R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M


v) Tasavvuf tariqatlari bosqichi – Riyozat ma’rifati



Download 0,7 Mb.
bet124/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

v) Tasavvuf tariqatlari bosqichi – Riyozat ma’rifati;


Forobiy, Ibn Sino va Biruniylar dunyo ishlarining o’nglanishini inson ilmi va tafakkuriga bog’lagan bo’lsalar, G’azzoliydan boshlab ilm va aql qudrati inson va jamiyat ma’naviy takomili uchun etarli emasligi aniq sezilib qoldi. Irfoniy takomil, riyozat yo’li mintaqa xalqlari ma’naviyatida tobora keng ko’lam kasb etdi. Haqiqat ishqi iroda qudratini sinay boshladi. Inson haqiqat yo’lida o’zlikdan kechishni o’rgandi. Dillar xudbinlik zangidan poklana boshladi. Albatta, oriflik har kimga ham nasib etmaydi, valiylik rutbasi bugungi bizning tasavvurlarimizdan behad yuqoridir. Lekin ma’naviyat haqiqat yo’lida ruhiyat safarbarligi ekanligini ajdodlar bizga anglatdilar.
Tasavvuf ahli, ya’ni so’fiylar, ibrat va aqlga, bilimga tayanishni etarli deb topmay, riyozat yo’lini, ruhiy safarbarlik, iroda qudratini namoyish etib, nafsni poklash yo’llarini ishlab chiqdilar. Tasavvuf ma’rifati o’zi bir hududsiz olam. Uning o’z maqom va hollari mavjud. XII-XIII asrlarda o’ndan ortiq tasavvuf suluklari (yo’llari) shakllangan. Jumladan, Markaziy Osiyoning o’zida Yassaviya, Qodiriya, Kubraviya kabi turli yo’nalishlar keng urf bo’lgan. Bularning har biriga batafsil to’xtalinsa, so’z uzayadi. Riyozat chekib ko’ngilni poklash, uni xudbinlik zangidan tozalash tasavvuf suluklarining asl maqsadidir.
Inson o’z boshiga tushgan, hayotida ro’y bergan qiyinchiliklar, turli balo-yu kulfatlarga chidashi, toqat qilishi sabr-bardosh deyiladi. U hali



209

riyozat emas. Haq yo’lida ongli ravishda inson o’z oldiga ulug’ bir maqsadni belgilab, unga


etishish uchun ixtiyoriy ravishda barcha qiyinchiliklarni bo’yinga olib, to’siqlarni engib o’tib, olg’a intilishigina riyozat bo’ladi. Inson riyozat chekmay umuman biror narsaga erishishi qiyin. Xalqimiz shuning uchun, sodda qilib, “jondan kechmasang, jonona qayda”, deydi. Darhaqiqat, riyozatsiz na u dunyo, na bu dunyo saodati insonga nasib bo’lmaydi.
Allohning inoyati bilan tasavvuf irfoni bizning zaminda takomil cho’qqisiga ko’tarildi. Hazrati Bahovuddin kasb etilgan irfoniy quvvatni ezgulik yo’lida amaliy faoliyatga tatbiq etishga da’vat etdi. Xoja Ahror va Jomiy, Alisher Navoiy va Maxdumi A’zamdek ma’naviyat darg’alari ushbu yo’lda yuksak namuna ko’rsatdilar.
Tasavvuf irfonida avval zuhdu taqvo etakchi maqom tutgan bo’lsa, keyinroq ilohiy ishq tushunchasi yuqori o’ringa ko’tarildi. Bu tuyg’u oxir-natijada insonni fanodan baqoga olib chiquvchi asosiy vosita deb topildi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish