Qurilish materiallari korxonalar iqtisodiyoti


-MODUL QURILISHDA FONDLARNING AXAMIYATI VA KADRLAR SALOXIYATI



Download 301,21 Kb.
bet59/99
Sana31.12.2021
Hajmi301,21 Kb.
#273442
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99
Bog'liq
amaliy

3-MODUL QURILISHDA FONDLARNING AXAMIYATI VA KADRLAR SALOXIYATI

9-MAVZU: ISHLAB CHIQARISH RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI.

Reja:


9.1. Asosiy fondlarning yeyilishi

9.2. Asosiy fondlar amortizatsiyasi

9.3. Korxona faoliyatiga aylanma vositalarning ta’siri

9.4. Kapital qo‘yilmalar va iqtisodiy samaradorlik
9.1. Asosiy fondlarning yeyilishi

Jismonan yeyilishda asosiy fondlarning iste’mol qiymati yo‘qotiladi, ya’ni mehnat jarayoni, tabiat kuchlari ta’sirida yomonlashadi.

Ishlab chiqarishda, misol uchun sanoatda asosiy fondlarning ma’lum kismi yeyilishi xalk xo‘jaligida sezilarli yo‘qotishlarga olib keladi, chunki birinchidan, jixozlarni ishchi xolatda saklash uchun ta’mirlashga ko‘p mablag‘ va kuch sarflash talab etiladi; ikkinchidan, eski ishlab chiqarish yangi texnikadan foydalanish imkoniyatiga ega emas, xech bulmaganda tulik foydalana olmaydi. Buning natijasida mahsulot va xizmatlar xajmi kamayadi. Texnik jixatdan orkada kolgan va ma’nan eskirgan, ishlab chiqarishda tuxtab kolish xavfi vujudga keladi.
9.2. Asosiy fondlar amortizatsiyasi

"Amortizatsiya" atamasi umuman olganda asosiy fondlarning "O‘lmasligini", ular yeyilishining koplanishi, tiklanishini bildiradi, ya’ni ishlab chiqarishdagi asosiy fondlarning yeyilishini pul mablaglarini jamgarish orkali koplash. Binobarin, amortizatsiya fondi -yeyilishni koplash uchun muljallangan pul fondi. U amortizatsiyaga ajratilgan mablaglar hisobidan tarkib topadi. Amortizatsiya mehnat vositalarining yeyilishini kisman koplash uchun mablag ajratish.

Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonida asosiy fondlar yemiriladi, eskiradi, asta-sekinlik bilan o‘zining texnik xususiyati, qiymatini yo‘qotib boradi, ularning qiymati esa ishlab chiqarilayotgan tovarlarga utkazib boriladi.

O‘zbekiston respublikasi vazirlar maxkamasining 1997 yilda o‘zbekiston ijtimoiy - iktisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari va davlat byudjeti to‘g‘risidagi 1996 yil 31 dekabrdagi 469- sonli karoriga asosan o‘zbekiston moliya vazirligining 1997 yil 27 fevraldagi 09-sonli va respublika davlat solik kumitasining 97-16-sonli "asosiy fondlarning guruxlari bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashning yagona me’yori to‘g‘risidagi" xatiga muvofik, 1997 yil 1 yanvardan asosiy uzgartirishlar kiritildi. Bu xatga muvofik korxona va tashkilotlarda ishlatiladigan asosiy vositalar bo‘yicha bir yil uchun quyidagi amortizatsiya me’yori joriy qilindi va ular besh guruxga bulindi:



  1. Bino va inshootlar uchun - 5 foiz.

  2. Yengil mashinalar, taksilar, yo‘l qurilishida ishlatiladigan texnikalar, maxsus asboblar, jixozlar, kompyuterlar uchun - 20 %

  3. Yuk tashuvchi avtomobillar, avtobuslar, maxsus mashinalar, sanoat korxonalaridagi barcha turdagi mashinalar, ishlab chiqarish tarmog‘idagi mexanizmlar, ishlov beruvchi jixozlar, qurilish uskunalarni, kishlok xo‘jaligi mashina va asbob-uskunalari uchun - 15 %.

  4. Boshqa guruxlarga kirmagan, amortizatsiyalanadigan aktiv kismlar uchun - 10%

  5. Temir yo‘l, dengiz, daryo va xavo transporti vositalari uchun – 8 foiz.

Quyidagi fondlar amortizatsiya foizi hisoblanmaydi:

  • Mollar va ish xayvonlari uchun;

  • Kutubxona fondlari uchun;

  • Shaharni obodonlashtirish inshootlari, xokimlikka xizmat kiladigan binolar va jamoat foydalaniladigan transport yo‘llari uchun.

Amortizatsion ajratmalar kattaligi amortizatsiya me’yorlari bo‘yicha asosiy fondlarning boshlayetich (balans) qiymatidan, uning xizmat kilish muddatini hisobga olish bilan aniqlanadi.

shunga asosan, amortizatsiya me’yori quyidagi formula bilan hisoblanadi:

bu yerda Na - asosiy fondlarning yillik amortizatsiyasi me’yori (%);

Фп(б) - asosiy fondlarning boshlang`ich qiymati;

фл - ishlab chiqarish qiymati;



хt - asosiy fonlarning xizmat kilish muddati.

Amortizatsiya me’yori asosiy fondlar qiymatini koplashning yillik foizini tashkil etadi.

9.3. Korxona faoliyatiga aylanma vositalarning ta’siri

Aytib utilganidek, korxonaning aylanma vositalardan iloji boricha ratsional foydalanish zarur.

Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar bo‘yicha ayni paytda ularni aylanma vositalar tarkibiga olib boruvchi qiymat chegarasi belgilangan. Korxona raxbari kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning eng kam qiymati chegarasini belgilash huquqiga ega, bu esa harajat kamayishiga olib keladi, chunki yeyilish oz darajada bo‘lib, tannarxga boruvchi so‘mma oz buladi.

Bundan tashkari, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning yeyilishini hisoblovchi kator usullardan foydalanish mumkin:



  • Ekspluatatsiyaga berishda 100 % hisoblash, joriy davr harajatlarining usishiga olib keladi;

  • Ekspluatatsiya yeyilishni 50% hisoblab berish va uni chiqarishda yeyilishni 50 % hisoblash.

9.4. Kapital qo‘yilmalar va iqtisodiy samaradorlik

Kapital qo‘yilmada iqtisodiy samaradorlik avvalambor iqtisod natijasi. U mahsulotning xalk xo‘jaligida kullanilishiga bog‘lik. Bunday ishlab chiqarishga bog‘lik bulmagan iktisodiy ko‘rsatkich ishlab chiqarishning kuvvatini va asosiy fondni oshirishga olib keladi. Shuning uchun kapital qo‘yilishning iqtisodiy samaradorligini takkoslashda iktisodiy samaradorli ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi.

Xalk xo‘jaligida kapital qo‘yilishdagi absolyut iktisodiy samaradorlik ea belgilangan davrdagi fukaro kapital kuyish daromadning fd o`sishini kapital qiymatiga nisbati bilan ifodalanadi.


Download 301,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish