Перспективы вхождения узбекистана в


QASHQADARYO VILOYATIDA EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY



Download 7,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/195
Sana24.02.2022
Hajmi7,87 Mb.
#253520
TuriСборник
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   195
Bog'liq
халқаро анжуман 2020 БухДУ (2)

 
QASHQADARYO VILOYATIDA EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY 
YO’NALISHLARI 
M.Z.Xomidova - QarDU magistranti
 
Annotatsiya: maqolada Qashqadaryo viloyatida ekoturizmni rivojlantirishning ahamiyati 
hamda asosiy yo’nalishlari, viloyatdagi ekoturistik obyektlar va ulardan samarali foydalanish 
imkoniyatlari yoritilgan. 
Kalit so’zlar: ekologik turizm, agroturizm, ekotur, etnoturizm, gastronomik turizm. 
Аннотация: В статье освещены значение и основные направления развития экотуризма 
в Кашкадарьинской области, экотуристические объекты и возможности их эффективного 
использования.
Ключевые слова: экологический туризм, агротуризм, экотур, этнотуризм, 
гастрономический туризм. 
Annotation: the article covers the importance and main directions of the development of 
ecotourism in the Kashkadarya region, ecotourist objects in the region and opportunities for their 
effective use. 
Keywords: environmental tourism, agroturism, ecotourism, ethnotorism, gastronomic 
tourism. 
Bugungi kunning eng dolzarb muommalaridan biri bo’lgan pandemiya jahon iqtisodiyotining 
barcha sohalariga ayniqsa, turizm sohasiga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazdi. Pandemiya ommaviy 
tartibda xorijga sayohatni kamayishiga olib keldi va turizm sohasiga 2020 yilning dastlabki sakkiz 
oyida 730 milliard dollar miqdorda zarar keltirdi. Sayyohlar soni esa 70 foizga kamaydi
1
. Insonlarning 
tashqi turizmdan ko’ra ichki turizmga, ayniqsa, ekologik turizmga bo’lgan talabi birmuncha orta 
boshladi.  
Pandemiya sharoitida O’zbekistonda ekoturizm rivojlanishini jadallashtirish maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “O‘rmon to‘g‘risida”gi va “Muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlar to‘g‘risida”gi qonunlariga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritildi. Qonun loyihasida 
o‘rmon fondi yerlaridan samarali va oqilona foydalanish, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi 
tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga investision shartnomalar yoki davlat-xususiy sheriklik 
1
BMTning Jahon Turizm tashkilotini ma’lumoti 


145 
asosida yer uchastkalarini ijaraga berish masalalari qaytadan ko’rib chiqildi, buning natijasida o‘rmon 
fondi hududida rekretasion zonalar tashkil etish taomillari soddalashtiriladi, ekoturizmni rivojlantirish 
uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi
1
.
O’zbekistonning ekoturistik salohiyati nihoyatda katta bo’lib, uni jadal rivojlantirish uchun 
barcha imkoniyatlar mavjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ekoturizm taraqqiy etgan 
mamlakatlar tajribasiga tayangan holda oqilona foydalanish va ilmiy asosda amalga oshirish lozim. 
Vatanimizda ekoturizmni rivojlantirishning imtiyozli tomoni shundaki, sayohatlarni yil bo’yi tashkil 
etish mumkin. O’zbekiston dunyoda ekoturistik resurslar bilan ta’minganlik darajasiga ko’ra 15 
o’rinda turadi.
Respublikamizning barcha viloyatlari singari Qashqadaryo viloyatida ham ekoturizmni 
rivojlantirish uchun qulay sharoitlar mavjud bo’lib, amalda esa bu imkoniyatlardan to’liq 
foydalanilmayapti. Viloyatning 76,6 ming gektar hududini o’rmonlar tashkil etadi. Tabiiy florasi 1200 
ga yaqin yuksak oʻsimlik turidan iborat. Viloyat hududida 100 dan ziyod qush turi, sut 
emizuvchilarning 60 turi, sudralib yuruvchilarning 7 turi uchraydi. Demak, viloyatda noyob hayvonot 
va o’simlik dunyosi bilan tanishtiradigan maxsus turlar ishlab chiqish imkoniyati mavjud. 
Jumladan, viloyatda joylashgan Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi qulay sayyohlik 
imkoniyatlari jihatidan vatanimizning noyob, betakror o‘lkalaridan hisoblanadi. Qo‘riqxona hududida 
168 turdagi hayvonot dunyosidan 10 turi va 800 turdagi o‘simliklardan 23 turi O‘zbekiston 
Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan. Bu qo‘riqxonaning xalqaro miqyosdagi ahamiyati shundan 
iboratki, qo‘riqxona hududida xalqaro meridianning o‘tganligi haqida xalqaro belgi qo‘yilgan. Bu 
imkoniyatni reklama qilib xalqaro ekoturistlarni qo‘riqxonaga qiziqtirish mumkin
2

Hisor davlat qo‘riqxonasidagi o‘rmon, dala ekotizimlaridan ham ilmiy asoslangan holda 
turmarshrutlar yaratish, hamda bu yerning O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan 
oqtirnoq ayiq, ilvirs, Turkiston silovsini, eron qunduzi, sibir qo‘zisi, ilvirs, ular va qizil sug‘ur kabi 
noyob fauna va flora olamidan ekoturistik marshrutlarni reklamasida foydalanish imkoniyati mavjud.
Yuqoridagi tabiat obyektlariga turmarshrut orqali borish ham ekoturistlar uchun zerikarli 
bo‘lmaydi aksincha, tabiat landshaftlari, tabiiy mintaqalar o‘zgarib borganidan ekoturistlar ko‘z 
o‘ngida xilma-xil o‘simliklar dunyosi va hayvonot olami ham o‘zgarib boradi. 
Qashqadaryo viloyatida ekoturizm bilan birgalikda agroturizm, etnoturizm, qishloq turizmi va 
gastronomik turizmni ham rivojlantirish lozim. Qishloq joylaridagi o’ziga xosliklar: tandirda non 
yopish jarayoni, “xo’roz jangi”, qovun sayli, hosil bayrami, sumalak sayli, lola sayli va hokazo urf-
odatlarni o’z ichiga olgan ekoturlar sayyohlar tomonidan katta talabga ega bo’lishi mumkin.
Hozirda Kitob tumanidagi G’elon qishlog’ini ekoturizm markaziga aylantirish loyihasi amalga 
oshirilmoqda. Loyiha doirasida ushbu hududda ekologik soʻqmoqlar tashkil qilish, ot, eshak va 
kvadrotsiklda sayr qilish, funikulerlar qurish, togʻ changʻisi majmuasi, restoran hamda axborot 
markazi, muzey va mahalliy hunarmandchilik mahsulotlari sotish doʻkonlari barpo etish 
rejalashtirilgan.
Agroturizm tashkillashtirish maqsadida esa qishloqda dam olish uylari, sport majmualari, 
kamyob hayvonot va oʻsimlik turlarini saqlash uchun pitomniklar quriladi. Shuningdek, molxonalar 
hamda asal yetishtirish xoʻjaliklari tashkil etiladi. Bu yerda sayyohlar tuyalarda sayr qilish, koʻpkari 
oʻyinini tomosha qilish, meva terish, oʻt oʻrish kabi qishloq xoʻjalik ishlarida ishtirok etishlari 
mumkin boʻladi. 
Viloyatning boshqa o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan qishloqlarda ham ekoturlar 
ishlab chiqish, tabiiy quyosh energiyasidan foydalangan holda ekologik sof mahsulotlarni yetishtirish 
jarayonini shakllantirish, potensial talabga ega bo’ladi. 
1
https://uzbektourism.uz/uz/newnews/view?id=1111
 
2
R. XAITBOYEV. EKOLOGIK TURIZM (o‘quv qo‘llanma)Toshkent – «Barkamol fayz media» – 2018 


146 
Kitob, Shahrisabz va Dehqonobod tumanlaridagi shifobaxsh suv chashmalari atrofida 
sog’liqni tiklashga qaratilgan ekoturlar, Qarshi va Muborak cho’l hududlarida esa o’tovlarda yashash 
va tuyada sayohat qilish kabi ekoturlarni yaratish imkoni mavjud.
Ilmiy-ekologik ekskursiyalar, ya’ni bilishga qaratilgan yangi ekoturlarni esa Qamashi 
tumanidagi Katta Langar ota ziyoratgohida, Koson tumanidagi Husam ota majmuasida, G’uzor 
tumanidagi Hazrati Mirijanda ota majmuasida
tashkillashtirilsa turistlar nazaridan chetda qolmaydi. 
Xulosa qilib aytganda, viloyatning ekoturistik imkniyatlaridan foydalanish hudud ekoturistik 
holatini kerakli darajada saqlab qolish hamda va aholini barqaror daromad bilan taʼminlashga xizmat 
qiladi. 

Download 7,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish