Psixologiya va tarix. Psixologiya va tarix fanlarining uzviy bog‟liqligi ayniqsa,
mustaqillik yillarida tarixni xolisona o‟rganish va shu bilan birga inson shaxsining
madaniy-tarixiy shart-sharoitlarga bog‟liq tarzda rivojlanishi ayniyatini xalq ommasi
ongiga etkazishda namoyon bo‟lmoqda. Zero, inson ruhiyati va u vakil bo‟lgan millat
va elat psixologiyasi orqali tarixiy voqealarga baho berish milliy istiqlol g‟oyalarini
yoshlar ongiga singdirishning muhim vositalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |