193
bilan to’ldirishi va keyingi guruhga uzatishi lozim. Shu tarzda davom etib, xar
bir qog’ozda 12 tadan fikrlar mujassam bo’lgach, guruxlar bu fikrlarni tahlil
etib, guruxning bir umumlashtirilgan fikrini bildirishlari talab etiladi.
3. Shaxsning muloqotga kirishuvchanlik xususiyatini o’rganish bo’yicha
amaliy mashq uchun metodika:
Test. «Muloqotga kirishuvchanlik».
Quyida berilgan 16 savolga «ha», «yo’q», «ba’zan» deb javob bering:
Sizni amaliy uchrashuv kutmoqda. Uni betoqatlik bilan kutasizmi?
Sizni biror kasallik xoldan toydirmaguncha, vrachning oldiga borishni orqaga
suravermaysizmi?
Sizni biror mavzudagi axborot bilan yig’ilish, majlis va shunga o’xshash
tadbirda ma’ruza bilan chiqish topshirig’i xavotirga soladimi?
Sizga ilgari bormagan shahringizga safarga borib kelishni taklif etishdi. Shu
safarga bormaslik uchun bor imkoniyatni ishga solasizmi?
O’zingizdagi hissiy kechinmalar bilan kimlar bilandir o’rtoqlashishni yaxshi
ko’rasizmi?
Ko’chada sizga notanish odam biror iltimos bilan murojaat qilsa, sizning
g’ashingiz keladimi?
Siz «Otalar va bolalar» muammosi borligi va turli avlod vakillarining bir-
birlarini tushunishlari qiyinligiga ishonasizmi?
Tanishingizga bir necha oy avval olgan qarz pulini eslatishga uyalasizmi?
Oshxona yoki restoranda sizga yoqmaydigan taom berishdi, idishni chetga
surib, achchig’ingiz kelganini yashira olasizmi?
Begona odam bilan yolg’iz qolganingizda, u birinchi bo’lib gap boshlasa, Sizga
javob qaytarish malol keladimi?
Siz turli yerlarda odamlarning uzun navbatda turishganini ko’rsangiz, toqatingiz
toq bo’ladimi. Navbatda turib ko’tishdan ko’ra, o’z niyatingizdan voz
kechishni afzal ko’rasizmi?
Biror janjalli vaziyatni muhokama qilishi kerak bo’lgan komissiyaning a’zosi
bo’lishdan qo’rqasizmi?
Sizda biror adabiyot, san’at va madaniyat asarlarini baholashning sof individual
mezonlari bor va bu borada boshqalarning fikrini qabo’l qilmaysiz. Shundaymi?
Sizga juda tanish bo’lgan masala bo’yicha boshqalarning noto’g’ri fikrlarini
tasodifan eshitib qolsangiz, indamay qo’ya qolasizmi?
U yoki bu masalada yordam berishingizni so’rashsa, siz bundan og’rinasizmi?
O’z nuqtai nazaringizni og’zaki bayon etgandan ko’ra, uni yozma tarzda
ifodalashni afzal ko’rasizmi?
Endi ballarni hisoblang:
«ha» — 2 ball, «ba’zan» — 1 ball, «yo’q» — 0. Shu tarzda ballarni qo’shib
chiqqach, odamlarning qaysi toifasiga kirishingizni bilib olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: