Qurilishda marketing


vertikal  va  gorizontal



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/221
Sana05.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#320293
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   221
Bog'liq
qurilishda marketing

vertikal 
va
 gorizontal. 
Vertikal  uyaga
  mo‗ljallangan  marketing  mazkur  mahsulotni  yoki 
funktsional  jihatdan  bir-biriga  yaqin  bo‗lgan  mahsulotlar  guruhlarini 
Iste‘molchilarning har xil guruhlariga sotish yo‗llarini izlashdan iborat. 
Bozorning 
gorizontal 
uyasiga
 
yo‗naltirilgan 
marketing 
Iste‘molchilarning funktsional jihatdan bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan tovarlar 
va  xizmatlarga  bo‗lgan  har  xil  ehtiyojlarni  qondirishga  mo‗ljallangan.  Vaqt 
o‗tishi bilan uyalar ancha katta  
bozor segmentlariga aylanishi mumkin.  
Har  qanday  holda  ham  bozor  uyalarini  topishga  mo‗ljallangan 
marketing  —  bu  har  doim  ham  bozorga  chuqur  kirib  borish,  alohida 
Iste‘molchilarning  o‗ziga  xos  ehtiyojlarini  qondirish,  raqobatdagi 
ustunliklarning  shakllanish  yo‗lidir.  Quyidagi  amaliy  maslahatlarni 
o‗zlashtirish maqsadga muvofiqdir: 
1.  Siz  bozor  nishasini  topganingizda  bu  nishaga  suqilib  kirmoqchi  bo‗lgan 
yana  biror  kimsa  topiladi  va  nishani  quritgunicha  siz  bilan  raqobatlashadi. 
Shuning  uchun  siz  har  doim  o‗z  ishlab  chiqarishingizni  qayta 
yo‗naltirishingiz  mumkin  bo‗lgan  keyingi  bozor  nishasini  izlashni  asosiy 
maqsad qilib qo‗yishingiz kerak. 
2.  Vaqt  o‗tishi  bilan  nisha  ommaviy  ishlab  chiqarish  uchun  yangi  bozorga 
aylanishi  mumkin.  Bu  sodir  bo‗lganda,  firma  nima  qilishi  mumkinliganing 
har xil variantlari mavjud. Eng yaxshisi — o‗z biznesini yo‗naltirishni davom 
ettirish va kompaniyani kengaytirish. 
Agar  siz  o‗zingizni  kichik  tadbirkor  kabi  tutsangiz,  bu  nishani  qo‗yib, 
o‗z  biznesingizni  qandaydir  boshqa  sohaga  olib  o‗tish  haqida  doim  o‗ylab 
turishingiz  kerak.Agar  bozor  nishangiz  yaxshi  holatda  bo‗la  turib,  siz  o‗z 
biznesingizni  boshqa  uyaga  yo‗naltirmoqchi  bo‗lsangiz,  har  doim 
biznesingizni  sotib  olmoqchi  bo‗lgan  qandaydir  yirik  firma  topiladi.  Bozor 


140 
sig‗imini bilish mazkur bozorga tovarni ta‘minlab beradigan firmaga tegishli 
bozor  ulushini
  aniqlash  bilan  bog‗liq.  Bozor  ulushining  oshishi  tarmoqda 
yetakchi o‗ringa erishishning asosiy omili hisoblanadi. 
Yuqori  bozor  ulushi  ishlab  chiqarishning  yuqori  hajmiga  erishish,  bu 
esa  o‗z  navbatida  firmaning  ish  faolligini  kengaytirish,  shuningdek, 
dividendlarni  hissadorlarga  to‗lash  va  kutiladigan  foydani  oshirish  imkonini 
beradi.  Bozor  ulushi  korxonaning  raqobatchilarga  nisbatan  ahvolini 
tavsiflaydi.  Miqdoriy  jihatdan  bozor  ulushi  bozordagi  bir  kategoriyadagi 
tovarlarning sotilishlar hajmining nisbati sifatida, foizlarda ifodalanadi. 
Bozor ulushi
 turli xil usullar bilan hisoblanishi mumkin: 

 
natural ifodadagi tovarlar sotilishining hajmiga ko‗ra; 

 
qiymat ifodasida; 

 
xizmat ko‗rsatiluvchi segmentlarda; 

 
yaqin turgan raqobatchilarning sotilishlariga nisbatan; 

 
bozor yetakchisi, asosiy raqobatchiga nisbatan.  
Marketing  faoliyatining  amaliyoti  guvohlik  beradiki,  chuqurroq 
segmentatsiya  bitta  belgiga  emas,  odatda  har  xil  belgilarning  bog‗liqligiga 
asoslanadi.  Hamma  mavjud  va  hozirgi  vaqtda  amal  qilayotgan  bozor 
segmentatsiyasining  jarayonlari  va  usullari  shunga  asosan  ko‗rilgan. 
Quyidagi usullarni qayd qilish mumkin: 

 
manfaatlar bo‗yicha segmentatsiya; 

 
segmentatsiya setkasini qurish; 

 
ko‗p o‗lchamli tasniflash bo‗yicha; 

 
guruhlash bo‗yicha; 

 
funktsiyaviy haritalar asosida. 
Manfaatlar  bo‗yicha  segmentatsiya
Iste‘molchilarning  xatti-harakatlari 
modeliga  asoslanadi  va  uchta  bosqichni  ketma-ket  bosib  o‗tishni  ko‗zda 
tutadi:  

 
istemolchilarni qiziqtiradigan manfaatlarni aniqlash va ularning bir-biriga 
bo‗lgan munosabatini baholash; 

 
manfaatlar  bo‗yicha  segmentatsiyani  oldindan  belgilaydigan  hayot 
tarzidagi  farqlarni  aniqlash  va  Iste‘molchilarni  shu  ko‗rsatkichlar 
bo‗yicha guruhlash; 

 
manfaatlar  bo‗yicha  segmentlar  tovar  va  raqobatchi  markalar  haqida  har 
xil tasavvurlarni o‗z ichiga olishini aniqlash. 
Segmentatsiya  setkasiniqurish  usuli
  asosiy  tayanch  bozorlarni 


141 
ko‗rsatish uchun qo‗llanadi. Iste‘molchilar va texnologiyaning funktsiyalarini 
tavsiflaydigan  o‗zgaruvchilarning  kombinatsiyalari  tahlil  qilinadi.  Natijada 
afzalliklarning eng katta foizini beradigan asosiy segmentlari aniqlanadi. 
Ko‗p  o‗lchamli  tasniflash  usuli
Iste‘molchilar  xatti-harakatlarini 
belgilash, bir vaqtning  o‗zida ko‗p o‗lchamli tasniflashdan iborat. Bunda bir 
qator  belgilar  (demografik,  ijtimoiy-iqtisodiy,  psixografik  va  hokazo) 
bo‗yicha  o‗zaro  o‗xshashliklarga  ega  bo‗lgan  odamlar  bitta  turga 
birlashtiriladi.  Bunday  yondashuv  yordamida  eng  muhim  komponent  belgi 
bo‗yicha Iste‘molchilarni turlashtirish vazifasi hal etiladi. 
Guruhlash  usuli
ob‘yektlar  yig‗indisini  ketma-ketlik  bilan  eng  muhim 
belgalar  bo‗yicha  guruhlarga  bo‗lishga  asoslanadi.  Vaholanki,  belgilardan 
bittasi  tizim  hosil  qiluvchi  sifatida  ajratib  ko‗rsatiladi.  So‗ngra  guruhchalar 
shakllantiriladi,  ularda  bu  belgining  muhimligi,  mazkur  tovarni  Iste‘mol 
qiluvchilarning barcha yig‗indisiga qaraganda yuqoriroq. 
Funktsiyaviy  haritalar  usuli
  «qo‗sh»  segmentatsiyani  o‗tkazishga 
asoslanadi:  mahsulot  bo‗yicha  va  Iste‘molchilar  bo‗yicha.  Uning  asosida 
berilgan  mahsulot  bozorning  qanday  segmentiga  mo‗ljallangan  va  uning 
qanday  funktsional  ko‗rsatkichlari  Iste‘molchilarning  u  yoki  bu  talablariga 
mos kelishini aniqlash mumkin. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish