Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/61
Sana08.05.2021
Hajmi1,97 Mb.
#63850
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61
Bog'liq
issiqlik taminoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash

0
  desak,  ular  orasidagi 
bog‘lanish quyidagicha bo‘ladi:
  
                                         
o
m
m
Q
K
Q


                                              
(1.1)
 
Bunda,  
    K — atmosferaning tiniqlik koeffitsiyenti deyiladi. 
m-quyosh nuri о‘tadigan atmosfera massasining soni. 
Ma’lumki,  atmosfera  massasining  soni  quyoshning  gorizontal 
balandligiga  bog‘liq,  masalan,  α=  0  bо‘lganda  (quyosh  gorizontda)  m  =  1  ga 
teng bо‘ladi. α= 30° bо‘lsa, m = 2, α = 90° (quyosh zenitda) bо‘lganda m= 35,4 
va hokazoni tashkil etadi. 
Yer sirtining geografik kengligi, iqlimi, joylashishi va boshqalariga qarab 


 
15 
joylarda bulutli kunlar asosan to‘la bulutli kun, qisman bulutli kunga bo‘linadi. 
Geliotexnika  nuqtai  nazaridan,  gelioqurilmalar  u  yoki  bu  joyda  ochiq  va 
yarim  ochiq  kunlarning  soni  320  va  undan  ortiq  bo‘lsa,  juda  yaxshi  samara 
beradi. 
O‘rta  Osiyo  respublikalarida,  jumladan,  O‘zbekistonning  janubiy 
rayonlarida shunday kunlar soni yiliga 315—330 ni tashkil etadi. 
 
Yoz  oylarida  gelioqurilmalarga  salbiy  ta’sir  etadigan  to‘rtinchi  omil 
chang-to‘zonli  shamoldir.  Birinchidan,  quyuq  chang-to‘zon  ko‘tarilganda 
quyosh  energiyasining  tiniq  yuzalarga  tushishi  kamayadi,  ikkinchidan, 
qurilmaning  yuzasiga  chang  o‘tirib  qoladi.  Chang  qatlami  esa  qurilma  ichiga 
quyosh energiyasi o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada qurilma xizmatchilarining 
ko‘p vaqti shishani tozalashga sarflanadi. 
Quyosh  energiyasidan  foydalanishda  sodir  bo‘ladigan  qiyinchiliklardan 
beshinchisi,  uning  sutka  davomida  o‘zgarib  turishidir,  ya’ni  gelioqurilmalar 
ichiga  kun  davomida  quyosh  energiyasi  o‘tib  tursada,  kechga  yaqin  energiya 
o‘tishi to‘xtaydi.  
Yil va sutka davomida quyosh energiyasi o‘zgarishi bilan bog’liq bo‘lgan 
kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari asosan quyidagilar: 
a)  kunduzi,  quyosh  energiyasining  bir  qismini  ma’lum  bir  moslamalarda 
akkumulyatsiyalash  va  kechasi  undan  foydalanish,  b)  qurilmaning  issiqlik 
yo‘qotishini kamaytirib uni minimum darajaga olib kelish [44].  
   
Hozirgi  kunlarda  organik  yoqilg‘i  ashyolari  (neft,  benzin,  kо‘mir,  tabiiy 
gazdan)  foydalanishning  yana bir  salbiy  tomoni  mavjud. Bunga  benzin, kо‘mir 
va boshqalarni kо‘plab yoqish natijasida yer atmosferasi ifloslanadi.  
     Atmosfera  —  yerning  gazli  qobig‘i  bо‘lib,  uning  massasi  5,15∙10
15
 
tonnaga  teng,  asosiy  qismini  esa  azot  va  kislorod  tashkil  etadi.  Yer 
atmosferasida  azon  va  karbonat  angidrid  gazi  kam  miqdorda  bо‘lsa  ham, 
ularning  yer  sirtidagi  tirik  organizmga  ta’siri  kuchli.  Masalan,  azon,  karbonat 
angidrid  gazi  organizmga  zararli  ta’sir  qiluvchi,  quyoshdan  kelayotgan 
ultrabinafsha  nurlarning  katta  qismini  yutadi.  Ikkinchi  tomondan  azon  yer 


 
16 
sirtidan tarqalayotgan infraqizil nurlarni yutadi, natijada atmosfera yerni keskin 
sovib ketishiga yо‘l qо‘ymaydi, ya’ni atmosfera «parnik» effektini beradi.  
Havoning  eng  muhim  tarkibiy  qismi  bо‘lgan  kislorod  inson  hayotida 
muhim  ahamiyatga  ega.  Odamda  kislorod  yetishmaganda  nafas  olishi,  qon 
aylanishi tezlashib, yomon oqibatlarga olib keladi. 
Sayyoramizdagi  о‘simliklar  dunyosi  yiliga  150  milliard  tonna  karbon 
gazini о‘zlashtirib, atmosferaga 25 milliard tonnadan ko’proq kislorod yetkazib 
beradi. 
Yashil  о‘simliklar  havo  muhitini  tozalovchi  tabiiy  qurilmadir.  Ular 
havodagi  changning  tо‘rtdan  uch  qismini  tutib  qoladi  hamda  sulfit  gazining 
uchdan ikki qismini yutadi. Inson hayoti davomida kislorod yutib, uning о‘rniga 
karbonat  angidrid  chiqaradi.  О‘simlik  esa,  insonning  aksi  о‘laroq  karbonat 
angidrid  yutib,  kislorod  chiqaradi.  Shuningdek,  о‘simliklar  mikroiqlim 
yaratishda  ham  katta  rol  о‘ynaydilar,  chunki  harorat  atrof-muhitga  nisbatan  15 
foizga  farq  qiladi.  Binobarin,  biz  yashil  о‘simliklar  haqida  qayg‘urar  ekanmiz, 
bir  vaqtning  о‘zida  о‘zimiz  yashaydigan  joyning  atmosferasining  sifatini  ham 
yaxshilaymiz. 
Atmosferaning  ifloslanishi  deganda  havoning  tarkibidagi  kislorod,  azon, 
karbonat  angidrid  gazi  va  boshqa  zararli  gazlarning  zarrachalarini  kо‘plab 
aralashuvini ham tushunamiz. 
Asosan  toza  havoni  bulg‘anishining  sabablaridan  biri  avtotransport 
hisoblanadi.  Bundan  bir  necha  yillar  ilgarigi  ma’lumotlarga  kо‘ra,  butun 
dunyodagi shaxsiy avtomobillarning soni 280 millionta bо‘lgan. Aniqlanishicha 
faqat  200  million  avtomobil  har  yili  atmosferaga  200  million  tonna  karbon 
oksidi  va  20  million  tonna  azot  oksidi  chiqarib  tashlaydi.  Hozirgi  kunda 
bularning miqdori yanada oshgan. 
Katta  shaharlarda,  masalan,  Tokioda  havoning  kо‘chalarda  ifloslanishi 
shu  darajaga  borib  yetdiki,  chorrahada  turuvchi  boshqaruvchilar  oksigen 
maskasini kiyib  turadigan  bо‘ldilar, unda  ham  faqat  ikki  soatgina, ikki soatdan 
keyin esa о‘rin almashadilar. Avtomobilning ishlash paytida chiqadigan karbon 


 
17 
oksidi,  karbonat  angidrid  gazi  havoga  nisbatan  og‘irroq  bо‘lgani  uchun,  ular 
doimo  yer  yuzasi  yaqinida  tо‘planadi.  Karbon  oksidi  qondagi  gemoglobinlarga 
qо‘shilib, ularning harakatiga tо‘sqinlik qiladi. 
Gaz  tarkibidagi  akrolen,  formaldegid,  tetraetil-surroshinlar  ham  kishi 
uchun organizmga zararlidir. 
Atmosfera  xavosini  ifloslanishining  sabablaridan  yana  biri  issiqlik 
elektrostansiyalari  va  qozon  qurilmalaridir.  Yoqilg‘i
 
tо‘la  yonganda  chiqarib 
tashlanadigan  zararli  maxsulot  —  oltingugurt  oksidi  va  kul  hisoblanadi.  Chala 
yonganda — karbon oksidi, karbonlar, qurum hosil bо‘ladi. 
Issiqlik  elektrostansiyalaridan  ham  chiqarib  tashlanadigan  zararli 
moddalarning miqdori katta. Masalan, oyiga 51 ming tonna ko’mir sarflaydigan 
elektrostansiya  qozonidan,  har  kuni  33  tonna  oltingugurt  angidridi  chiqadi, 
qulay  meteriologik  sharoitda  esa  50  tonna  oltingugurt  kislotaga  aylanadi,  shu 
bilan  birga  bu  qurilmadan  qо‘shimcha  xar  kuni  40—50  tonna  kul  chiqarib 
tashlanadi. Bu chiqarib tashlangan kul elektrostansiya atrofida 5 kilometr radius 
bо‘yicha tarqaladi. 
Uylarni  isitish  tizimidan  ham  kо‘plab  zararli  moddalar  chiqarib 
tashlanadi,  shuni  aytish  kifoyaki,  uning  yonishdan  qolgan  qoldiqlarida  30 
foizdan ortiq zararli modda bо‘ladi.  
Atmosfera  havosiga  tarqalgan  zararli  moddalarning  kishi  organizmiga 
ta’siri  bо‘yicha  bir  nechta  misol  keltirish  mumkin.  1948  yilda  AQSH  ning 
Donora  shtatida  qum  aralash  chang  yerga  tushib,  natijada  14  mingli  aholidan 
5910 kishi kasallanib, 20 kishi halok bо‘ldi. 
Yapon  olimlarining  aniqlashicha  havoda  sernistiy  gaz  kо‘p  bо‘lgan 
joylarda,  odamlar  bronxial  astma  bilan  ko’proq  kasallanadilar.  Yonishdan 
qolgan  maxsulotlarni  yer  yuzasiga  yaqinlashtirmaslik  uchun  truba  (quvur)larni 
juda baland qilib (250—320 m) joylashtiradilar. 
Shunday qilib yuqorida aytilganlardan organik yoqilg‘ilarni tejab sarflash 
va  yonishdan  hosil  bо‘ladigan  zararli  gazlarni,  zarrachalarni  ushlab  qolish 
muammosiga alohida e’tibor berish kerak. [37] 


 
18 

Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish