o ‘sib  boradi.  Bir vaqtning  o‘zida uning 
ijtimoiy  kuchi,  siyosiy  salm og‘i  kuchayib  boradi.  Siyosiy  partiyalar say- 
lovlarda  bu  qatlam n ing  k o ‘p  sonli  ovozi  uchun  kurashadi.  Bu  qatlam - 
ga  ko‘p  sonli  « erkin  kasb»  vakillari  (shifokorlar,  rassomlar,  advokatlar, 
artistlar,  yozuvchilar)  q o ‘shiladilar.  A m alda  nanotexnologiyalam ing  in- 
novatsiyalarini  jo riy   qilinishi,  ishlab  chiqarishning  dekonsentratsiyasi, 
axborot  vositalarining  rivojlanib  borishi  bilan  istiqbolda  kichik  va  o ‘rta 
biznesning ulushi ja d a l  o ‘sib boradi.
Ishchilar sin fin in g   qiyofasi  o ‘zgardi.  M alakali  ishchilar  yaxshi  ish 
haqi  olib,  o ‘z  uyi,  av to m o b ili,  aksiyalarga  ega  b o ‘ldilar.  H ozirgi  kun-
2 7 5


R. RAJABOV
da  o ‘n  m inglab  ishchilar  to ‘plangan  gigant  korxonalar  o ‘tm ishga  ket- 
moqda.  M oddiy  n e ’m at  va  xizm atlarning  yaratuvchisi  endi  avtom atik 
liniya operatori,  program m ist va boshqalar.  X izm atchilarning salm oqli 
qism ini differensiyasi yuz beradi.  U larning bir qism i k atta-kichik kom - 
paniya,  firm alarning  m enejerlari,  yirik  burjuaziya tarkibiga kiradi.  Bu 
qatlam   konservativ  kayfiyatda b o ‘lib,  tub  islohotlarga qarshilik  qiladi. 
B oshqa  eng  k o ‘p  sonli  xizm atchilar  am alda  ishchilar  sinfiga  q o ‘shila- 
di.  X izm at  k o ‘rsatish  sohasida band  b o ‘lganlar  soni  sanoat  va  qishloq 
x o ‘ja lik la rid a   band  b o ‘lganlardan  m untazam   o ‘sib  borish  a n ’ananasi 
kuzatiladi.  B a ’zi  m am lakatlarda  m ehnatga  yaroqli  aholi  sonining  ka- 
m ayib  ketishi  oldini  olish  uchun  nafaqaga  chiqish m uddatini  uzaytirib 
k o ‘radilar.
N afaqaxo‘rlarsafi kengayib boradi. Ular uy x o ‘jaligid a xizm at ko‘rsa- 
tish  sohasi  yoki  ishlab chiqarishda q o ‘shim cha ish  bilan  band  boMadilar. 
Ulam ing  ozgina ja m g ‘arm alari  nafaqalarini  inflatsiya  y o ‘q  qilishi  xavfi 
ostida bo‘ladi.
Jam iyatda  ijtimoiy  to ‘ntarish  uchun  baza  qisqarib  boradi.  Uning 
tarkibi  yoshlarning  radikal  kayfiyatdagi  bir  qismi,  ishsizlar,  turli  daydi 
unsurlar,  giyohvand-piyanistalar,  o ‘z  qatlam i  bilan  aloqasini  uzgan  qa- 
lang‘i-qasang‘ilar  marginal  qatlamdan  iborat  bo‘Iadi.  Ular  har  qanday 
tartibsizliklarga xayrixoh  boMadilar.
Bunday sharoitda kim progressning dvigateli,  o ‘zgarishlar oldida bo­
radi? Bu,  eng avvalo,  iqtisodiy va siyosiy  hayotda salm oqli  o‘rinni  egal- 
lash  uchun  kurashayotgan  yangi  avlodning  faol  vakillari,  o ‘zgarishlar 
zarurligini tushunib yetgan va jam oatchilik  ongini  shakllantirishga ta ’sir 
qiladigan  ijodiy  kasb  kishilarining  bir  qismi:  yangi  y o ‘lboshchilar jalb  
qiladigan texnik intellektuallar, yosh harbiylar, m alakasiz ishchilar.
Asta-sekin  XXI  asrning  ijtimoiy  tuzilm asining  chizgilari  gavdalana 
boshlaydi.  U  bir  necha  asosiy  ijtimoiy  guruhlar  va  ulam ing  turli  k o ‘ri- 
nishlarini o ‘z ichiga oladi:
- q a y ta  ishlab chiqarishda band  bo‘lgan m alakali xodimlar,  ishchilar, 
texniklar,  program mistlar,  olimlar,  konstruktorlar,  injenerlar,  o ‘qituvchi- 
lar,  xizmatchilar;
-  sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, m aishiy xizm at sohala- 
rida mustaqil  ish olib boradigan kichik va o ‘rta tadbirkorlar;
-   nafaqaxo‘rlar,  qim matbaho  qog‘ozlar,  bank  foizlari  hisobiga  kun 
ko‘ruvchi rantye;
27 6


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
-  
katta tadbirkorlar,  oliy  darajadagi  davlat  amaldorlari,  arm iyaning 
oliy  zobitlari,  siyosiy p artiy a la ry o ‘lboshchilari, jinoyat dunyosining «qi- 
rollari»,  katta  iqtisodiy-siyosiy  kuchga  ega  boMgan,  dem okratik  o ‘zga- 
rishlarga qarshi  uncha katta b o ‘lmagan  qatlam ;
-  
jins-yosh  guruhlari  orasida  yoshlar  v a  ayollar  harakati  yoMbosh- 
chilari  o ‘sib  borayotgan  ta ’sirga  ega  boMadi.  Bu  har  ikkala  guruhning 
m anfaatlari  boMadi. Yoshlar jam iyatdagi  o ‘zgarishlarning asosiy harakat- 
lantiruvchi  kuchlari  boMadilar.  Takror  ishlab  chiqarishning  turli  sohala- 
riga  tobora  ko‘proq  tortilib  borayotgan  ayollar  ijtim oiy-siyosiy  hayotda 
yetakchilikni  da’vo  qiladilar.
0
‘tish  davrida  qo‘qqisdan  milliy  va  irqiy  belgilarga  ko‘ra,  ijtim oiy 
tabaqalanish  kuchaydi.  XX  asm ing 60-70  yillarida AQSH  da negrlar ha­
rakati irqiy kam sitishga qarshi kurashi kuchaydi. Janubiy A frikada o ‘nlab 
yillar davom   etgan  irqiy to ‘qnashuvlar ko'p chilik  negr aholisining g ‘ala- 
basi  bilan tugadi.
Milliy  m ustaqillik  uchun  kurash  natijasida  SSSR,  Yugoslaviya,  Che- 
xoslovakiya  kabi  federativ  davlatlar  parchalanib,  ularning  o‘m iga  m us­
taqil davlatlar paydo boMdi. Ayrim hududlar (Kavkazorti, sobiq Yugoslavi­
ya) uchun m illatlar o ‘rtasida qonli  to ‘qnashuvlaryuz berdi.  Soni jihatidan 
kichik m illatlam ing o‘z milliy mustaqilliklariga erishish uchun harakatlari 
kuchaydi  (Rossiya federatsiyasida  chechenlar,  X itoyda uyg‘urlar).  Milliy 
harakat -  bu am alda siyosiy kuch,  u bilan  hisoblashish  lozim.
M illatchilik  toMqini  o ‘z  chegaralariga  ega.  M illiy  elita  hokim iyatni 
qoMga  olgach,  bu  hokim iyatni  saqlab  qolish  uchun  m am lakat  ichida va 
uning  tashqarisida turli  millat,  xalq,  elatlar o ‘rtasida teng huquqli  m uno­
sabatlar ham da har tom onlam a aloqalam i yoMga qo‘yishni  anglab yetadi. 
M illatchilik  v a  shovinizm  kasalliklari  o ‘tib  ketadi.  Bu  m uam m oga ju d a 
ehtiyot  boMib,  sergak  qarash  ustuvor boMadi.  Kelajak  milliy  madaniyat- 
lam ing  gullab  yashnashi,  alohida m am lakatlar va  xalqaro  munosabatlar, 
ikki tom onlam a aloqalarda m illatlam ing teng huquqli  ittifoqi va hamkor- 
ligi  bilan  belgilanadi.
Siyosiy  sohada  o ‘tish  davrining yetakchi  an’analari  boMib  quyidagi- 
lar k o ‘rinadi:
- to ta lita r,  fashistik,  m illatchilik g ‘oyalarini  targMb qiladigan  siyosiy 
Download 7,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish