Davlat byudjetining ijtimoiy sohalarni saqlash va aholini ijtimoiy
qo’llab-quvvatlash xarajatlarining tarkibi
31
(jamiga nisbatan foizda)
Ko’rsatkichlar
Yillar
2012
2013
2014
2015
2016
2017
Ijtimoiy sohalarni saqlash va
aholini
ijtimoiy
qo’llab-
quvvatlash xarajatlari
100
100
100
100
100
100
Ta’lim
58,0
58,1
57,3
56,9
57,0
60,4
Sog’liqni saqlash
24,6
24,5
23,9
23,9
23,7
25,4
Madaniyat, sport
1,8
1,9
1,8
1,7
1,8
1,8
Fan
1,1
1,1
1,1
1,1
1,3
1,0
Ijtimoiy ta’minot
0,7
0,7
0,7
0,7
0,7
0,9
Oilalarga ijtimoiy nafaqalar
13,1
10,6
10,9
10,2
9,2
9,2
Qishloq
joylarda
uy-joylar
qurishni hamkorlikda moliya-
lashtirish uchun kredit liniyalari
-
2,5
4,0
4,3
5,5
1,3
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turganidek, davlat byudjeti xarajatlarida
ijtimoiy sohalarni saqlash va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlarining
salmog’i yuqori bo’lmoqda. Xususan, bu turkum xarajatlar 2012-2016-yillarda jami
byudjet xarajatlarining 58,9-59,2 foizini tashkil etgan. 2017-yilda ushbu xarajatlar
27119 milliard so’mni tashkil etgan va bu davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushining
60,4 foizi demakdir. Ushbu sohaga qilinayotgan xarajatlar nominal miqdorlarda,
shuningdek, umumiy xarajatlar salmog’ida ham ortib bormoqda. Ushbu
xarajatlarning tarkibi quyidagi jadvalda keltirilgan. Berilgan jadvalda O’zbekiston
31
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hisobot ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
30
Respublikasi davlat byudjeti tarkibida ijtimoiy ta’minot xarajatlarining 2012-2017-
yillardagi dinamikasi ko’rsatilgan. Ijtimoiy ta’minot xarajatlarining ulushi 2012 -
2016-yillarda barqaror saqlandi, davlat byudjeti xarajatlarining 0,7 foizni tashkil
qildi, 2017-yilda 0,9 foizga teng bo’ldi.
Mamlakatimizda davlat byudjetining ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlari jami
xarajatlarning 58-59 foizini tashkil qilsa-da, uning tarkibidagi bevosita aholini
ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlariga oxirgi yillarda davlat byudjetining o’rtacha
6,1-5,4 foizi yo’naltirilmoqda. Joriy yilda davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi sifat
jihatidan o’zgardi. Hozirgi paytda davlat xarajatlari tarkibida kuchli ijtimoiy siyosat
va aholini ijtimoiy himoya qilishni moliyalashtirish asosiy o’rin tutdi
32
.
Amaldagi qonunchilikka ko’ra fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari
tomonidan ishlamayotgan onalarga bolani ikki yoshga to’lgungacha parvarish qilish
bo’yicha har oylik nafaqa tayinlanadi va to’lanadi. Bola parvarishlash uchun nafaqa,
parvarishlayotgan bolalar sonidan va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan
qat’iy nazar, har oyda O’zbekiston Respublikasida o’rnatilgan eng kam ish haqining
200 foizi miqdorida to’lanadi. Aholining eng ijtimoiy muhofazaga muhtoj
qatlamlaridan biri – bu kam ta’minlangan oilalardir. Respublikada kam ta’minlangan
oilalarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida qator me’yoriy-huquqiy
hujjatlar qabul qilingan.
Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari orqali aholining ayrim
guruhlariga (nogironlar, yolg’iz pensionyerlar, pensiya tayyorlash uchun zarur stajga
ega bo’lmagan yolg’iz qari fuqarolar, etim bolalar, kam ta’minlangan oilalardagi
bolalar) qishki kiyim-kechak, o’quv qurollari bepul tarqatiladi, o’zgalar parvarishga
muhtoj bo’lgan yolg’iz qari fuqarolar patronaji amalga oshirilishiga yordam
ko’rsatiladi. Muhtoj fuqarolarning turarjoy-kommunal va boshqa xarajatlarini
qoplash bo’yicha choralar ko’riladi. Aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatishni
nomarkazlashtirish tajribasi O’zbekiston uchun xosdir. Mamlakatda ishlamayotgan
onalarni ijtimoiy himoya qilishga ham katta e’tibor beriladi.
32
Ботиров А., Юлдашева Н. Местные бюджеты. Учебно-методическое пособие. –
Ташкент: ТФИ, 2015. – С. 45-66.
31
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’lom ona va bola yili” Davlat
dasturi to’g’risida”gi 2016-yil 9-fevraldagi PQ-2487-son hamda “Aholining
hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini takomillashtirish
bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2499-son
qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek, nogiron bolalarning oilalarda va oila
sharoitlarida to’liq rivojlanishi, ularga kompleks tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2016-oktyabrdagi “Muruvvat” nogironlar bolalar uchun internat
uylar hamda boshqa tibbiy ijtimoiy muassasalar faoliyatini takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 347-son qarori qabul qilindi.
“Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uylar huzurida tasdiqlangan koyka fondi
doirasidagi bo’sh o’rinlar hisobiga ruhiy buzilishi namoyon yoki sezilarli namoyon
bo’lgan nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhlari tashkil etiladi.
Oilalarda yashaydigan, ruhiy buzilishi namoyon yoki sezilarli namoyon bo’lgan
nogiron bolalarga kompleks tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish va ular uchun o’quv-
tarbiya jarayonini tashkil etish “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uylar
huzuridagi nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhlarining asosiy
vazifalari etib belgilandi.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi chora-tadbirlar tizimida keksa
avlod vakillari, pensionyerlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ularning turmush
sharoiti va sifatini yaxshilash muhim o’rin tutadi. Harakatlar strategiyasida ham
nuroniylarni qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish, ularning madaniy hordiq
chiqarishiga va sog’liqlarini mustahkamlashga, keksalarning maishiy holatlarini
yaxshilash, ularning muammolarini o’rganish, mahallalarda istiqomat qilayotgan
ko’makka muhtoj keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar bilan bir qatorda,
“Muruvvat”, “Sahovat” uylarida yashovchilar holidan muntazam xabar olish, keksa
avlod vakillarini ma’naviy va moddiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator
chora-tadbirlar, ularni amalga oshirish uchun mas’ul tashkilotlar, bu ishlarni bajarish
uchun zarur mablag’lar va ularning manbalari ko’zda tutilgan.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |