Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-bob. Milliy gvardiyaning faoliyatini tashkil etish



Download 164,39 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana25.03.2022
Hajmi164,39 Kb.
#508792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
O‘RQ-647-сон 18.11.2020. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida

2-bob. Milliy gvardiyaning faoliyatini tashkil etish
12-modda. Milliy gvardiyaning tizimi
Milliy gvardiyaning tizimi Milliy gvardiyaning markaziy devoni, Milliy gvardiyaning
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, harbiy
tuzilmalar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, shuningdek Milliy gvardiyaning zimmasiga yuklatilgan
vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa bo‘linmalar va tashkilotlardan (bundan buyon
matnda Milliy gvardiya organlari deb yuritiladi) iborat bo‘ladi.
13-modda. Milliy gvardiyaning bo‘ysunishi va hisobdorligi, shuningdek Milliy gvardiyaning
mansabdor shaxslarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish
Milliy gvardiya bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va unga
hisobdordir.
Milliy gvardiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va
lavozimidan ozod etiladigan Milliy gvardiya qo‘mondoni rahbarlik qiladi. Milliy gvardiya qo‘mondoni
maqomiga ko‘ra vazirga tenglashtiriladi.
Milliy gvardiya qo‘mondonining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga
tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan o‘rinbosarlari bo‘ladi.
14-modda. Milliy gvardiya hay’ati
Milliy gvardiyada Milliy gvardiya qo‘mondoni, uning o‘rinbosarlari, markaziy devoni
bo‘linmalarining boshliqlari va Milliy gvardiya organlarining rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at
tuziladi. Hay’atning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Milliy gvardiya hay’ati maslahat organi bo‘lib, u qonun hujjatlarining, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti topshiriqlarining, Milliy gvardiya qo‘mondoni buyruqlari va ko‘rsatmalarining ijro etilishi
holatiga, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yishga taalluqli masalalarni hamda Milliy gvardiya
zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi bilan bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.

Download 164,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish