Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari
www.ufrd.uz (O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi sayti).
22
yo’nalishlariga qo’shimcha ravishda Jamg’arma mablag’lari quyidagilar uchun
ishlatilishi mumkinligi belgilab berildi. Jumladan
22
:
– kelajakda, birinchi navbatda, qishloq hududlarida yangi sanoat ishlab
chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va
tiklash loyihalarini moliyalash maqsadida, shu jumladan, Davlat byudjeti
mablag’lari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish;
– iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta
jihozlash bo’yicha Hukumat tomonidan tasdiqlangan dasturlar doirasida, tijorat
banklarga xorijiy valyutada ochiladigan kredit liniyalar orqali investitsiya
loyihalarini jadal moliyalashtirishni ta’minlash;
– yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda
strategik ahamiyatga ega bo’lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga
muvofiq xarid qilish uchun Hukumat qarorlari bo’yicha imtiyozli kreditlar berish;
– yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning
bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega
bo’lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish;
– davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy
kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lash.
Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlarini jadal amalga oshirilishini ta’minlash,
shuningdek, tijorat banklari va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarning investitsiya
faolligini kengaytirish maqsadida
23
Jamg’arma mablag’lari hisobidan tijorat
banklarga kredit liniyalarini ochish tartibi, tijorat banklari tomonidan investitsiya
loyihalarini tanlash, investitsiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish va tasdiqlash
tartibi, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish tartibi hamda investitsiya loyihalari
22
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi 811-sonli “O’zbekiston
Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi faoliyatini yanada kengaytirish hamda
resurs bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori.
23
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 10-martdagi 61-sonli “O’zbekiston
Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi tomonidan investitsiya loyihalarini
birgalikda moliyalashtirish uchun tijorat banklariga kredit liniyalarini ochish tartibi to’g’risidagi
nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori.
23
monitoringi va nazorat qilish tartiblari ishlab chiqildi. Shuningdek, investitsiya
loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning namunaviy tarkibi hamda texnik-iqtisodiy
asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari tasdiqlandi.
Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash
jarayonlarini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va
taraqqiyot jamg’armasi rolini oshirish hamda ishtiroki ko’lamini kengaytirish,
mamlakat sanoatining etakchi tarmoqlarida va ishlab chiqarish infratuzilmasidagi
strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalash hajmlarini ko’paytirish
uchun Jamg’armaning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida
24
2012-2016-yillar
mobaynida O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ustav
kapitalini bosqichma-bosqich 15 mlrd AQSh dollariga etkazish belgilab olingan edi.
Bu esa, o’z navbatida, istiqbolda ushbu Jamg’armaning mamlakat iqtisodiyotni
modernizatsiyalashdagi rolini oshib borishini, Jamg’armaning resurs salohiyati
mustahkamlanayotganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: