Qodiriy nomidagi jizzax davlat



Download 1,18 Mb.
bet62/63
Sana26.02.2022
Hajmi1,18 Mb.
#465984
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
2 5195157042121151197

Savol va topshiriqlar:

  • Grammatik tushunchalarni o‘zlashtirishning metodik shartlari nimalardan iborat?

  • Kichik yoshdagi o‘quvchilar tilga oid tushunchalarni o‘zlashtirish jarayonida qanday qiyinchiliklarga duch keladilar? Sababini izohlang.

  • So‘zning morfemik tarkibi boshlang‘ich sinflarda nima uchun o‘rganiladi?

  • O‘quvchilarga qo‘shimchalar haqida ma’lumot berishda siz qanday yo‘l tutasiz? Qo‘shimcha turlarini aniq farqlashni o‘rgatishda yangicha yondashuv yaratishga harakat qiling.

  • So‘z yasalishi mavzusiga oid ko‘rgazma material tayyorlang.



Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan yakuniy nazorat savollari:

  1. Metodikaning amaliy fan sifatidagi vazifalari nimalardan iborat?

  1. Nimani o‘qitish kerak? degan savolga javob berish.

  2. Qanday o‘qitish kerak? degan savolga javob berish.

  3. Nega xuddi mana shunday o‘qitish kerak? degan savolga javob berish.

  4. Barcha javoblar to‘g‘ri.

  1. Ona tili o‘qitish metodikasi qaysi fanlar bilan aloqadorlikda o‘rganiladi?

  1. Mantiq, psixologiya, psixolingvistika

  2. Mantiq, psixologiya, tarix

  3. Mantiq, psixologiya, psixolingvistika, tilshunoslik

  4. Logika, pedagogika, tarix, informatika

  1. O‘qitish prinsipi nima?

  1. Dars samaradorligini ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etish, uyushtirishga qo‘yilgan asosiy talablar, qoidalar

  2. Asos, talab, qoida

  3. Shaxsni har tomonlama rivojlantirish, uning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish

  4. O‘qitishning ilmiyligi, onglilik, faollik

  1. Boshlang‘ich sinfda fan dasturi doirasida bolalar qancha muddatda o‘qish va yozishni o‘rganadilar?

  1. 3-5 oyda

  2. 1-2 yilda

  3. 3-3,5 oyda

  4. 1 yilda

  1. Quyidagilardan qaysi biri bolalarga savod o‘rgatish vazifalari qatoriga kirmaydi?

  1. Imlo qoidalariga rioya qilib, savodli yozishga o‘rgatish

  2. O‘quvchilarning lug‘at boyligini va nutqini o‘stirish

  3. Harflarni to‘g‘ri yozishga o‘rgatish

  4. O‘quvchilarda kiyinish madaniyati ko‘nikmasini shakllantirish

  1. “Hijjai qadimiy” usuli necha bosqichdan iborat?

  1. 4

  2. 3

  3. 5

  4. 2

  1. “Ustodi avval” qo‘llanmasi muallifi va asar yaratilgan vaqtni aniqlang.

  1. Munavvarqori Abdurashidxonov, 1890-yil

  2. Saidrasul Saidazizov, 1902-yil

  3. Botu, 1888-yil

  4. Behbudiy, 1900-yil

  1. K.D.Ushinskiy tomonidan yaratilgan savod o‘rgatish metodini belgilang.

  1. Tahlil-tarkib metodi

  2. Hijo usuli

  3. Tovush metodi

  4. Analiz-sintez tovush metodi

  1. Savod o‘rgatish nechta davrga bo‘linadi?

  1. 2ta: alifbe davri va alifbegacha bo‘lgan davr

  2. 1ta: alifbe davri

  3. 3ta: tayyorgarlik davri, alifbe harfiy davri, alifbedan keying davr

  4. 2ta: to‘g‘ri o‘qish va to‘g‘ri yozish davri

  1. “Alifbe” kitobi bilan tanishtirish va partada to‘g‘ri o‘tirish savod o‘rgatishning qaysi davri vazifasi sanaladi?

  1. Alifbe harfiy davri vazifasi

  2. Alifbedan keying davr vazifasi

  3. Tayyorgarlik davri vazifasi

  4. Bu savod o‘rgatish davri vazifalari sanalmaydi.

  1. O‘quvchilarni nutqni analiz qilishga o‘rgatishda, asosan, qanday mashqlardan foydalaniladi?

  1. Analitik mashqlardan

  2. Sintez mashqlaridan

  3. Murakkab mashqlardan

  4. Bu jarayonda mashq kerak bo‘lmaydi.

  1. Savod o‘rgatishning dastlabgi davrida ish turi qancha vaqtda boshqasi bilan almashtirilib turishi zarur?

  1. 10-15 minutda

  2. Har 5 minutda

  3. 15-20 minutda

  4. Har 15 minutda

  1. Qaysi pedagog o‘z uslubini “yozish va o‘qish uslubi” deb atagan?

  1. Komenskiy

  2. Ushinskiy

  3. Behbudiy

  4. A.Avloniy

  1. Savod o‘rgatishning Alifbe davri qancha muddat davom etadi?

  1. Avgust-sentabr oylarida

  2. Sentabr oyidan may oyigacha

  3. Sentabr oyidan yanvar oyigacha

  4. Bir yil

  1. Alifbedagi tovushlarni o‘rgatishning nechta bosqichi mavjud?

  1. 2ta

  2. 3ta

  3. 5ta

  4. 4ta

  1. Diksiya – bu….

  1. Ravshan, burro gapirish

  2. To‘g‘ri yozish

  3. Nutqning g‘alizligi

  4. So‘zlarning bir-biriga bog‘lanishi

  1. Quyidagilardan qaysi biri “Alifbe” darsligi tuzilishining ilmiy-pedagogik tamoyillari qatoriga kirmaydi:

  1. “Alifbe”dagi materiallarning hajmi savod o‘rgatishga mos bo‘lishi kerak.

  2. “Alifbe”ning harfi, terilishi, qog‘ozi, rasmlarining bo‘yoqlari gigiyenik talablarga javob berishi zarur.

  3. “Alifbe”ning tashqi ko‘rinishi chiroyli, bolalar diqqatini o‘ziga tortadigan bo‘lishi lozim.

  4. “Alifbe” tuzilishida tovush-harflarning kam ishlatilishi maqsadga muvofiq.

  1. Yozuv daftari qaysi harfni yozdirish bilan boshlanadi?

  1. “a” harfini

  2. “e” harfini

  3. “o” harfini

  4. “i” harfini

  1. Yozuv darsining qancha miqdori yozuv uchun ajratiladi?

  1. 20 daqiqasi

  2. 30 daqiqasi

  3. 10 daqiqasi

  4. Yozuv darsi to‘la yozuvga bag‘ishlanadi.

  1. Bitta yozuv darsida nechta so‘z yozdirilishi kerak?

  1. 20ta

  2. 4ta

  3. 15ta

  4. 1ta

  1. Yozish vaqtida qancha qiyalikda yozish kerak?

  1. 650

  2. 250

  3. 150

  4. 200

  1. Yozish vaqtida daftar parta ustiga qancha qiyalikda qo‘yilishi zarur?

  1. 650

  2. 250

  3. 150

  4. 200

  1. Yozuv darslarida o‘quvchilar qanday malakalarni egallaydilar?

  1. Orfografik malakalarni

  2. Grafik malakalarni

  3. Grammatik malakalarni

  4. Orfoepik malakalarni

  1. Savod o‘rgatish darslari qaysi jihatiga ko‘ra alifbogacha bo‘lgan davrdagi va alifboni o‘rganish jarayonidagi darslarga bo‘lingan?

  1. Ta’limning predmetiga ko‘ra

  2. Ta’limning davri va bosqichlariga ko‘ra

  3. Darsda yangi mavzu o‘tilishi va o‘tilmasligiga ko‘ra

  4. Barcha javoblar to‘g‘ri

  1. Savod o‘rgatishning tayyorlov davrida bir dars qancha vaqt davom etadi?

  1. 20 daqiqa

  2. 35 daqiqa

  3. 45 daqiqa

  4. 30 daqiqa

  1. Savod o‘rgatishning alifbe davrida bir dars qancha vaqt davom etadi?

  1. 20 daqiqa

  2. 35 daqiqa

  3. 45 daqiqa

  4. 30 daqiqa

  1. “Alifbo bilan xayrlashish” festivali qachon o‘tkaziladi?

  1. Alfavitdan keying davr oxirida

  2. Alfavit davrining birinchi bosqichida

  3. Alfavit davrining ikkinchi bosqichida

  4. O‘quv yili oxirida

  1. Husnixat bilan yozish deganda nima tushuniladi?

  1. To‘g‘ri yozish

  2. Chiroyli yozish

  3. Tez yozish

  4. Sekin yozish

  1. Quyidagi fanlardan qaysi biri Husnixat va uni o‘qitish metodikasi fani bilan aloqador emas?

  1. Fiziologiya

  2. Psixologiya

  3. Tarix

  4. Kimyo

  1. Yozuv – bu…..

  1. Biror tilda qabul qilingan belgilar yig‘indisi

  2. Tilda mavjud tovushlar va so‘zlar jamlanmasi

  3. Rasm va imo-ishoralar tasviri

  4. So‘zlarning moddiy qobig‘i

  1. Fransuz olimi Shampalon tomonidan o‘qilgan yozuv?

  1. Mixxat yozuvi

  2. Finikiya yozuvi

  3. O‘rxun yozuvi

  4. Misr iyerogliflari

  1. Yozuvning eng qadimgi shakli – bu?

  1. Piktografiya

  2. Ideografiya

  3. Logografiya

  4. Fonografiya

  1. Yozuv mashg‘uloti vaqtida ko‘z bilan ruchka uchidagi oraliq necha sm bo‘lishi kerak?

  1. 2-5 sm

  2. 25-30 sm

  3. 20-35 sm

  4. 15-40 sm

  1. Savod o‘rgatish jarayonida asosiy yozuv qurolini ko‘rsating.

  1. Ko‘k ruchka

  2. Binafsharang ruchka

  3. Qora qalam

  4. Binafsharang ruchka va qora qalam

  1. Savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarga qanday daftar tavsiya qilinadi?

  1. Katak daftar

  2. Ikki chiziqli daftar

  3. Maxsus “yozuv daftari”

  4. Husnixat daftari

  1. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirishdagi eng birinchi qoida?

  1. Yozuv qurolidan to‘g‘ri foydalanish

  2. Idrok etish

  3. Gigiyenik talablar

  4. Download 1,18 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish