2. Markaziy bankning mustaqilligi va uni belgilovchi mezonlar
3. Xorijiy mamlakatlarda markaziy bankning mustaqilligi
Markaziy bankning mustaqilligi darajasini aniqlashda uning pul-kredit siyosatini tanlash va o‘tkazishda davlat boshqaruv organlariga ko‘proq yoki kamroq qaramligiga e’tibor beriladi. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi-bu uning o‘z instrumentlaridan o‘zi xohlagan yo'nalishda va chegaralanmagan miqdorda foydalana olishiga aytiladi.

Moliyalashtirishni tartibga soluvchi qoidaning mavjudligi va shakllari.
Markaziy bankning monetar siyosatni amalga oshirish va faoliyatini tashkil etishda mustaqilligining ta’minlanishi mamlakatda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishi va milliy valyutaning barqarorligini tahninlash, shuningdek aholi va mijozlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlashda muhim hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonunda “Markaziy bank o'z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir. Davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar boMmaydi, basharti, ular o‘z zimmalariga bunday majbu-riyatlarni olmagan bo‘lsalar yoki qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa”74, deya belgilab qo‘yilgan.
V. Grilli 1991 yilda fanga Markaziy bankning siyosiy musta-qilligi tushunchasini kiritdi. Uning fikriga ko'ra, Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi-bu Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayo-nini hukumatdan mustaqilligidir.
Ammo hozirgi davrda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi nafaqat Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayonidagi mustaqil-likni, balki pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi mustaqillikni ham o'z ichiga oladi.