Psixologiy asi


«Afaziyaning bu turida, aksincha, abstrakt


bet37/209
Sana16.03.2022
Hajmi
#494089
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   209
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

«Afaziyaning bu turida, aksincha, abstrakt
fikrlashdan aniq fikrlashga o ‘tishning buzilishi asosiy ahamiyatga ega»,
deb 
aytgan. A.R. Luriya 
«Amnestik afaziyada narsalaming nomini aytish va
hodisalarni ta 'riflashda bemor ongida mavjud bo 'Igan bir nechta so ‘z/ardan
keragini tanlab olish buziladi
», deb aytgan.
Sensor va akustik-mnestik afaziyadan farqli o'laroq, amnestik afaziyada 
so'zning boshini aytib yuborish yordam beradi. Nutqning nominativ 
funksiyasi buzilsa-da, boshqa funksiyalari - yozish va o'qish saqlanib 
qoladi. Amnestik afaziya alohida holda juda kam uchraydi va u asosan, 
akustik-mnestik yoki semantik afaziya bilan birgalikda kuzatiladi.
A grafiya
Eksner 1881-yili birinchilardan bo'lib bosh miyada alohida xat (yozish) 
markazi borligini aytib o'tgan. Ammo Vernike va Dejerin alohida xat 
markazi borligini inkor qilishgan. Agrafiya atamasi 1885-yili Benedikt 
tomonidan taklif qilingan bo'lib, yozishning buzilishi degan m a’noni 
anglatadi. Xenshen 1922-yili ikkinchi peshona pushtasining orqa qismi 
zararlanganda agrafiya kuzatilishini aytgan. Nelson (1946) yozish jarayoni 
(qobiliyati) ikkinchi va uchinchi peshona pushtalarining orqa qismi, burchak 
pushtasi va ulami bir-biri bilan bog'lovchi yo'llar zararlanishi hisobiga ham 
buzilishini ta’kidlab o'tgan. A.R. Luriya (1973) bosh miyaning ensa sohasi, 
pastki pariyetal va yuqori chakka pushtasining orqa qismlari zararlanganda
64


12-rasm. Bosh miya chap yarim sharining o‘choqli zararlanishlarida kuzatiladigan
neyropsixologik simptomlar; 1 - agrafiya; 2 - motor afaziya; 3 - sensor afaziya;
4 - amnestik afaziya; 5 - akalkuliya; 6 - aleksiya.
agrafiya kuzatilishini aniqlagan. Shuningdek, u afaziyalarda agrafiyaning 
o'ziga xos xususiyatlarini o'rgangan. 
1 2
-rasmda agrafiya, akalkuliya, aleksiya 
va afaziyalar kuzatiladigan sohalar ko'rsatilgan.
Afaziyalarda agrafiya kuzatilishining sababi qilib, so'zlarning tovush 
tarkibini tahlil qilish, kinetik va kinestetik asoslarining buzilishi 
ko'rsatiladi.
Yozish qobiliyatining shakllanishini o'rganadigan bo'lsak, dastlab 
yozish jaray on i og'zaki n u tq d an alohida rivojlana boshlab, faqat 
keyingina nutq bilan chambarchas bog'lanib ketadi. Yozish jarayoni va 
og'zaki nutqning kelib chiqishi, shakllanishi, kechishi, mazmuni va 
funksiyasi bo'yicha bir-biridan farq qiladigan tomonlari juda ko'pdir. 
Masalan, bola 2 yoshga yetganda og'zaki nutqqa ega bo'la boshlasa, 
yozishni, odatda, 5-7 yoshdan boshlaydi. O g'zaki nutq kattalar bilan 
m uloqot t a ’sirida rivojlansa, yozma nutq ongli ravishda o'rganish 
mobaynida shakllanadi. Avvaliga bola biror so'zni yozish uchun har bir 
harfning tovushini ajratadi, o'sha harfning tuzilishini ko'z oldiga keltiradi, 
yozadi va eslab qoladi. Yozish jarayoni bolaning miyasiga singgan sayin
65


yozishni ongli tarzda boshqarish zarur bo‘lmay qoladi va yozish borgan 
sayin avtomatlashib boradi va go'yoki «beixtiyoriy» jarayonga aylanadi. 
Buning natijasida xatning tuzilishi ham , bolaning husnixati ham 
o'zgaradi.
Yozma nutqning talaffuz etilmasligi emas, balki fikrlanishi uni og'zaki 
nutqdan ajratib turadigan asosiy jarayondir. Yozma nutqning o'ziga xos 
xususiyatlari bor. Yozma nutq og'zaki nutqqa qaraganda ixtiyoriyroqdir. 
Agar tovush og'zaki nutqda avtom atlashgan bo'lsa, odam yozishni 
o'rganayotganda o'sha tovushni maydalab, analiz va sintez qilib yozadi. 
Yozma nutq aniq maqsadga yo'naltirilgan ongli jarayondir. Yozma 
nutqni o'zlashtirish uchun asosiy ahamiyatga ega bo'lgan narsa - bu 
mustaqil nutqni egallash va anglashdir.
Og'zaki nutq, odatda, gapirish funksiyasini bajaradi, masalan, suhbat 
paytida. Yozma nutq - yozish orqali fikmi bayon qilish, yozish orqali 
boshqalar bilan muloqotda bo'lish vazifasini o'taydi. Agar yozma nutq 
mexanizmlarini tahlil qiladigan bo'lsak, yozish jarayoninining birinchi 
va asosiy tarkibi - bu so'zning tovushini tahlil qilish, y a ’ni so 'z 
tovushlaridan alohida fonemalarni ajrata olish demakdir; ikkinchidan, 
so'zdan ajratib olingan har bir tovushning harfmi tanish operatsiyasini 
am alga oshirish; uchinchidan esa har bir harfning optik tasavvuri 
grafikasini yaratish demakdir.
S o'zlarni tahlil qilish, akustik va kinestetik afferentatsiyalarga 
asoslanib tovushlarni ajratib olish va aniqlashtirishdan tashqari, har bir 
so'zda qaysi tovushni qanday tartibda joylashtirish ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bu esa o'z vaqtida tovushlarni qisqa vaqtli xotirada saqlashni 
talab qiladi. Faqat mana shu jarayonlar amalga oshgandan keyingina 
so'zdan ajratib olingan va aniqlangan tovush yozilayotgan harfga 
aylantirilishi mumkin. Bu murakkab jarayonda ko'ruv analizatorlari 
hamda fazoviy munosabatlarni idrok qilish ham muhim ahamiyatga ega.
Yozma nutq quyidagi bosqichlarni o'tadi:
1
) yozish uchun niyatning paydo bo'lishi;
2
) nima haqida yozish;
3) qanday yozish;
4) tovushni harfga aylantirish;
5) yozish jarayonini boshqarish bosqichi.
Yozayotganda tovushni harfga, o'qiyotganda esa aksincha, harfni 
tovushga aylantirish murakkab psixofiziologik jarayonlar hosilasidir.
Yozish jarayoni akustik, optik, kinestetik, kinetik, proprioretseptiv 
analizatorlarning birgalikda ishlashi hisobiga kechadigan jarayondir. 
Tovushlarni analiz qilish esa akustik va kinestetik analizatorlarning 
birgalikda ishlashi hisobiga amalga oshiriladi. Tovushlarni harflarga
66


aylantirish akustik, kinestetik, optik analizatorlar hisobiga, harflarni 
yozish esa optik, fazoviy va harakat analizatorlari hisobiga amalga 
oshiriladi. Demak, yozishning buzilishi miyaning peshona bo'lagi, uning 
mediobazal sohalari, chakka, pastki pariyetal va ensa sohasining oldingi 
qismlari zararlanganda kuzatiladi.
Shunday qilib, yozma nutq bosh miyaning umumiy funksiyasi bo'lib, 
u n u tq m ark a zlari zara rlan g an d a b uziladi. Y ozishni faq at nutq 
funksiyasiga yoki faqat harakat, yoki ko'ruv sistemasining vazifasiga 
kiritib bo‘lmaydi. Yozish murakkab neyropsixologik jarayondir.
Apraksiya

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish