“Men-
o’zimda”
deb ataladi.
Trening muloqotlarida yana bir umumiy jihat borki, bunda muloqot yoki
ishtirokchilari o‘rtasida samimiy, iliq munosabatlar o‘rnatilishi, ular bir-birlariga
ishonishlari lozim. Buning uchun boshlovchi o‘yin boshida shunday sharoit
yaratadiki, natijada ishtirokchilar bir-birlarini tanib, iliq munosabatlarga
moyillik sezishlari shart.
Shuningdek,mashg`ulotni katta, keng yaxshi shamollatish imkoniyatiga ega
bo`lgan shinam xonada o`tkazish lozim. Xonada ishtirokchilar soniga teng
miqdorda stullar bo`lishi kerak. Mashg`ulotda qulay, rohat baxsh etadigan,
ko`ngil (dil) ochadigan osoyishta, sokin sharoit yaratilgani yaxshi (ayniqsa,
dastlabki, mashg`ulotlarni o`tkazishda|, yarim qorong`ulik, muloyim) yaxshisi
lirik va minor ovozli| musiqa, derazalarga nozik, nafis pardalar tutilgani ma'qul
va hakazo.
Shunday qilib har bir ijtimoiy psixologik vaziyat, uning maqsadi va
boshlovchining niyatlariga qarab ishtirokchilarning fazoviy qay yo’sinda
40
joylashishlari, xonaning tuzilishi, jihozlarning joylashishi, xona va trening
ishtirokchilarining izoliyatsiyalanganligi ham trening samaradorligini belgilaydi.
2.Trening guruhining tuzilishi va trening guruhining psixologik o‘ziga
xosligi.
Treningning asosiy maqsadi shaxsni psixologik, ya’ni ruhiy jihatdan
erkinlikka chiqarish, unda tabiiy erkinlikni his etish, o’z guruhi va undan
tashqari munosabatga kirishish va aloqa o’rnata olishni shakllantirishdan
iboratdir. Trening har qanday guruhlarda olib borilishi mumkin, ya’ni turli yosh
davrlarida ( maktabgacha yosh davri, kichik maktab yosh davri, o’smirlik,
o’spirinlik, talabalik, kattalar va hakozolar), turli soha vakillari orasida
(o’qituvchi pedagoglar, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari, korxona ishchilari va
hakozolar), ijtimoiy mavqeiga ega shaxslar (rahbar xodimlar, ishchilar
kabi)o’rtasida.
Mashg’ulotni o’tkazish uchun albatta boshqaruvchi bo’lishi shart, chunki
treningni maqsadi va ijobiy natijasini aniqlash ma’lum dasturlar asosida olib
boriladi. Masalan, boshqa kishilarni va o’z-ozini tushuna olish, o’ziga baho
berish, atrofdagilarni tinglash va ularni idrok etish kabi ijtimoiy-psixologik
muammolar shakllantiriladi.
Ijtimoiy
psixologik
trening
maqsadi
va
vazifasiga
asoslanib,
murakkablashtirib
yoki
soddalashtirilib
tashkillanadi.
Ishtirokchilarning
faoliyatiga qarab, mashg’ulot tarkibiga rolli, harakatli o’yinlar, munozarali
bahslashuvlarni kiritish mumkin. Ayniqsa, axloqiy-ma’naviy mavzulardagi
muammolarni hal qilishda munozaraning roli katta. Bunday sharoitda
bahslashuvchilarning yetuklik darajalari, axloqiy qadriyatlarni anglash
darajalari katta ahamiyatga egadir. Axloqiy-ma’naviy masalalar yuzasidan
munozarani tashkil etuvchi shaxsga alohida talablar qo’yilishini ta’kidlash kerak.
Chunki u bahslashuvchilarga hech qanday tazyiq ko’rsatmasligi, har bir
shaxsning erkin fikr bayon etishiga yo’l qo’ygan holda ular fikrlarining
tamoman zidlashib ketishiga yo’l qo’ymasligi, munozaradan kelib chiqadigan
xulosani va qarorni guruhning o’ziga havola qilish lozimligini unutmasligi zarur.
Bu usul maktablarda, turli bilim maskanlarida, mahalla qo’mitalari ish
faoliyatida, turli maslahat shahobchalari, o’smir va o’spirinlar tarbiyasi borasida
keng qo’llanishi mumkin.
Katta guruhlarda bahs yoki munozara uyushtirilganda, boshlovchining roli
ayniqsa kattadir. Chunki u har bir guruhdagi tortishuvlar va fikr
almashinuvlarning boshida turmog’i, kerak bo’lsa, ular faoliyatini maqsadga
muvofiq tarzda yo’naltirib turmog’i lozim. Kichik guuhdagidan farqli o’laroq,
katta guruhlarda boshlovchi u yoki bu ichki guruhga yon bosmasligi yoki ularni
41
o’zining shaxsiy fikriga majburan ergashtirmasligi kerak. Aks holda, u o’zining
faoliyati bilan boshqalar tashabbusiga salbiy ta’sir ko’rsatishi va bahsning
yo’nalishini buzib qo’yishi mumkin. Shuning uchun katta guruhlarda
uyushtiriladigan munozaraning mavzusi oldindan tanlangan va unga
boshlovchi ma’lum ma’noda tayyor bo’lishi shart.
Shu o’rinda, treningni uyushtirishda quyidagi keltirilgan tavsiyalarni
nazarda tutish maqsadga muvofiq:
Har kim o’zining shaxsiy ichki siqiqligini yengish va barcha
ishtirokchilarning ko’zlariga to’g’ridan to'g’ri qarash.
Trening davomida yaxshi qulay vaziyat yaratish.
Treningning muvaffiqiyati boshqaruvchidan katta psixik intellektual
va tashkiliy kuch sarflashni talab qilish.
Mashg’ulotni katta, keng, yaxshi shamollatish imkoniyatiga ega
bo’lgan xonada o’tkazish lozim va qulay roxatbaxsh etadigan ko’ngil
ochadigan muloyim derazalarga nafis pardalar bo’lishi kerak.
Har bir ishtirokchi o’yinini tayyorgarliksiz bajarish shart.
Trening boshlashda avval o’zining chaqiruv ya'ni karton qog’ozlari
yozish va berish kerak.
Munozaralar yuritishning yana bir shakli borki, uning nomini rus tilida
“mozgovaya ataka”, inglizchasiga –“breynshtorming” ( brain storming) deb
ataladi. Bizning tilimizda bu tushunchaning aniq analogik tarjimasi yo’q, lekin
uni “miyaga hujum” yoki “fikrlar to’qnashuvi”, “fikrlar jangi” deb atash
mumkin. Metodning psixologik mohiyati shundaki, oddiy munozarada
bahslashuvchilar koproq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar.
Bunda esa bahslashuvchilarga miyaga qanday fikr quyilib kelsa, uni tanqidsiz
va asoslamay erkin, “tilga nima kelsa” aytish imkoniyati beriladi. Bu narsa
ko’proq muammo ancha notanish, savol murakkab yoki noaniq bo’lgan
sharoitlarda qo’l keladi. Ya’ni, bunda “erkin assotsiatsiyalar”ga yo’l beriladi va
oxir oqibat guruhning ozi ma’lum ratsional “mag’zni” ajratib oladi.
Bu usulni birinchi marta amerikalik olim A. Osborn 30-yillardayoq taklif
etgan va yirik loyihalarni rejalashtirish va oldindan uning natijalarini bashorat
qilishda ma’lum yutuqlarni qo’lga kiritgan edi. Lekin keyinchalik mutaxassislar
uni faqat nostandart, o’ziga xos yechimi bo’lgan vazifalarni muhokama
qilgandagina qo’llash mumkin, degan fikrni bildira boshladilar. Biroq to’g’ri
tashkil etilgan breynshtormingning amaliy afzalliklari ko’p. Faqat bunda
quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
1.
Jumlalar juda qisqa bo’lishi kerak, lekin ularning asoslanishi shart emas.
42
2.
Har qanday jumla yoki fikr tanqid qilinishi mumkin emas, ya’ni fikrlar
tanqiddan holidir.
3.
Mantiqiy
fikrdan
ko’ra,
fantastik
yoki
qo’qqisdan,
tasodifan miyada paydo bo’lgan fikr muhimroq.
4.
Fikr yoki bildirilgan qisqa mulohaza qayd etiladi.
5.
Bildirilgan fikr yoki g’oyalar u yoki bu ishtirokchiniki, deb ajratilmaydi,
ya’ni ular - muallifsizdir.
6. Fikr
yoki
yaxshi
g’oyalarni
tanlash
alohida
“tanqidchilar” yoki guruhning norasmiy liderlari tomonidan amalga oshiriladi.
Breynshtorming, ayniqsa, 50-yillarda Amerika va Frantsiya davlatlarida
turli texnologik muammolarni hal qilishda keng qo’llanilgan va uning
natijalari ko’plab maqola va kitoblarda umumlashtirilgan. Lekin ommaviy
qo’llashda ayrim tortishuvlar paydo bo’ldiki, ayniqsa, yoshlar auditoriyasida uni
ishlatishdagi
noqulaylik
borligi
aniqlandi.
Ammo
baribir,
yuqorida
ta’kidlangandek, kishilarni faol ijtimoiy psixologik muloqotga tayyorlash,
nostandart muammolarni yechish va shaxsni umuman guruhga ko’niktirish
maqsadida undan foydalanish mumkin va bu jihatdan uning qator afzaliklari va
tatbiqiy ahamiyati mavjud.
Breynshtorming metodida o’qitishning faol uslubi sifati dars jarayonida ham
foydalanish mumkin. O’qitishning Yangi omilkor usullariga bo’lgan ehtiyoj kun
sayin ortib borayotganligi har bir pedagogdan izlanuvchanlik va yaratuvchanlikni
talab etadi. Fikrlar jangi maydoni metodining mohiyati shaxsda o’z-o’ziga
tanqidiy munosabat o’rniga, o’z-o’ziga ishonch va ijodkorlikni tarbiyalashdan
iborat, chunki o’ta tanqidiylik shaxsning ijodiy fikrlashiga to’sqinlik qilib uni
chegaralaydi. Ushbu usulda tandiqiylikni kamaytirish evaziga erkin ijodkor,
betakror bo’lish o’ziga va o’zga g’oyalarga tanqidiy qarashni yengish , o’z
qobiliyati va ichki imkoniyatlarini to’g’ri baholash kabi sifatlar shakllantiradi.
Shuningdek, guruhdoshlarni qo’llab-quvvatlash, o’zaro yordamlashish kabi ijobiy
fazilatlar singdiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |