Raqamli iqtisodiyot” fakulteti ning



Download 1,43 Mb.
bet8/12
Sana31.12.2021
Hajmi1,43 Mb.
#273710
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Reja

2.4-rasm Kriptavalyutalar (virtual valyuta)

Raqamli iqtisodiyotda korxonalarning biznes-modellari Raqamli iqtisodiyotda an’anaviy markazlashtirilgan modellarni siqib chiqarishi yoki vayron qilishi mumkin bo’lgan va potensial ravishda boshlang‘ich holatdagi mustaqil korxonalar sifatida rivojlanishi mumkin bo‘lgan ochiq tarmoq korxonalari tashkil qilish mumkin va buning uchun hozirgi paytda ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Faraz qiling, taqsimlangan raqamli model moliyaviy hizmatlarning sakkizta funksiyasini – jismoniy shaxslarga bank hizmatlari ko‘rsatish va fond bozorlaridan tortib, sug‘urta va buxgalteriya hisobigacha bo’lgan hizmat turlarini o’zgartirmoqda yoki asta-sekin siqib chiqarmoqda. Raqamli texnologiyalar va blokcheyn yordamida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatgan kompaniyalar ham, yangi kompaniyalar ham innovatsiyalarni yaxshiroq amalga oshiradigan, kamroq harajatlar bilan yaxshiroq qiymat yaratadigan, moddiy boylik ishlab chiqaruvchilarga ular yaratgan boylikdan hamma joyda foydalanish imkonini beradigan biznes-arxitekturalar yaratishi mumkin.Blokcheyn texnologiyasi «Vikinomika» kitobida atroflicha tavsif berilgan ayrim biznesmodellarni yangi darajaga olib chiqadi. Hayot yarayoniga yangilik sifatida kiritilgan elektron raqamli to‘lov tizimlari, nufuzni boshqarish tizimlari, tsenzura qilinmaydigan kontent, ishonch talab qilmaydigan tranzaksiyalar, smartshartnomalar va mustaqil agentlar – blokcheyn-inqilobning asosiy innovatsiyalarini qo‘shgan holda yangi turdagi ishlab chiqarish, ommaviy iste’mol, ochiq platformalar, umumiy axborot makonidagi yangi hukumat, butunjahon virtual tsexi va ijtimoiy ish o‘rinlarini qanday rivojlantirish mumkin ekanligini quyida ko‘rib chiqamiz. Bir rangdagi ishlab chiqaruvchilar Bir rangdagi ishlab chiqaruvchilar –mahsuldorlik bo‘yicha hattoki eng yirik va yaxshi moliyalashtiriladigan korxonalardan ham ustnlik qiladigan innovatsion loyihalar, ochiq boshlang‘ich kodli dasturiy ta’minot va «Vikipediya» tavsif bergan turli joylarda tarqoq holda joylashgan minglab ko‘ngillilardir. Jamiyat a’zolari ularda xobbi sifatida, muloqot qilish yoki o‘z qadriyatlarini ifodalash uchun yoki shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishtirok etadilar. Nufuz tizimlari vaboshqa stimullar mavjudligi tufayli, blokcheyn texnologiyasi ularning samaradorlikni oshirishi va yaratilayotgan qiymati uchun kimlarnidir mukofotlashga qodir bo’ladi.Bir rangdagi ishlab chiqarish hamjamiyatlari, Garvard professori Yoxay Benklerning iborasiga ko‘ra, «umumiy axborot makonidan foydalangan holda birgalikda bir rangdgi ishlab chiqarish» taqdim etishlari mumkin. Ijtimoiy ishlab chiqarish deb ataladigan bu tizim (bu hamBenkler atamasi) shuni ko‘zda tutadiki, mahsulotlar va hizmatlar iqtisodiyotning xususiy sektori doirasidan tashqarida yaratiladi va ular bironta korporatsiya yoki shaxsga tegishli bo‘lmaydi. Ko‘p sonli misollar orasida - Linux operatsion tizimini (hech kimga tegishli emas, lekin hozirda dunyoda eng yaxshi operatsion tizim hisoblanadi), «Vikipediya» ni (Wikimedia Foundation ga tegishli) va Firefox web-brauzerini (Mozilla Foundationga tegishli) keltirish mumkin. Bir rangdagi ishlab chiqarish shuningdek, qatnashchilar nimanidir jamoaviy ravishda ishlab chiqarishi uchun ijtimoiy o‘zaro aloqa qiladigan, lekin ularning mehnat natijasi jamoat korxonasiga tegishli bo‘lmagan xususiy sektordagi faoliyatni ham tavsiflashi mumkin.Bir rangdagi ishlab chiqarish biznes-model sifatida ikkita sababga ko‘ra muhimdir. Birinchidan, ba’zida bir rangdagi qatnashchilar ko‘ngilli ravishda tovarlar va hizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha jamoaviy faoliyat bilan shug‘ullanadilar, korporatsiya esa bu ishda kurator funksiyalarini bajaradi va tijorat foydasini qo‘lgakiritadi. Masalan, o‘quvchilar Reddit munozaralar platformasi kontentini yaratadilar, lekin unga egalik qilma olmaydilar. Reddit –AQSHda trafik hajmi bo‘yicha o‘ninchi o‘rinda turadigan web-sayt. Ikkinchidan, bunda kompaniyalartashqi mehnat resurslarining keng fondlariga murojaat qiladi. IBM kompaniyasi Linux tarafdoriga aylandi va Linux hamjamiyatiga yuzlab million dollar turadigan dasturiy ta’minot hadya qildi. Natijada, IBM o‘z tizimlarini ishlab chiqish uchun yiliga 900 million dollar tejab qoldi, hamda dasturiy ta’minot va hizmatlar ko‘p milliardlik biznesini yo‘lga qo‘ygan platforma yaratdi. Blokcheyn texnologiyasiqatnashchilarga hamjamiyatga samarali hissa qo‘shish uchun rasmiy nufuz tizimi ishlab chiqish imkonini beradi. Odobsiz xulq-atvorga to‘sqinlik qilish uchun qatnashchilardan umumiy fondga kichik miqdorda kirish badali talab qilinishi mumkin. Badal miqdori jamiyat faoliyati qo‘shilgan hissadan kelib chiqib, o‘sishi yoki kamayishi mumkin. Korporativ hamjamiyatlarda qatnashchilarular yaratadigan qiymatda ishtirok etishi va qo‘shgan hissasi uchun to‘lov olishi mumkin, smart-shartnomalar esa bunda tranzaksiya harajatlarini pasaytiradi va firma chegaralarini ochadi.Umuman olganda,birgalikda bir rangdagi ishlab chiqarish hamjamiyat qiymat yaratish va yangi tarmoq modellari markazidan o‘rin topadi. Aksariyat tarmoqlarda innovatsiya yakuniy mahsulot yaratish uchun muntazam birlashadigan intellektual mulk va yirik mutaxassislar fondi hamda korporativ va xususiy qatnashchilar tarmoqlariga tobora ko‘proq bog‘liq bo‘lmoqda. IBMLinuxni qo‘llab-quvvatlagani kabi, firmalarbirgalikda yoki jamoaviy mehnat bilan qiymat yaratish uchun ochiq boshlang‘ich kod tashkil qiladigan tarmoqlarga ham kirishlari mumkin.


Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish