2-rasm. Og‘ma sirtdagi quyosh radiatsiyasi intensivligini aniqlash.
ya’ni quyosh nurlarining tushish burchagini bilan belgilaylik (rasm). Agar AS sirtdagi insolyatsiyani deb belgilasak, quyidagini yozish mumkin:
(3)
formuladan ko‘rinadiki, og‘ma sirtdagi insolyatsiya kattaligi to‘g‘ri quyosh radiatsiyasining intensivligiga va quyosh nurlarining tushish burchagi ga bog‘liq. Ixtiyoriy tomonga qaratilgan va istalgancha og‘ma sirtga tushadigan to‘g‘ri quyosh radiatsiyasini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin:
(4)
bunda:
-og‘ma sirtning gorizont bilan xosil qilgan burchagi,
A- Quyosh azimuti,
A- og‘ma sirtga normal bo‘yicha o‘tkazilgan vertikal tekislik va
meridian tekisligi orasidagi burchak.
formulaning xususiy xollarini ko‘raylik.
1. Gorizontal sirt: u xolda formuladan
. (5)
2. Vertikal sirt: u xolda (1) formuladan
(6)
Agar vertikal sirt janubga qaragan bo‘lsa bo‘ladi, bundan:
(7)
Agar vertikal sirt sharqqa yoki g‘arbga qaratilgan bo‘lsa, bo‘ladi. Bundan
(8)
3. Og‘ma sirt: va formulalarni e’tiborga olib formulani quyidagicha yozish mumkin:
(9)
formuladan ko‘rinadiki, istalgan og‘ma sirtga tushuvchi quyosh radiatsiyasini hisoblash uchun larni bilish kerak. formuladan foydalanib ixtiyoriy tomonga qaratilgan og‘ma sirtdagi quyosh radiatsiyasini osongina hisoblash mumkin.
a) janub tomonga qiya sirtda bo‘lganidan:
(10)
b) sharq yoki g‘arb tomonga og‘gan qiya sirtlarda bo‘lgani uchun
(11)
ni topamiz.
Yuqoridagi formulalardan ko‘rinadiki, Yer sharining turli tomonlariga qaragan qiya joylarga muayyan vaqtda tushadigan quyosh energiyasi bir xil bo‘lmaydi. Masalan, janubga qaragan qiya joyga kun davomida tushadigan quyosh energiyasi eng ko‘p bo‘ladi, ammo shimolga qaragan qiya joyga kun davomida tushadigan quyosh energiyasi esa eng oz bo‘ladi. Natijada turli tomonga qaragan va gorizontga og‘maligi bir xil bo‘lgan qiya joylardagi tuproq qatlamining qizishi xam bir xil bo‘lmaydi. Janubga qaragan qiya joydagi tuproq qatlamining temperaturasi boshqa tomonlarga qaragan qiya joylardagi tuproq qatlamining temperaturasidan yuqori bo‘ladi.
Shuning uchun turli tomonlarga qaragan qiya joylarga ekinlarni ekish vaqtining boshlanishi xam bir xil bo‘lmaydi. Bundan tashqari turli xil ekinlar uchun maydonlarni tanlashda issiqsevar o‘simliklarga janubga qaragan qiya joylarni, issiqlikni kam talab qiladigan o‘simliklarga esa shimolga qaragan qiya joylarni mo‘ljallash kerak.
Shunday qilib, ixtiyoriy tomonga qaragan va og‘ma sirtlarga tushadigan quyosh radiatsiyasining kattaligini qishloq xo‘jaligi xodimlari o‘zlarining amaliy ishlarida hisobga olishlari kerak.
To‘g‘ri quyosh radiatsiyasining intensivligi va insolyatsiyani odatda sistemadan tashqi birlik da, SI sistemasida esa da o‘lchanadi. Bu ikki birlik orasidagi munosabat quyidagicha bo‘ladi.
Yer sathidan hisoblangan balandlik ortgan sari to‘g‘ri quyosh radiatsiyasining intensivligi xam osha boradi, chunki balandlik oshgan sari quyosh nurlarining atmosferada o‘tadigan yo‘li qisqarib, atmosferaning quyosh radiatsiyasini yutishdagi va sochishdagi roli kamaya boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |