I. Raqobatni rivojlantirish va himoyalash tizimini transformatsiyasini amalga oshirish
1.
Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini oldini olish tizimidan raqobatni himoya qilishda qonun buzilishlarini oldindan yo‘l qo‘ymaslik (profilaktik) tizimiga o‘tishni nazarda tutuvchi “aqlli” monopoliyaga qarshi tartibga solishning progressiv modelini yaratish.
1. “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish:
monopol tashkilotlar va tabiiy monopoliya subyektlarining reyestrini yuritishni bekor qilish;
“ustun muzokara kuchi” tushunchasini kiritish hamda uni nazorat qilish usullarini aniqlashtirish;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini samarali oldini olish uchun muayyan hollarda aralashuv uchun quyi chegarani kengaytirish.
2. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini oldini olishda maxsus ko‘rsatmalarni (guidelines) ishlab chiqqan holda tushuntirishlar berish institutidan foydalanishni kengaytirish.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)
2.
Tovar, moliya va raqamli bozorlarni tahlil qilishning moslashuvchan vositalarini, shu jumladan xulq-atvor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan usullarni joriy etish (behavioral economics).
1. “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, monopol mavqeni aniqlashda muayyan bozor ulushi ko‘rsatkichidan voz kechish, asosiy e’tiborni bozor hukmronligini suiiste’mol qilish holatlariga qaratish.
2020-yil
oktyabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov)
2. Tovar, moliya va raqamli bozorlar ishtirokchilari xulq atvorini tahlil qilish tartibini ishlab chiqish.
2020-yil
oktyabr
3. Tovar va moliya bozorlari ishtirokchilarining raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga to‘liq rioya qilishini rag‘batlantiruvchi xulq-atvor iqtisodiyoti yondashuvlarini, shu jumladan “yumshoq turtki berish” (nudging) konsepsiyasini joriy etish maqsadida raqobat siyosatida institutsional innovatsiyalar laboratoriyasini tashkil etish.
2021-yil
aprel
3.
Iqtisodiyotda raqobat muhiti holatini tahlil qilish.
1. Global raqobatbardoshlik indeksi metodologiyasining “Tovar bozorlarining samaradorligi” indikatori asosida tovar bozorlarida raqobat holatining tahlilini o‘tkazish va “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.
2020-yil avgust
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)
2. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining metodikasi asosida tovar bozorini tartibga solish indeksini (PMR) hisoblash.
2021-yil mart
3. Raqobat holati to‘g‘risida yillik hisobot tayyorlash.
Davlat organlarining nizomlariga o‘zlariga tartibga solish bo‘yicha biriktirilgan sohalarda o‘z vazifalari doirasiga raqobatni rivojlantirish bo‘yicha funksional majburiyatlarni kiritish yo‘li bilan davlat organlarining raqobatni rivojlantirish mas’uliyatlarini oshirish.
2020-yil
dekabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)
5.
Davlat monopoliyaga qarshi nazoratini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablari buzilishi xavf-xatarga asoslangan yondashuvni joriy etish.
Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini xavf-xatar kategoriyalari bo‘yicha tasniflash mezonlarini ishlab chiqish.
2020-yil oktyabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)