125 - bozor iqtisodi munosabatlari sharoitida yuqori malakali kadrlar tayyorlash
tizimi uchun kо‘p bosqichli ekologik kо‘nikma va malakalarni shakllantirish
parametrlarini asoslash;
- bozor iqtisodi sharoitida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun
nazariy fanlar hajmida ekologik bilim va kо‘nikmalarini shakllantirishning iqtisodiy
mezonini ishlab chiqish;
- bozor iqtisodi munosabatlari qaror topgan iqtisodiy sharoitida yuqori
malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun amaliy fanlar hajmida ekologik bilim va
kо‘nikmalarni shakllantirishning kompleks о‘quv rejasini kо‘p parametrli
eksperiment tajribalari asosida ishlab chiqish;
- bozor iqtisodi munosabatlari yetakchilik qilayotgan bir sharoitda yuqori
malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun nazariy fanlar hajmida iqtisodiy bilim va
kо‘nikmalarni shakllantirishning kompleks rejasi hamda о‘quv dasturlarini ilmiy
asosda ishlab chiqish;
- amaliy tayyorlash jarayonida qatnashadigan fanlarning hajmida iqtisodiy
bilim va kо‘nikmalarni shakllantirishning kompleks ishchi dasturlari
parametrlarini asoslash;
- bozor iqtisodi siyosati yetakchiligi ostida doimo rivojlanishda bо‘lgan
mahalliy ishlab chiqarish haqidagi bilim va kо‘nikmalarning nazariy shakllarini
о‘qitishga tatbiq etishning samarali mezonini ishlab chiqish;
- xususiylashtirishga asoslangan bozor iqtisodi sharoitida amaliy fanlar
hajmida mahalliy ishlab chiqarishga taalluqli bilim va kо‘nikmalarni
shakllantirishni nazarda tutgan holda ishchi dasturlarni ilmiy asosda ishlab
chiqish;
- amaliy о‘qitishning о‘quv xonalari tizimini muvofiqlashtirishning
mezonlarini asoslash va boshqalar о‘ta muhim sanaladi.
Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi yetishtirib bergan intellektual
mahsulot sifatiga ijobiy ta’sir qiluvchi kompleks uslubiy tadbirlarni tashkil etishga
qaratilgan darsdan tashqari olib boriladigan ta’lim jarayonini muvofiqlashtiruvchi
yo‘nalishining amalga oshiruvchi tayyorlash jarayonining tizimli funksiyasini
shakllantirish; talabalar konstruktiv uyushmalari, keng qamrovli ilmiy faoliyatga
yо‘naltirilgan talablar ijodiy tо‘garaklarini tashkil qilish va kо‘rik hamda
olimpiadalarni tashkillashtirish va о‘tkazish tizimni takomillashtirishning eng
muhim shartlaridan biri sanaladi. Bu boradagi muammo va yechimlar, bizningcha,
quyidagi qator yо‘llar orqali о‘z yechimini topadi:
- xususiylashtirish munosabatlari chuqurlashib borayotgan sharoitda yuqori
malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun talabalar konstruktiv uyushmasini ilmiy
tashkil qilishning uslubiy kompleks reja parametrlarini asoslash va tanlash;