Qodiriy nomidagi jizzax davlat


Yozuvga o‘rgatish. Dastlabgi yozuv darslarining vazifalari, tuzilishi va o‘ziga xos tomonlari



Download 1,18 Mb.
bet14/63
Sana26.02.2022
Hajmi1,18 Mb.
#465984
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63
Bog'liq
2 5195157042121151197

Yozuvga o‘rgatish. Dastlabgi yozuv darslarining vazifalari, tuzilishi va o‘ziga xos tomonlari
Yozuv daftarining boshida tayyorgarlik davri uchun mashqlar berilgan. Bu mashqlar 7-betgacha davom etadi. So‘ngra 8-betdan o harfini yozdirish bilan savod o‘rgatish davridagi yozuv materiallari boshlanadi. Daftarda rasmlar berilgan. Bu o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stiradi. O‘qish va yozish alohida-alohida darslarda o‘tkazilsa ham, yozishga o‘rgatish bilan bog‘lab olib boriladi. Yozilishi lozim bo‘lgan harfni o‘rgatishdan oldin o‘quvchilarga gap tuzdiriladi, so‘ngra gaplarni so‘zlarga, so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘ladilar va nihoyat, bo‘g‘in ichidagi yangi tovushni ajratib oladilar. Harflarning bosma shakli bilan yozma shaklini farqlagach, to‘g‘ri va chiroyli yozishga kirishadilar.
Dastlabgi yozuv darslarining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Partada to‘g‘ri o‘tirish, daftarni to‘g‘ri qo‘yish, chiziqlarni chamalash, yozayotgan ruchkadan to‘g‘ri foydalanish, hoshiyaga rioya qilish.
2. Ish daftari yoki alifbe asosida o‘zbek alfavitidagi barcha kichik va katta harflarni yozish, shuningdek, harflarni so‘zda bir-biriga bog‘lab yoza olish. Bosma matnni yozma matnga aylantirib yozish.
3.Tahlil qilingan so‘z va 2-3 so‘zli gaplarni o‘qituvchi yordamida yozish.
Harflarni yozishda o‘quvchilar qiyinchilikka duch keladilar: harf elementlarini noto‘g‘ri yozadilar, harflarni bir-biriga noto‘g‘ri bog‘laydilar. Buning oldini olish uchun harf elementlarini bolalarga ko‘rsatib, doskaga yozib tushuntirilsa, yaxshi bo‘ladi, chunki bolalar yozish jarayonidagi o‘qituvchining qo‘l harakatlarini kuzatib turadilar. O‘qituvchi harf elementlarini ko‘rsatishda elementlarning qayerdan boshlanishi, qayerda burilishi, ikkinchi elementlarni ko‘rsatishda bu elementlarning qayerda qanday qo‘shilishini izohlab boradi. Bunday izohni 2-3 marta takrorlagach, o‘quvchilardan birini doskaga chiqaradi. So‘ngra havoda yozish mashqlari o‘tkaziladi va o‘quvchilar daftariga namunaga qarab nuqtalar ustidan yozadilar.
Xatolarning oldini olish uchun o‘quvchilar bilan yakka holda ishlanadi.
Yozuv darslarida alifbe davrida harflar yozdiriladi. Shu bilan birga, bir-ikki bo‘g‘inli so‘zlar ham yozdiriladi: no, non, na…
Harflarning o‘rnini almashtirib bo‘g‘in hosil qildiriladi. Bo‘g‘inga bo‘g‘in qo‘shib, so‘z hosil qilamiz.
Gap ustida ishlanadi. Ona, ana non gapi doskaga yoziladi. Nechta so‘z borligini bilish uchun gapning sxemasi tuziladi. Gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan yozilishi va oxiriga nuqta qo‘yilishi o‘rgatiladi.
Yozuv darslarida xilma-xil ish turlaridan foydalaniladi, sababi o‘quvchilar hali yozish malakasini hosil qilmaganlar. Shuning uchun ular tez charchab qoladilar. Ularning charchashiga, zerikishiga yo`l qo‘ymaslik uchun darslarda ish turlarini har 5-10 minutda almashtirib turish lozim. Masalan, 1-2 qator harf yozdirilgach, o‘quvchilarning qo‘li charchaydi. Shunda jismoniy daqiqa o‘tkazish lozim. So‘ng yana harf yoki so‘zni yozdirishda davom ettiriladi. Bunday dam olish daqiqalarini o‘yin tarzida o‘tkazish mumkin. Masalan, og‘zaki topshiriqlar aytib, dars samaradorligi oshiriladi. Shu tariqa, o‘quvchilar charchog‘i tarqaladi, diqqati to‘planadi, ish qobiliyati faollashadi:


  1. Download 1,18 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish