Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-modda. O‘qotar qurolni qo‘llash



Download 164,39 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/21
Sana25.03.2022
Hajmi164,39 Kb.
#508792
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
O‘RQ-647-сон 18.11.2020. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida

31-modda. O‘qotar qurolni qo‘llash
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) quyidagi hollarda o‘qotar qurolni qo‘llash
huquqiga ega:
hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan, zo‘rlik ishlatish bilan qilingan hujumdan fuqarolarni
yoxud o‘zini himoya qilishda;
garovdagilarni ozod qilishda;
o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etish chog‘ida ko‘rib qolingan va yashirinishga urinayotgan shaxsni
ushlashda, agar boshqa vositalar bilan bu shaxsni ushlash imkoni bo‘lmasa;
o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni, transport vositasini, maxsus va jangovar
texnikani egallab olishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yishda;
fuqarolarning uy-joylariga, qo‘riqlanadigan obyektlarga va shaxslarga guruh bo‘lib qilingan
hujumni yoki qurolli hujumni qaytarishda;
qurolli qarshilik ko‘rsatayotgan shaxsni, shuningdek o‘zidagi qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi
moddalarni, portlatish qurilmalarini, zaharli yoki radioaktiv moddalarni topshirish to‘g‘risidagi
qonuniy talabni bajarishni rad etayotgan shaxsni ushlashda;
qurolni qo‘llash niyati haqida ogohlantirish zarurati tug‘ilganda, shuningdek yuqoriga qarata
yoki boshqa xavfsiz yo‘nalishda o‘q otish orqali xavf-xatar signalini berishda yoki yordam
chaqirishda.
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) o‘qotar qurolni qo‘llashdan oldin ogohlantirishi
shart, bundan uning hayotiga yoki fuqarolarning hayotiga bevosita xavf tahdid solayotgan hollar
mustasno.
Ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki
ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘qotar qurolni qo‘llash taqiqlanadi, bundan
ularning qurolli hujum qilganligi, qurolli qarshilik ko‘rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud Milliy
gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib, guruh
bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno.
Agar o‘qotar qurol qo‘llanilishi natijasida tasodifiy shaxslar jabrlanishi mumkin bo‘lsa, Milliy
gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) ko‘p fuqarolar to‘planganda uni qo‘llash huquqiga ega
emas, bundan terrorchilik harakatining oldini olish, garovdagilarni ozod qilish, qurolli hujumni
qaytarish hollari mustasno.
Milliy gvardiya qurollantiriladigan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilari turlarining ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Download 164,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish