Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


Byudjet Kodeksining davlat pensiya ta’minoti mablag‘larini boshqarish va tartibga solishdagi ahamiyati



Download 2,13 Mb.
bet35/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

4.2. Byudjet Kodeksining davlat pensiya ta’minoti mablag‘larini boshqarish va tartibga solishdagi ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Byudjet kodeksi”ga muvofiq28, O‘zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish va byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. O‘z navbatida, byudjet tizimi byudjetlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalaridan iborat. Davlat maqsadli jamg‘armalari tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar to‘lash, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan majburiy to‘lovlar, badallar, shuningdek boshqa manbalardan tushadigan mablag‘larni jamlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining yuqori boshqaruv organi Jamg‘armaning Kuzatuv kengashidir.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining daromadlari: yagona ijtimoiy to‘lovning belgilangan miqdordagi tushumlari; fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari; byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar; boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
Boshqa daromadlarga mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik tufayli tayinlangan nogironlik pensiyalarini to‘lash xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun taqdim etiladigan regress talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolar tomonidan o‘rni qoplanadigan mablag‘lar tushumining bir qismi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash hisobidan kiritiladigan mablag‘lari, yuridik shaxslarning imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash hisobidan kiritiladigan mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy tartibda to‘lanadigan sug‘urta badallari, majburiy to‘lovlar, badallar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun hisoblangan jarimalar va penyalar summasining bir qismi, mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan, kasb kasalligiga chalingan yoxud sog‘lig‘iga boshqacha shikast etkazilgan xodimga yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi), fermer va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda zararning o‘rnini qoplash uchun to‘lanadigan nazarda tutilgan mablag‘lar, vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirishdan olingan daromadlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining mablag‘laridan: pensionerlarga davlat pensiyalarini to‘lash va belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa xarajatlar uchun foydalaniladi.
Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihalari tushumlar manbalari bo‘yicha daromadlar va yo‘nalishlar bo‘yicha xarajatlar prognozidan tarkib topadi. Davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Byudjetnoma — erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini nazarda tutadigan hujjat bo‘lib, ushbu yo‘nalishlar asosida Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihalari shakllantiriladi. Byudjetnoma:

  • mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosini;

  • Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini;

  • Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;

  • soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihasini;

  • Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari

byudjetlarining loyihasini;

  • davlat qarzining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;

  • soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasiga doir tushuntirish xatini o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari navbatdagi yil uchun Davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini qabul qiladi.
Davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasi davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini oluvchilar tomonidan ularning bir yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida oyma-oy bo‘lingan holda tuziladi va tasdiqlanadi. Davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasining va unga doir ilovalarning shakllari, shuningdek smetani tuzish tartibi davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan tasdiqlanadi. Davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalarini tasdiqlash joriy yilning 10 martidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari bo‘yicha tasdiqlangan xarajatlar smetalarini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan joriy yilning 1 aprelidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi: byudjet tasnifiga muvofiq tuzilgan daromadlar va xarajatlar prognozi ularning tasdiqlangan parametrlariga muvofiqligini; daromadlar va xarajatlar parametrlari ijrosining monitoringini ta’minlash maqsadida tuziladi.
Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining daromad qismi tegishli byudjet daromadlarining byudjet tasnifiga muvofiq oyma-oy bo‘lingan yillik hajmlaridan tashkil topadi.
Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining xarajat qismi tegishli byudjet xarajatlarining moliya yili uchun tasdiqlangan jamlanma xarajatlar smetalari xarajatlar smetalari asosida tuziladigan, byudjet tasnifiga muvofiq oyma-oy bo‘lingan yillik hajmlaridan tashkil topadi. Daromadlar va xarajatlar yoyilmasi Pensiya jamg‘armasi bo‘yicha — davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan tuziladi.
Byudjet jarayonida davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining tumanlar va shaharlar byudjetlari bilan o‘zaro munosabatlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining xarajatlariga davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining tasdiqlangan parametrlariga nisbatan ularning xarajatlarini 10 va undan ortiq foizga ko‘paytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutadigan o‘zgartirishlar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining xarajatlariga ularning tasdiqlangan parametrlariga nisbatan 10 foizdan kam ko‘paytirish yoki kamaytirishni nazarda tutadigan o‘zgartirishlar kiritish davlat maqsadli jamg‘armalari taqsimlovchi organlarining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining xarajatlarini ularning tasdiqlangan parametrlariga nisbatan ko‘paytirish ularni qoplash manbalari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining xarajatlariga ularning tasdiqlangan umumiy parametrlarini ko‘paytirmasdan yoki kamaytirmasdan o‘zgartirishlar kiritish davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra amalga oshiriladi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng hisobot yili uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish