Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


-rasm. Ish staji to‘liq bo‘lmagan vaqtda nogironlik pensiyasini hisoblash tartibi89



Download 2,13 Mb.
bet84/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

13.6-rasm. Ish staji to‘liq bo‘lmagan vaqtda nogironlik pensiyasini hisoblash tartibi89
Nogironlik pensiyasi – agar nogironlik belgilangan kundan boshlab oltmish kun ichida pensiya so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, TMEK nogironlikni belgilagan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun
nogironlik davri uchun tayinlanadi. 60 yoshdan oshgan erkak va 55 yoshdan oshgan ayol nogironlarga – nogironlik pensiyalari umrbod tayinlanadi. Ana shu nogironlarni qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi.
Nogironlik pensiyasini tayinlash masalalarini ko‘rib chiqish uchun Pensiya jamg‘armasi bo‘limida pensiya tayinlash bo‘yicha komissiya faoliyat ko’rsatadi.
Pensiyalarning bir turini olgan pensioner Qonunga muvofiq unga bo‘lgan huquq mavjud bo‘lgan taqdirda pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Buning uchun pensiyaning bir turidan boshqa turiga o‘tkazishda tayinlangan pensiyani to‘lash to‘xtatiladi va qonun hujjatlari bilan qo‘yiladigan talablarga muvofiq boshqa turdagi pensiya tayinlanadi.
Yoshga doir pensiyani nogironlik pensiyasiga o‘tkazishda yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ega bo‘lingan ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi hamda nogironlik pensiyasini hisoblash uchun o‘rtacha oylik ish haqi ilgari yoshga doir pensiyani tayinlashdan oldingi ishning oxirgi o‘n yilidan kelib chiqqan holda, nogironlik pensiyasini tayinlash vaqtida amalda bo‘lgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan pensiyani hisoblash uchun ish haqi va ish stajini hisoblash shartlari qo‘llangan holda aniqlanadi.
Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish rad etilgan taqdirda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay rad etish sabablari, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatilgan holda rad etish to‘g‘risida pensionerga xabarnomani berishi yoki yuborishi shart va bir vaqtning o‘zida pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish uchun taqdim etilgan barcha hujjatlarning asl nusxalarini hujjatlar olinganligi to‘g‘risidagi tilxat bilan pensionerning qo‘liga qaytarishi kerak.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin pensiyaning boshqa turini to‘lash pensioner barcha zarur hujjatlar bilan birga tegishli ariza bilan murojaat qilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlanadi. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tgan pensionerlarga yangi pensiya guvohnomasi yoziladi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish