O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
QONUNLAR LOYIHALARINI TAYYORLASH VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASIGA KIRITISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 21-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda
ma’qullangan
I. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) kiritish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |