"Qaymog‘ini
olish"
strategiyasi
.
Agar
korxona
marketing
imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yangi tovarining noyob, yagona
xususiyatlarga ega ekanligini ajratib ko‗rsata olsa, shuningdek, tovar
sotishning va ishlatishning yaxshirok seriyasini ta‘minlasa, unda bu korxona
raqobatchilarga nisbatan narx belgilashda ma‘lum erkinliklarga ega bo‗ladi.
Natijada, korxona o‗z tovarlariga yuqori darajadagi narxni belgilaydi. Bu
strategiya, ko‗pchilik holda, korxona yangi tovar ishlab chiqarish va bu
tovarni bozorga kiritish bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlarini iloji boricha tezroq
qoplash zarur bo‗lgan hollarda qo‗llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |