Ish hajmini kengaytirish va mazmunini boyitish uslublari charchashning salbiy oqibatlari va ular bilan bog’liq mehnat unumdorligining pasayishiga barham beradi. Ishning zeriktirishini kamaytirish maqsadida ish hajmini kengaytirish buning bir vositasidir. Bu xodimga bir-biri bilan bog’liq xilma-xil vazifalarni o’z kasbiy malakasi darajasida hal etishiga imkoniyat yaratadi. Ish mazmunini boyitish katta malaka talab etadigan vazifalar qo’yish, qaror qabul qilish mas’uliyatini oshirish, ayrim tashabbuslarni ko’tarishda kenfoq erkinlik berishga asoslangan.
Ish hajmini kengaytirish va mazmunini boyitish natijasida xodimning ma’naviy holati yaxshilanishi uning shaxsiy (mehnat qilishga ichki qiziqish, ishdan qoniqish hosil qilish) va mehnat (yuksak sifatli mehnat samaradorligi) natijalari hamda qator salbiy holatlar (ishga kelmaslik, qo’nimsizlik) kamayishi tufayli ro’y beradi.
Ushbu uslub tamoyillari quyidagilardan iboratdir:
Har bir ish uni qiziqarli qiladigan bir necha jihatlarga ega bo’lishi lozim.
Ish topshiriqlari o’zaro bog’liq bo’lishi kerak. Bir ishni yakunlash ikkinchisini bajarishni osonlashtirishi darkor.
Ish chegaralarini tayyorlab qo’yilgan yoki yordamchi operatsiyalar hisobiga kengaytirish.
Bajarilayotgan ish - mahsulot yoki xizmat foydali bo’lishiga sezilarli hissa qo’shishi kerak. Bunday hissa kichik bo’lgan ish operatsiyalarini xodim o’z mehnat faoliyatida muayyan maqsadni his etadigan boshqa topshiriqlarga qo’shib yuborish lozim.
Bir turli ish operatsiyalari turli texnologiyalar yordamida bajarilishi mumkin. Bunda samaraliroq ish uchun qulay imkoniyatlardan foydalaniladi. Shu holda xodim bu bir turli ishni bajarishdan ham qanoat hosil qiladi.
Xodim uchun uning ishi qanday tashkil etilganligi, u qaysi sharoitda ishlashi, uning mehnati korxona faoliyatiga qanday ta’sir ko’rsatishi baribir emas. Partisiiativ - xodimni boshqaruvga jalb etish usuli muammoni hal etishda o’z fikriga ega bo’lish, tayyorlangan qarorga rozilik bildirish, umuman korxona va jamoa hayotida teng huquqlilik asosida ishtirok etishini ta’minlashni ko’zda tutadi.
Ushbu usul xodimlarning ijodiy faolligini oshirish, iste’dodli insonlarga o’z salohiyatlarini namoyon etish uchun hamma shart-sharoitlarni yaratish, shu bilan birga alohida xodimlar kuch-g’ayrati va intilishlarini jamoa yagona maqsadiga qo’shishni anglatadi. Buning eng yorqin misoli sifatida Yaponiya firmalarida keng qo’llaniladigan sifat to’garaklarini keltirish mumkin.
Partisipativ boshqaruvini rivojlantirish natijasida xodimlarning etukligi ortadi, amalga oshirilayotgan qarorlarning ta’sirchanligi kuchayadi, qarorlar va ularni amalga oshirish muammolari yaxshiroqanglab etilishi ta’minlanadi, xodimlarning xabardorligi ortadi, oddiy xodimlar va quyi bo’g’in rahbarlarining o’sishiga imkoniyatlar kengayadi, yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy etish samaradorligi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |