Aqliy hujumni tashkil etish jarayonining tuzilishi
To‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoali AH
1. O‘qituvchi butun guruhga muammoli topshiriq beradi va uni hal etish bo‘yicha fikrlarni ifoda etishni taklif etadi. Qo‘yilgan muammoga taalluqli har qanday fikrni ifoda etish mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiradi. AH qoidalari bilan tanishadilar.
2. Fikrlar ifodalanadi, o‘qituvchi (assistent) esa ularni doskaga yoki flipchartga yozadi.
3. AH tugashi bilan: (1) fikrlar baholanadi va eng yaxshilari tanlanadi; (2) barcha yozilgan fikrlar taqdim etilgan muammoni konstruktiv qarorini ishlab chiqish maqsadida guruhlashtiriladi, toifalarga bo‘lib chiqiladi (Pinbord texnikasi, toifali jadvalga qarang).
Ommaviy AH
1. O‘qituvchi muammoni hal etishning bir nechta jihatlarini tayyorlaydi va katta qog‘ozga yozadi.
2. Barcha ishtirokchilar kichik guruhlarga bo‘lingandan so‘ng (5-6 kishi) ularga muammoni hal etishning bittadan jihati yozilgan varaqlar tarqatiladi.
3. 10-15 daqiqa ichida guruhlarda AH o‘tkaziladi va uning natijalari varaqga yoziladi.
4. Muammoni hal etish bo‘yicha taklif qilingan fikrlar guruhlar tomonidan namoyish etiladi.
5. Fikrni jamoali baholash amalga oshiriladi.
6. Muammoni hal etish bo‘yicha bildirilgan eng yaxshi fikrlar (variantlar) tanlanadi va ular asosida yagona fikr shakllantiriladi.
“KOMPYUTERGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH” FANIDAN
TEST SAVOLLARI
Dasturiy mexanizm asosida ishlaydigan boshqariladigan ikkilik axborotni tez qayta ishlashga mo‘ljallangan elektron va elektro-mexanik qurilmalar majmui nima deb ataladi?
Kompyuter.
Registr.
Tizimli blok.
Tezkor xotira.
Zamonaviy kompyuterlar ko‘rinishi jihatidan qanday sinflarga ajratiladi?
Ko‘p blokli kompyuterlar.
Monoblok kompyuterlar.
Portativ kompyuterlar.
Hamma javoblar to‘g‘ri.
Stol kompyuterlari deb qaysi turdagi kompyuterlarni aytish mumkin?
Monoblok kompyuterlar.
Statsionar kompyuterlar.
Transformerlar.
Noutbuklar.
Portativ kompyuterlar qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan: 1) ultrabuk; 2) netbuk, noutbuk; 3) smartfon; 3) stol kompyuteri; 4) transformer-planshet; 5) telefon?
1, 3, 4, 5.
1, 2, 4.
1, 2, 3, 5.
2, 3, 4, 5.
Kompyuterdagi axborotni chiqarish bilan bir vaqtda axborotni kiritish funksiyasini bajaruvchi muhit nima?
Interfeys.
Sensorli ekran.
Klaviatura.
Bunaqa muhit mavjud emas.
Matn ko‘rinishidagi ma’lumotlar va buyruqlarni kirituvchi qurilma?
Klavish.
Sichqoncha.
Klaviatura.
Interfeys.
Standart klaviaturalar nechta klavishdan iborat bo‘ladi?
101 ta.
103 ta.
108 ta.
98 ta.
Interfeys so‘zining ma’nosi?
Yuzma-yuz.
Aks ettir.
Ifodalamoq.
O‘zaro yuzma-yuz.
Kompyuterga matn va grafik ko‘rinishdagi axborotlarni kirituvchi hamda muloqot interfeysini qulay usulda amalga oshiruvchi qurilma?
Klaviatura.
Sichqon manipulyatori.
Monitor.
Ilovalar.
Monitorlar bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?
Qulayligi.
Shakli.
O‘lchami.
Ovoz imkoniyati.
Kompyuterdagi axborotni aks ettiruvchi qurilma?
Monitor.
Kaviatura.
Skaner.
Printer.
Monitorlar o‘lchami … larda ifodalanadi?
Santimetr.
Millimeter.
Dyum.
Metr.
Kompyuterning tizimli qurilmalari joylashgan metall quti nima deb ataladi?
Case.
HDD.
ROM.
Blok.
Tizimli blokda ushbu qurilmalardan qaysilari joylashgan: 1) elektr toki ta’minoti; 2) tizimli plata; 3) klaviatura; 4) sichqoncha; 5) HDD, CD-ROM; 6) portlar?
1, 2, 5, 6.
1, 2, 3, 4.
2, 3, 4, 5.
3, 4, 5, 6.
Qaysi turdagi disk ma’lumotlarini o‘chirib qayta yozish mumkin?
CD-RW, DVD-RW.
CD-ROM.
CD-R, DVD-ROM.
To‘g‘ri javob berilmagan.
Kompyuter texnik qismlarini tuzatish va uning ish qobiliyatini bir me’yorda saqlab turish uchun qo‘llaniladigan chora-tadbirlar majmui?
Elektr ta’minotini tuzatish.
Ta’minotni tashkil etish.
Mantiqiy qismlarga bo‘lish.
Texnik xizmat ko‘rsatish.
Kompyuterga texnik xizmat ko‘rsatishdan ko‘zda tutilgan asosiy vazifa va masad nima?
OS va amaliy dasturlar ish qobiliyatini tiklash.
Hujjatlar to‘plamini ishonchli saqlash.
Kompyuter texnik vositalarining ishlash faoliyati jarayonidagi ishonchliligini ta’minlash.
Tarmoq va kommunikatsiya qurilmalari ish qobiliyatini tekshirish.
Agar texnik xizmat ko‘rsatilgan kompyuter u yoki bu jihatdan davlat standarti bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga javob bermasa, unda kompyuter ... ?
Butunlay ishlamaydi.
Qayta ishlatilmaydi.
Office dasturlari ishlamay qoladi.
Foydalanuvchi uchun noxush holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Elektron hisoblash tizimlari uchun ularning texnik holati bo‘yicha necha xil tavsif qayd etilgan?
5 xil.
4 xil.
3 xil.
tavsifga ajratilmaydi.
Elektron hisoblash tizimlari uchun ishga yaroqsizligi bu … ?
Ishchanlik qobiliyatini tiklashning imkoni yo‘q.
Kelgusida ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lmagan obyekt.
Ishlab chiqilgan texnik me`yoriy ko‘rsatkichlarning to‘liq javob bera olmasligi.
Ishlab chiqilgan texnik me`yoriy ko‘rsatkichlarning hech bo‘lmasa bittasiga to‘liq javob bera olmasligi.
Kompyuterga texnik xizmat ko‘rsatish deganda amaliy jihatdan qanday amal(lar)ni tushunamiz?
Sozlash, ta’mirlash.
Tashxis qo‘yish.
Profilaktika o‘tkazish.
Barcha javoblar to‘g‘ri.
Kompyuter texnik holatining sifat jihatidan yomonlashuvi ... bilan talqin qilinadi?
Kompyuterning ishlamay qolishi.
Kompyuterning shikastlanishi.
Kompyuterda nuqson mavjudligi.
Barcha javob to‘g‘ri.
Kompyuterning ishchanlik qobiliyatining buzilgan, mavjud bo‘lmagan holati qanday holat hisoblanadi?
Kompyuterning ishlamay qolishi.
Kompyuterning shikastlanishi.
Kompyuterda nuqson mavjudligi.
Profilaktika o‘tkazish.
Hisoblash tizimlariga tegishli har bir qurilmaning qanday ishlayotganligi va qanday saqlanayotganligini tekshirib, nazorat qilib borish jarayoni nima deb ataladi?
Texnik holatni nazorat qilish.
Profilaktik xizmat ko‘rsatish.
Oddiy texnik xizmat ko‘rsatish.
Viruslardan himoya qilish.
Texnik nazorat qilish tadbirlari funksional jihatdan qanday tiplarga ajratiladi?
Yuqori va quyi.
Ichki va tashqi.
Texnik va oddiy texnik.
Tipga ajratilmaydi.
Tayinli vaqt oralig‘ida tekshiruv o‘tkazib borish asosida kompyuter texnik holatini muayyan muddatga sifatli saqlab turishga mo‘ljallangan chora-tadbirlar majmui?
Texnik holatni nazorat qilish.
Profilaktik xizmat ko‘rsatish.
Oddiy texnik xizmat ko‘rsatish.
Viruslardan himoya qilish.
Profilaktik xizmat ko‘rsatish tadbirlari funksional jihatdan qanday tiplarga ajratiladi?
Yuqori va quyi.
Aktiv va passiv.
Texnik va oddiy texnik.
Ichki va tashqi.
Kompyuter buzilmasadan avval uning xizmatini ma’lum muddatga cho‘zish amallari majmui?
Aktiv profilaktik xizmat.
Passiv profilaktik xizmat.
Texnik xizmat.
Oddiy texnik xizmat.
Kompyuterni tashqi salbiy ta’sirlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan amallar majmui?
Aktiv profilaktik xizmat.
Passiv profilaktik xizmat.
Texnik xizmat.
Oddiy texnik xizmat.
Kompyuter qurilmalari va qo‘shimcha ulanuvchi komponentalar faqat asbob-uskunalar va maxsus priborlar vositasida sozlashga oid amallar majmui?
Aktiv profilaktik xizmat.
Passiv profilaktik xizmat.
Texnik xizmat.
Oddiy texnik xizmat.
Kompyuterning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ishlayotganini tekshirib borish jarayoni nima deb ataladi?
Nosozlik.
Texnik xizmat ko‘rsatish.
Nazorat qilish.
Tashxis qo‘yish.
Kompyuterning ishlashini nazorat qilish mobaynida to‘plangan ma’lumotlar asosida aniq bir xulosa chiqarish jarayoni nima deyiladi?
Nosozlik.
Texnik xizmat ko‘rsatish.
Nazorat qilish.
Tashxis qo‘yish.
Kompyuter ichiga joylashtirilgan nazorat mexanizmi nima deb ataladi?
Nazorat qilish.
Texnik xizmat ko‘rsatish.
Avtomatik nazorat qilish.
Tashxis qo‘yish.
Avtomatik nazorat va tashxis jarayoni yagona sistema sifatida qanday nomlanadi?
Xatoliklarni topish sistemasi.
Texnik jarayon.
Nosozliklarni oldini olish.
Barcha javoblar to‘gri.
Kompyuterda yuzaga keladigan xatoliklar va ularning sababini aniqlab foydalanuvchiga oshkor etish funksiyasini bajaruvchi dasturlar nima deyiladi?
Nazorat qiluvchi dasturlar.
Tashxis qo‘yuvchi dasturlar.
Avtomatik nazorat qiluvchi dasturlar.
Antiviruslar.
POST dasturi yordamida kompyuterning qaysi komponentlari tekshiriladi: 1) operatsion sistema; 2) asosiy va periferiya qurilmalari; 3) mikroprotsessor; 4) ROM mikrosxemalari; 5) RAM; 6) HDD?
1, 2, 3, 4.
2, 3, 4, 5.
2, 3, 5, 6.
3, 4, 5, 6.
Tuzatib bo‘lmaydigan holatda topilgan har bir xatolik nima deb yuritiladi?
POST protsedura.
Fatal xatolik.
Error xatolik.
Xatoliklar.
Kompyuterdagi har bir mikrosxemagacha birma-bir tekshirib, xatolik yuzaga kelgan joylarni to‘liq aniqlab bervchi dasturlar?
Umummaqsadli tashxis dasturlar.
Keng tarqalgan dasturlar.
Foydalanuvchi ilovalari.
Nazorat qiluvchi dasturlar.
Tizimli dasturlar sinfiga kiruvchi eng muhim dasturlardan biri ... sanaladi?
Antivirus dasturlar.
Tashxis qo‘yuvchi dasturlar.
Drayverlar.
Texnik zimat ko‘rsatuvchi dasturlar.
Kompyuterning tashqi qurilmalarini boshqarish bo‘yicha operatsion sistema imkoniyatlarini kengaytiruvchi dastur nima deyiladi?
Antivirus dasturlar.
Tashxis qo‘yuvchi dasturlar.
Drayverlar.
Texnik xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar.
Kengaytirilgan xotirani boshqaruvchi va virtual qurilmalarni boshqaruvchi dasturlar ... turkumiga kiradi?
Antivirus dasturlar.
Tashxis qo‘yuvchi dasturlar.
Drayverlar.
Texnik zimat ko‘rsatuvchi dasturlar.
DOS imkoniyatlari BIOSni o‘zgartirmay turib yangi qurilmalar drayverlarini tizimga qo‘shish mumkin. Bunday drayverlarga ... deyiladi?
Rezident drayverlar.
Yuklanuvchi norezident drayverlar.
Norezident drayverlar.
Barcha javoblar to‘g‘ri.
Drayvderlarni o‘rnatish va o‘rnatilganlarni bekor qilish bilan bog‘liq amalllar ketma-ketligi qaysi kengaytmali maxsus axborot faylida saqlanadi?
.dll.
.zip, jpg.
.sys.
.inf.
Windowsda drayver-fayllar qanday kengaytmalarga ega?
.inf, .sys, .vxd.
.vxd, .sys, .drv.
.vxd, zip, .sys.
.sys, .zip, jpg.
Windowsga mo‘ljallangan drayverlar necha tipga ajratiladi?
5 ta.
4 ta.
3 ta.
2 ta.
32 razryadli rejimda ishlovchi operatsion sistemalar paydo bo‘lishi munosabati bilan yaratilgan drayverlar tipi?
Standart.
Virtual.
Yuklanuvchi.
Barcha javob to‘g‘ri.
Kompyuterning standart qurilmalari uchun xizmat qiluvchi drayverlar tipi?
Standart.
Virtual.
Yuklanuvchi.
Barcha javob to‘g‘ri.
Windows multimedia sistemasining paydo bo‘lishi munosabati bilan yaratilgan yangi tipli drayverlar nima deb ataladi?
Standart.
Virtual.
Yuklanuvchi.
Barcha javob to‘g‘ri.
Ishga tushirilganda xuddi .dll kutubxona singari o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi drayver turi?
Minidrayverlar.
Port-drayverlar.
Sinfli drayverlar.
Barcha javoblar to‘g‘ri.
Drayverlar tuzilishiga ko‘ra necha turga ajratiladi?
5 ta.
4 ta.
3 ta.
2 ta.
Kompyuterning dastur va ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlab qo‘yishga mo‘ljallangan qismi nima deb ataladi?
Registr.
Xotira.
Doimiy xotira.
Kesh xotira.
Kompyuterning xotira qurilmalari necha guruhga bo‘linadi?
2 guruhga: yumshoq va qattiq.
2 guruhga: ichki va tashqi.
3 guruhga: doimiy, tezkor va kesh.
Guruhga ajratilmaydi.
Mashina xotirasi uchun ularni xarakterlovchi asosiy kattaliklar qaysilar?
Razryadi va hajmi.
Yadroviyligi va razryadi.
Yadroviyligi va murojaat vaqti.
Hajmi va murojaat vaqti.
Mashina xotirasining hajmi qanday kattalikda o‘lchanadi?
Baytlarda.
Bitlarda.
Megapiksellarda.
Litrlarda.
Murojaat vaqti deganda nima tushuniladi?
Vaqt birligida unga yoziladigan, undan o‘qiladigan va unda qidiriladigan axborotlarning o‘rtacha miqdori
Unga joylashadigan axborotning maksimal miqdori
Sistemaning ishga tushish vaqti.
To‘g‘ri javob berilmagan.
Ichki xotira qurilmalariga qanday qurilmalar kiradi: 1) registrli xotira; 2) maxsus xotiralar; 3) magnit disklar; 4) kesh xotira; 5) tezkor xotira (RAM). 6) qattiq jismli yarimo‘tkazgichli xotiralar?
1, 2, 4, 5.
1, 4, 5, 6.
1, 2, 4, 5, 6.
1, 2, 3, 4, 5.
Tashqi xotira qurilmalariga qanday qurilmalar kiradi: 1) tezkor xotira (RAM); 2) flesh disk; 3) USB Hard Disk; 4) ROM; 5) Floppi-disk.
1, 2, 4, 6.
2, 3, 5.
2, 4, 5.
1, 2, 3, 4.
Ichki qattiq disk deganda nimani tushunasiz?
CD ROM orqali kiritiladigan disk.
USB kabel orqali kompyuterga ulanadigan disk.
Maxsus kabel orqali tizimli plataga ulanadigan disk.
O‘ziga ajratilgan port orqali ona plata (Motherboard)ga o‘rnatilgan disk (RAM).
Tashqi qattiq disk nima?
USB kabel orqali kompyuterga ulanadigan disk.
Maxsus kabel orqali tizimli plataga ulanadigan disk.
O‘ziga ajratilgan port orqali ona plata (Motherboard)ga o‘rnatilgan disk (RAM).
Flesh disk.
Floppi-disk(FD)lar yana qanday nom bilan yuritiladi?
Qattiq disklar.
Yumshoq disklar.
Yumshoq magnitli disk – YMD.
Qattiq magnitli disk – QMD.
Tuzilishiga ko‘ra floppi-disklar qanday bo‘ladi?
Magnit sirtlari yo‘l (track)deb ataluvchi konsentrik aylanalarga ajratilgan va har bir yo‘l sektor (sector)larga bo‘lingan.
Registrlarga ajratilgan
Bir necha aylana disklar ustma-ust taxlangan bo‘lib, ular metall qolipda saqlanadi.
To‘g‘ri javob berilmagan.
Qattiq magnitli disk deganda nima tushuniladi?
Tezkor hotira.
Vinchester.
Floppi-disk.
Yumshoq disk.
Vinchesterning inglizcha nomi?
Floppi disk drive(FDD).
CMOS RAM.
Hard Disk Drive (HDD).
SMART (Self-Monitoring Analysis and Reporting Technology).
Vinchester tuzilishiga ko‘ra qanday bo‘ladi?
Magnit sirtlari yo‘l (track) deb ataluvchi konsentrik aylanalarga ajratilgan bo‘ladi va har bir yo‘l sektor (sector)larga bo‘lingan bo‘ladi.
Bir yoki bir nechta alyuminiy qotishmalardan tayyorlangan disklar bitta o‘qqa mahkamlanadi va uferritlardan yasalgan magnit boshchalar (magnitniye golovki) bilan birgalikda germetik yopiq g‘ilofga o‘rnatiladi bo‘ladi.
MAGNIT sirtlari registrga ajratilgan bo’lib, registrlar sektorga ajratilgan bo’ladi.
To‘g‘ri javob yo‘q.
Vinchesterlar bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?
Axborot sig‘imining miqdori va axborotni uzatish (ishlash) tezligi bilan.
Registrlar soni va hajmi bilan.
Yadroviyligi va registrlar soni bilan.
Axborotni uzatish (ishlash) tezligi va registrlar soni bilan.
Qattiq disk birinchi marta ishlatilishidan oldin uni nima qilish kerak?
Defragmentatsiya.
Yangilash (obnovleniya).
Formatlash.
Texnik holatini tekshirish.
Diskni formatlash deganda nimani tushunasiz?
Yangilash (обновления).
uning sirtida axborotni yozish tuzilmasini hosil qilish jarayoni.
uni viruslardan tozalash.
To‘g‘ri javob yo‘q.
Qattiq disk uchun sig‘im formulasi qanday?
V = P × D × S × 512 (bayt).
V = C×H×S×512 (bayt).
P = V × D × S × 512 (bayt).
P = V×H×S×512 (bayt).
Qattiq diskka ko‘rsatiladigan xizmat turlari nechaga bo‘linadi?
3 ga.
2 ga.
4 ga.
Bo‘linmaydi.
Qattiq diskka mutaxassislar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga nimalar kiradi?
Operatsion sistemani o‘rnatish va keraksiz fayllardan tozalash.
Fizik jihatdan ichki shikastlanish holati bilan belgilanadi va u albatta remont qilish orqali bartaraf etiladi.
Mantiqiy bo‘laqlarga ajratish va birlashtirish.
Defragmentatsiya qilish va remont qilish.
Oddiy foydalanuvchilar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga nimalar kiradi?
Operatsion sistemani o‘rnatish va keraksiz fayllardan tozalash.
Mantiqiy bo‘laklarga ajratish va birlashtirish.
Defragmentatsiya qilish va remont qilish.
Barcha javoblar to‘g‘ri.
Mikroprotsessor tizimli blokning qaysi qurilmasida joylashgan?
Ta’minot blokida.
Ona platada.
Vinchesterda.
CD ROMda.
Mikroprotsessorning inglizcha nomi?
Hard Disk Driver (HDD).
Random Access Memory (RAM).
Read Only Memory (ROM).
Central Processing Unit (CPU).
Birinchi mikroprosessor nechanchi yilda qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan?
IBM firmasi tomonidan 1972-yilda.
IBM firmasi tomonidan 1978-yilda.
Intel firmasi tomonidan 1971-yilda.
Intel firmasi tomonidan 1978-yilda.
Ilk ishlab chiqarilgan mikroprosessor nechchi razryadli va qanday markada ishlab chiqarilgan?
16 razryadli, 8086 markada.
8 razryadli, 8008 markada.
4 razryadli, 4004 markada.
4 razryadli, 8008 markada.
Matematik soprosessor deb ataluvchi 8087 rusumli matematik amallarni tezlashtirishga mo‘ljallangan maxsus mikroprotsessorlar qachon ishlab chiqarila boshlandi?
1971-yildan.
1978-yildan.
1981-yildan.
1982-yildan.
1985-yilda Intel kompaniyasi o‘zining … nomli mikroprosessorlarini ishlab chiqdi.
80386 SX va 80386 DX.
80286 va 80287.
80486 va 80286.
80286 SX va80287 DX.
2000-yilga kelib mikroprosessorlardagi razryadlarlar soni nechaga yetadi?
8.
16.
32.
64.
2003-yili 64 razryadli mikroprosessorlar qaysi kompaniya tomonidan iste’molga chiqariladi?
Intel kompaniyasi tomonidan.
IBM kompaniyasi tomonidan.
Nvidia kompaniyasi tomonidan.
AMD kompaniyasi tomonidan.
Quyida keltirilganlar ichidan mikroprotsessorni xarakterlovchi asosiy kattaliklarni aniqlang: 1) takt-chastotasi; 2) yadrolar soni; 3) razryadliligi; 4) o‘rnatilgan kesh xotirasi; 5) soket (разъём); 6) tizimli shina chastotasi.
1, 2, 3.
1, 3, 4.
2, 5, 6.
barcha javoblar to‘g‘ri.
Kuler kompyuterga qanday maqsadda o‘rnatiladi?
Kompyuterning tez ishlashini ta`minlaydi.
Mikroprotsessorni sovitib turadi.
Kompyuter va foydalanuvchi o‘rtasidagi interfeysni ta`minlaydi.
Kompyuterga kelayotgan elektr manbaini barcha qurilmalarga taqsimlab beradi.
Kuler necha qismdan iborat?
2 ta: radiator va ventilyator.
2 ta: soket va chip.
3 ta: radiator, soket, xotira qurilmasi.
3 ta: radiator, ventilyator, soket.
Maxsus nazorat dasturlarining moslashtirilishiga ko‘ra, mikroprotsessor temperaturasi ko‘tarilib, ma’lum qiymatga yetgach kompyuter qanday holatga o‘tadi?
Qayta yuklanadi (перезагрузка).
Uyqu holati (сон)ga o‘tadi.
Kompyuter o‘chadi (выключить).
Kompyuter qulflanadi (блокировать).
Kulerda yuz beradigan nosozlik asosan uning qaysi qismidan yuzaga keladi?
Ventilyatoridan.
Radiatoridan.
Sovituvchi kremidan.
Uni boshqa qurilmalarga ulab turuvchi kabelidan.
Kompyuterning qurilmalar to‘plamiga nima deyiladi?
Dasturiy ta’minot.
Texnik ta’minot.
Operatsion sistema.
Yordamchi ta’minot.
Kompyuterga oldindan yozib qo‘yilgan va unga tatbiq etilgan dasturlar to‘plamiga nima deyiladi?
Dasturiy ta`minot.
Texnik ta’minot.
Operatsion sistema.
Servis dasturiy ta’minot.
Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti deganda nimani tushunasiz?
Kompyuterda nosozliklar yuzaga kelganda maxsus o‘rnatilgan dasturlar yordamida o‘zini-o‘zi qayta tiklash.
Kompyuterda axborotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan dasturlar jamlanmasi.
Kompyuterning asosiy va unga qo‘shimcha ulanadigan qurilmalar majmui.
Barcha javoblar to‘g‘ri.
Tizimli dasturiy ta’minot deganda nimani tushunasiz?
Kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi.
Amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi.
Kompyuterning apparat vositalari bilan yaqin aloqada bo‘lganligi tufayli uning bir qismi hisoblanadi.
Barcha javoblar to‘g‘ri.
Kompyuter bilan ishlashda foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etadigan va operatsion sistemaning imkoniyatini oshirishga qaratilgan dasturiy mahsulotlar yig‘indisiga nima deyiladi?
Texnik ta’minot.
Dasturiy ta’minot.
Servis dastur.
Tizimli dasturiy ta’minot.
Operatsion sistema uchun go‘yoki “sozlovchi” vazifasini o‘taydigan dasturlar qaysi dasturlar hisoblanadi?
Tizimli dastur.
Amaliy dastur.
Servis dasturlari.
Operatsion qobiqlar.
Utilitalar qanday vazifani o‘taydi?
Foydalanuvchiga asosan disklar va fayllar tizimi bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etadi.
Foydalanuvchiga sifat jihatidan yangi interfeysni taqdim etadi.
Turli viruslarni topadi va ularni davolaydi.
Disk va tezkor xotira qurilmalari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini tezlashtiradi.
Virus nima?
Internetga ulangan vaqtda undan keladigan har xil keraksiz ma’lumotlar.
Internet uchun aloqa vositasi.
Boshqa dasturlarga kirib olgan holda ko‘payib ketishga qodir bo‘lgan dastur.
Kompyuter uchun himoya vositasi.
Assembler nima, u nima maqsadda ishlatiladi?
U antivirus hisoblanib, kompyuterni viruslardan saqlaydi.
Mashinaga mo‘ljallangan dasturlash tili bo‘lib, mashina tilining simvolik ko‘rinishidir.
Tizimni boshqaruvchi amaliy dastur.
To‘g‘ri javob berilmagan.
Translyatorlar tarjima qilish usuliga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
Kompilyatorlar, assemblerlar, utilitalar.
Interpretatorlar, emulyatorlar, drayverlar.
Kompilyatorlar, interpritatorlar, emulyatorlar.
Utilitalar, drayverlar, assemblerlar.
Texnik xizmat ko‘rsatish dasturlari deganda nimani tushunasiz?
Kompyuterning hisoblash tizimida uchraydigan xatoliklar yuzasidan diagnostik tahlil va tuzatish faoliyatini yo‘lga qo‘yadigandasturiy apparat vositalari jamlanmasi.
Kompyuter bilan ishlashda foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etadigan va operatsion sistemaning imkoniyatini oshirishga qaratilgan dasturlar.
Kompyuterda axborotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan dasturlar.
To‘g‘ri javob yo‘q.
Operatsion sistemaga xizmat ko‘rsatish deganda qanday amallar tushuniladi: 1) OSni o‘rnatish; 2) OSga aynan mos keluvchi drayverlarni o‘rnatish; 3) OS fayllarini viruslardan himoya qilish; 4) OSni qayta o‘rnatish; 5) OS fayllarini qayta tiklash yoki OSni yangilash (обновление); 6) Windows brandmauerini ulab qo‘yish; 7) avtomatik yangilash (автоматическая обновления)ni ulab qo‘yish.
1, 2, 4, 6, 7.
1, 2, 3, 5, 6, 7.
1, 2, 3, 5, 6, 7.
1, 2, 3, 4, 5, 6, 7.
Turli axborotlar almashish maqsadida uzatish kanallari orqali o‘zaro bog‘langan kompyuterlar majmuiga nima deyiladi?
Global tarmoq.
Lokal tarmoq.
Kompyuter tarmog‘i.
Mintaqaviy tarmoq.
Uncha katta bo‘lmagan mamlakat shaharlari yoki viloyatlardagi foydalanuvchilarni birlashtiradigan tarmoq qaysi?
Global tarmoq.
Lokal tarmoq.
Kompyuter tarmog‘i.
Mintaqaviy tarmoq.
Net va Web tushunchalarining farqi nimada?
Net faqat off-line, Web esa on-line tarmoq.
Netda kompyuter texnik nuqtayi nazardan tarmoqda mavjud bo‘lgan boshqa kompyuter bilan bog‘langan bo‘lsa, Web esa informatsion nuqtayi nazardan Internetda e’lon qilingan hujjat tarmoqdagi bir nechta hujjatlar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi.
Net faqat on-line, Web esa off-line.
To‘g‘ri javob yo‘q.
Tarmoqqa xizmat ko‘rsatish deganda nimalar tushuniladi?
Tarmoq operatsion sistemasini o‘rnatish.
Foydalanuvchilarni registratsiyadan o‘tkazish.
Umumiy ruxsat resurslarini boshqarish.
Barcha javoblar to‘g‘ri.
“KOMPYUTERLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH” FANIDAN
Do'stlaringiz bilan baham: |