55
2-rasm.
Shaxsning kamol topishidagi asosiy omillar
Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishidagi o'rni nihoyatda beqiyosdir. Irsiy
belgilarning rivojlanishi insoniy-ijtimoiy muhitda yashashga bog'liqligiga
ko'plab misollar keltirish mumkin. Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitda
emas, boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy
belgilarning ayrim biologik ko'rinishlari saqlanar,
lekin insoniy fikr,
faoliyat, xatti-harakat bo'lmaydi. (1920 yilda hindistonlik doktor Singx
Midnapur shahri yaqinidagi bo'ri uyasidan topib olgan qizchalar Kamola va
Amola hayoti bunga misol bo'ladi)
18
. Yoki Daniel Defoning “Robinzon Kruzo”
asaridagi bosh qaxramon- Robinzon yashagan orol sohillariga uning xaloskor
kemasi yelkan otmaganida edi, u shaxs sifatida degradatsiyaga
19
uchragan
bo‘lardi.
Ijtimoiy muhitning buyuk insonlar shakllanishidagi o'rni mo'him bo'lib,
Alisher
Navoiy - shoir, Eynshteyn- fizik, Ulug'bek-astronom, Ibn Sino-tabib
bo'lib tug'ilmagan, albatta. Ulardagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi,
iste'dodga aylanishida ijtimoiy muhit, ta'lim -tarbiya mo'him o‘rin egallaydi.
Davlatimizning barkamol inson tarbiyalash borasidagi siyosatida ham shaxs
shakllanishida muhitning o'rni muhimligi ko'rsatiladi.
Ta'lim - tarbiya insonning shakllanishida etakchi o‘rin egallaydi.Ta'lim
-tarbiya
natijasida irsiyat va muhitning stixiyali ta'sirini o'qish, ¸zizish, mehnat qilish,
musiqa bastalash va boshqa malaka va ko'nikmalar egallanishi evaziga
o‘zgartirish, xatto tug'ma kamchiliklar(karlik, zaif ko‘rish, soqovlik)ni bartaraf
etish mumkin. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda
qobiliyatli, iste'dodli va iqtidorli bolalarga aloqida e'tibor berila boshlandi,
Pedagogika. O'quv қўлланма // A.Munavvarov taҳririda.- Toshkent: "O'qituvchi", 2006.- 29- bet.
Degradatsiya – shaxsning rivojlanishida tubanlik holati, ya'ni insonning shaxs sifatida
tanazzulga uchrashi
(muallif)
56
ularning iqtidori yoshligidan aniqlanib rivojlantirilmoqda. Bugungi kunda
“Nihol”, Zulfiya nomidagi davlat mukofotlari, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon
Beruniy nomidagi va Prezident stipendiyalarining ta'sis etilganligi ham yoshlarga
berilayotgan e'tiborning timsolidir.
Ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ma'naviy meros – ularning asarlarida
komil
insonni ma'naviy rivojlantirish g‘oyasi o‘z ifodasini topgan. Xususan, “Avesto”,
Qur'oni Karim, Sharq mutafakkirlarining noyob asarlaridagi komil inson g‘oyasi,
Sharqona axloq kodeksi va bugungi kundagi O'zbekiston Respublikasi Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturida sog‘lom avlod tarbiyasi haqida o'lmas g'oyalar
keltirilgan. Har bir inson shaxs sifatida turlicha namoyon bo'lar ekan, uning
ijtimoiy voqyelikka, mehnatga, insonlar va jamiyatga bo'lgan munosabati, faollik
darajasi, axloq-odob borasidagi etukligi turlicha bo‘ladi. Shaxs qaysi jamiyatda
yashasa o'sha jamiyat qonun-qoidalariga amal qiladi va voyaga yetadi.
Pedagogikada shaxsning kamolotga etishishi murakkab va ziddiyatli jarayon
sifatida qaraladi. Shaxsning kamolotga erishishida irsiyat, muhit,
maqsadga
muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim -tarbiya va albatta o‘zining mustaqil
faoliyati, iroda safarbarligi mo'him ahamiyat kasb etadi.
Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning ob'ektiv omillariga kiradi.
Inson organizmidagi anatomik tuzilish, fiziologik harakat, asab tipi, asosiy
shartsiz reflekslarni ota-onasidan meros qilib oladi.
Zamonaviy pedagogika va
psixologiya fanlarida odam shaxsi va xulqi rivojlanishida biologik omillarning
rolini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi bixeviorizm,
progmatizm, biogenetik oqimlar mavjud bo'lib, ularning ayrim vakillari
(E.Torndayk ) odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo'lajak shaxsga xos barcha
xususiyatlarga ega bo'ladi,
degan fikrni ilgari surishsa, ayrimlari ong va aqliy
qobiliyat ham nasldan-naslga o'tadi,- degan g‘oyani ma'qullaydilar. Ba'zi ( )
olimlar shaxsning axloqiy jihatdan
o'sishini ham irsiyatga bog'laydi.Shunday
qilib,
Download
Do'stlaringiz bilan baham: