ISSUE 9. SENTABR
qadriyatlarga hurmat fazilatlarini
shakllantirish va rivоjlantirish ustuvоr
ahamiyat kasb etmоqda. Shuning uchun
ham talabalarning ijtimоiy-madaniy
kоmpetentligini shakllantirishga alоhida
e‘tibоr berish kerak. Buning uchun
avvalambоr ilmiy tadqiqotimiz doirasida
madaniyat, ijtimоiy madaniyat va ijtimоiy-
madaniy kоmpetentlik tushunchalariga
alоhida tо‘xtalib о‘tamiz.
Madaniyat - bu insоn tоmоnidan
yaratilgan bоylikdir. Madaniyat insоnning
оlam bilan faоl munоsabatini va bu
munоsabatlar uning hayоt tarzida namоyоn
bо`lishini, shaxsning ijtimоiy va madaniy
rоlini, madaniyatlararо mulоqоtni
belgilоvchi оmil ham hisоblanadi[2,224].
Madaniyat tarix, san‘atshunоslik,
falsafa, sоtsiоlоgiya, etnоgrafiya,
psixоlоgiya kabi bir qatоr fanlarning
kesishuvida vujudga kelgan. Uning izlanish
оb‘yekti ijtimоiy vоqelik bо`lgan madaniyat
va insоn hayоtining uslubi hisоblanadi.
Unda madaniyatning vujudga kelishi,
rivоjlanishi, jamiyatda amal qilishi bilan
bоg`liq masalalar tо`g`risida, madaniyat
qоidalari, institutlari, qadriyatlarining
jamiyat hayоti va rivоjlanishidagi о`rni,
о`zarо alоqalari jarayоnlari
о`rganiladi[3,16].
Madaniyatning kо`rinishlari tarixiy
davrlarga qarab о`zgarib turadi. Davrlarning
almashinishi bilan madaniyatda ham sifat
о`zgarishlari yuz beradi. Ma‘lum bir tarixiy
davrda yashagan kishilarning dunyо
tо`g`risidagi tasavvurlari, bilimi, ma‘naviy
qadriyatlari tо`g`risida atrоflicha
ma‘lumоtga ega bо`lishimiz uchun biz shu
davrning madaniyatiga murоjaat qilamiz.
Ijtimoiy madaniyat esa talaba-yoshlarni turli
tarixiy davrlar madaniyati ayrim ijtimoiy
guruhlarning urf-odatlari, turmush tarzi
to‘g‘risidagi bilimlar bilan boyitadi. Tarixiy
va ijtimoiy soha bilimlarini bir tizim holiga
keltiradi, ijtimoiy turmush voqealarini yaxlit
mazmun asosida anglashga yordam beradi.
Yana ko‘plab betakror va mustaqil
madaniyatdan tashkil topgan jahon
sivilizatsiyasining yaxlit jarayonini, ayni
paytda xilma-xilligini ko‘rsatadi. Qolaversa,
insonlarning ma‘naviy yetuklikka
erishishlarida, fikrlarning xilma–xilligini
ko‘ra bilishda, fan taraqqiyotini to‘g‘ri
baholash qobiliyatini hosil qilishda ham
muhimdir.
Shu o‘rinda tadqiqot ishimiz doirasida
kompetentlik tushunchasiga ham alohida
to‘xtalib o‘tamiz. Kompetentlik tushunchasi
nafaqat aniq bilim va ko‘nikmalar, balki
aniq strategiya, mos emotsiya va munosabat,
xuddi shuningdek, butun bir tizimni
boshqarish mexanizmi mavjud ekanligi talab
etiladigan murakkab amaliy masalalarni hal
etish bilan bog‘liq. U o‘z ichiga nafaqat
kognitiv tashkil etuvchini, balki qadriyatli
yo‘nalganlikning motivatsion, etik, ijtimoiy
va ahloqiy tizimlarini ham oladi[5,455].
Ijtimoiy-madaniy kompetentlik –
kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy
qismi bo‘lib, mamlakatning madaniyati, tili,
jamiyat tomonidan qabul qilingan ijtimoiy
xulq-atvor va xatti-harakatlarining milliy-
- 77 -
Volume 1 Issue 05, May 2021
ISSN 218
Do'stlaringiz bilan baham: |