R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M


Ikkinchi yirik davr XII-XV asrlar bo’lib, Alisher Navoiy mintaqa adabiyotiga oid nazariy mulohazalarida ayni shu davr shoirlariga e’tibor qaratadi



Download 0,7 Mb.
bet73/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Ikkinchi yirik davr XII-XV asrlar bo’lib, Alisher Navoiy mintaqa adabiyotiga oid nazariy mulohazalarida ayni shu davr shoirlariga e’tibor qaratadi.
Alisher Navoiy forsiy “Shohnoma”ni yaxshi bilsa-da, badiiy ijod tariqi haqida mulohaza yuritganda Firdavsiyni eslamaydi, balki sanoqni fors mumtoz she’riyati vakillari ichida birinchilardan bo’lib saroyni va madhiyaguylikni tark etib, she’riyatga jiddiy falsafiy-ijtimoiy va axloqiy masalalarni olib kirgan Abdulmajd Sanoiy (1048 - 1140)dan boshlaydi. Chunki uning - “Sayrul-ibod ilal-maod” (“Alloh bandalarining qaytar makonga safari”) va 10 ming baytdan ortiq hajmdagi “Hadoyiq-ul-haqiqa” (“Haqiqat bog’lari”) dostonlari mintaqa adabiyotida yangicha yo’nalishga asos solgan edi. Undan keyin XII asr ikkinchi yarmida yashab ijod etgan Abdulvosi’ Jabaliy (vafoti 1160), Anvariy (vafoti 1191), Asiriddin Axsikatiy (1108-1196), Xoqoniy (1120-1199), Zohir Faryobiy (vafoti (1202) kabi qator taniqli shoirlar ham saroy madhiyago’yligini tark etib, ijtimoiy-falsafiy ruhda qasidalar yozishga kirishdilar.
Navoiy Sanoiy ijodini baholashda o’sha davr an’anasiga zid borib, uni “haqiqat tariqi” suxanvarlari qatorida emas, “haqiqat asrorig’a majoz tariqini maxlut” qilganlar safida tilga olgan. Darhaqiqat, asarlari o’z vaqtida buyuk xalaflari (izdoshlari) tomonidan so’fiyona ruhda talqin etilgan bo’lishiga qaramay, Sanoiy ham, Anvariy va Hoqoniylar ham hanuz tom ma’nodagi sufiy shoirlar emas edilar. Sanoiyning “Hadoyiq ul-haqiqa” asarini Evropa sharqshunoslari uzoq vaqt “tasavvuf qomusi” deb talqin etgan bo’lsalar-da, bu asarni diqqat bilan o’rgangan E.E. Bertelьs bunday qarashni quvvatlamaydi. Darhaqiqat, 10 bobdan iborat bu yirik dostonda, Navoiy asosli ravishda ta’kidlaganidek, tasavvufga oid mavzular boshqa falsafiy- ijtimoiy masalalar bilan aralash (maxlut) holda bayon etilgan.
Sanoiy va Anvariylar boshlab bergan she’riyatga yangicha yondoshuv ularning yaqin izdoshlari - XII asr oxirgi choragidan boshlab fors tilidagi she’riyat osmonida porlagan ikki yorqin yulduz Nizomiy Ganjaviy (1141-1202) va Farididdin Attor (1147-1229) siymolari misolida ikki alohida yo’nalish bo’yicha rivoj oldi.
Bu ikki yo’nalishning farqi nimada?

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish