Bog'liq O'zbekiston tarixi. Milliy Istiqlol davri (Qamariddin Usmonov)
imkonini beradi“. I. A. Karimov. „Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog‘-Nukus
temiryo‘li bunyodkorlariga“ tabrigidan.
O‘zbekistonda yagona temiryo‘l tizimini barpo etishda yana bir
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on
temiryo‘li jadallik bilan qurilmoqda. Uzunligi 221 kilometrlik
mazkur yo‘lning asosiy qismi qulilib, ishchi poyezdlar qatnovi
boshlandi. Òermiz shahrida yangi vokzal, Òoshkentda vagonlarni
ta’mirlash zavodi qurilib ishga tushirildi. Amudaryo uzra 681
metrlik avtomobil-temiryo‘l ko‘prigi barpo etildi.
Mustaqillik yillarida Òoshkent metrosi qurilishi ham jadal
sur’atda o‘sdi. Òoshkent metrosi 30 yillik tarixga ega. 1971—
1977- yillarda Òoshkent metrosining Chilonzor yo‘nalishi,
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 6 6
1984—1991- yillarda O‘zbekiston yo‘nalishi qurilib ishga
tushirilgan edi.