ularni qo‗llash neft qazib chiqarish ishining ajralmas qismi bo‗lib xizmat qiladi va
provardida neftberuvchanlikning ortishiga xizmat qiladi.
Qatlamga (uyumga) suv haydash natijasida uni ishlatishni davom ettirish va
shu yo‗sinda yuqori neftberaoluvchanlikka erishish tajribasi juda ham ko‗plab
variantlarga egadir. Dunyodagi mashhur gigant va katta konlar ushbu usul bilan
ishlatilgan va yaxshi natijalarga erishilgan. Mashhur sharqiy Texas (AQSh koni,
Kelli-Snayder koni (AQSh), Romashkino, Tuymazi, Ishimboyevo va boshqa konlar,
Kirko‗k (Iroq) va boshqa ko‗plab yirik konlarning ishlatilishi tarixi albatta suv
haydash bilan chambarchas bog‗langandir. 80-yillarda sobiq ittifoqda ishlatilgan
konlarning 80 % dan ortig‗ida suv haydash usuli qo‗llanganligi ma‘lum.
Shuni alohida qayd etish lozimki, neftberaoluvchanlikni oshirish maqsadida
qatlamga suv haydalar ekan, bu ish o‗zining mantiqan nihoyasiga yetishi lozim.
Ochiqroq fikr yuritadigan bo‗lsak qatlamga anchagina suv haydaganimiz tufayli unda
gidravlik daraja anchaga ko‗tariladi, suyuqlikning olinish darajasi ortishi imkoniyati
paydo bo‗ladi, lekin quduqlarning suvlanganlik darajasi ham ancha yuqori. Ushbu
sharoitda qatlamga ba‘zi hollarda suv haydashni kamaytirib yoki hatto to‗xtatib
qo‗yish hollari ham kuzatilgan. Yoki asbob-uskuna yo‗qligi tufayli qatlamdan jadal
suyuqlik olish imkoni bo‗lmaydi. Bu holatda qatlamdagi yuvilgan qatlamchalardan
neftni chiqarib olish imkoni qo‗ldan boy beriladi. Anchagina qoldiq neft mavjud
bo‗lganda qatlamga ko‗plab suv haydash, undan ko‗plab suyuqlikni chiqarib olishga
imkon beradi, chunki cho‘kma elektronasoslar yordamida 800-1000 m
3
/sut miqdorda
quduqdan suyuqlik chiqarilganda uning tarkibidagi neft miqdori ortishi va shunday
qilib ko‗plab qo‗shimcha neft olishga erishish mumkin. Demak,
neftberaoluvchanlikni oshirishning asosiy omillaridan biri qatlamdan jadal ravishda
suyuqlik olishdir. Bunda albatta eng kichik qatlamchalar hamda past
o‗tkazuvchanlikka ega bo‗lgan qatlam qismlari suyuqlik bilan yuvilish va ta‘sirdan
holi bo‗lmasligi kuzatiladi.
Ma‘lumki, 1 tonna olinadigan neftga aksariyat 3m
3
suv to‗g‗ri keladi, 1m
3
neftni olish uchun o‗rtacha 3-5 m
3
va hatto 10 m
3
suv haydashga to‗g‗ri keladi. Bu
miqdor juda katta bo‗lib, mabodo olinayotgan neftning yarmiga yaqini suv haydash
bilan erishilayotgan bo‗lsa yer shari bo‗yicha taxminan yiliga 6 mlrd m
3
ga yaqin
qatlam suvi olinadi va qatlamga 8-10 mlrd m
3
suv to‗g‗ri keladi. Albatta qatlam
suvlarini bir joyga joylash kerak, uni yoki oqar suvlarga qo‗shib yuboriladi, yoki
qatlamlarga (suvli qatlamlarga) haydashga to‗g‗ri keladi. Bunday hollarda tabiat va
atrof muhitni muxofaza qilish maqsadida bu suvlarni eng sodda holatda bo‗lsa ham
(yoki uni murakkab holatda tozalash uchun ko‗plab harajat qilish lozim bo‗ladi)
uning tarkibidagi eng zararli komponentlardan holi qilish lozim bo‗ladi, aks holda
agar u oqar suvlarga tashlansa suv ichida bo‗lgan barcha jonzot halok bo‗lishi, bu suv
boryotgan joydagi deyarli barcha o‗simliklar qurishi mumkin. Tabiatni muhofaza
qilish umumjaxon ahamiyatiga ega muammo bo‗lganligi uchun har
bir mutaxassis bu
ishga vijdonan yondashuvini taqozo qiladi.
Qatlamga haydaluvchi suvga qo‗yilgan talablarni bajarish - shart bo‗lgan
amallardan hisoblanadi, zero o‗sha vazifalarning qanchalik aniq bajarilishidagi
samara, neftberaoluvchanlikni oshirish ishlariga bevosita aloqador bo‗ladi. Yaxshi
tozalanmagan suvni aksariyat qatlam qabul qilmay qo‗yadi, bunda ba‘zan haydovchi
quduqlar tubi ifloslanadi, yoki qatlamda turli reaksiyalar sodir bo‗lib, unda tuzlarning
cho‘kishi natijasida qatlamning o‗tkazuvchanligi keskin kamayadi va natijada
qilayotgan ishimizdan salbiy samara olinishi mumkin.
Qatlamga suv haydash jarayonida ko‘p miqdorda suvni haydab berish, turli
nasoslar bilan ishlash, ularning ish uslublari, ularni yurituvchi kuchlari turli
bo‗lganligi, aksariyat elektr quvvati bilan ishlash alohida extiyotkorlikni va katta
tajribani talab qiladi. Shuning uchun ham bu ishga jalb qilinadigan kishilar mahsus
tayyorgarlikdan o‗tishlari taqozo qilinadi.
Qatlamni muhofaza qilish, tabiatni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza
qilish, insonni muxofaza qilish - bu har bir mutaxassisning qolaversa har bir
insonning muqaddas vazifasidir, shunday ekan inson tabiatning ajralmas bir qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: