Pedagogika kafedrasi o’quv-uslubiy majmua


Konfliktdagi agressiya va zo‘ravonlik



Download 4,71 Mb.
bet42/232
Sana20.06.2022
Hajmi4,71 Mb.
#686445
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   232
Bog'liq
Pedagogika kafedrasi o’quv-uslubiy majmua

Konfliktdagi agressiya va zo‘ravonlik. Konflikt vaziyatlarda ko‘pincha agressiya va zo‘ravonlik uchrab turadi. Agressiya va zo‘ravonlikni konflikt yechimi sifatida qo‘llash hollari mavjud. Ba’zilar tahdid qilish, shantaj, zo‘ravonlikka o‘tish orqali ziddiyatni yechish mumkin deb hisoblaydi. Ammo bu noto‘g‘ri qarash. Zo‘ravonlik konflikt yechimi bo‘la olmaydi, u konfliktni zo‘ravonlik va agressiyaga to‘qnash keltirish degani xolos. Konfliktni zo‘ravonlikdan olib chiqib ketish va uni gumanistik talablar asosida muammoga qaratish, natijada muammoni yechish – konflikt yechimi topildi degani bo‘ladi. Zo‘ravonlik o‘z kuchini muammoga qaratmagani, shu bilan birga, insonlar hayotiga havf tug‘dirgani sababli konfliktning yechimi bo‘la olmaydi. Aslida, zo‘ravonlik konfliktni juda ham chuqurlashtirib yuboradi. Zo‘ravonlik tomonlarni hech vaqt bir-biriga yaqinlashtirmaydi, balki uzoqlashtiradi xolos.
Xitoy faylasuflaridan Lao-Szi bu haqida shunday degan: “Ariqlar va daryochalar o‘z suvini dengizga dengiz poyidan pastroq bo‘lganliklari uchun beradilar. Odamlar ham, o‘zini ulug‘vorlik bilan tutishlari uchun, o‘zini boshqalardan pastroq tutishi kerak”. Chunki Budda ta’limotida ta’kidlanganidek, “Haqiqiy g‘alaba, hech kim o‘zini mag‘lub etilgan deb hisoblamagan holatdagi g‘alabadir”.9
Shoir Lev Tolstoy esa, “G‘azabda boshlangan narsa, odatda, uyatda tugaydi”, - deb ta’kidlagan. Zo‘ravonlik – o‘zini boshqalar ustidan ustun qo‘yishning eng oliy va fojeali natijasidir. Shu bois, barcha, o‘zini ziyoli va ma’lumotli deb anglagan odamlar, zo‘ravonlikdan o‘zini tiyishni hayot qonuniyatiga aylantiradilar. O‘z agressiv holati va qalbida tug‘yon urgan zo‘ravonlik kayfiyatlarini yengib o‘tish mumkin-mi?! Albatta, ha, yengib yashash mumkin!
O‘z agressiyasini yengish usullari. Agressiyani yengish bo‘yicha uch umumiy usul taklif etiladi. Ular: passiv usul, faol usul va mantiqiy usul.
Passiv usul – o‘z kayfiyati, hissiyotlari, o‘zini qiynagan masalalar borasida birovga dardini to‘kib solish, o‘rtoqlashish, suhbat qilishda namoyon bo‘ladi. O‘z hissiyotlariga erk berish, ularninig chiqib ketishiga imkon yaratish qalbdagi agressiv vaziyatning kuchayishini oldini oladi. Bu borada ayollar yig‘lab-siqtab olganlaridan so‘ng, ancha yengillik his qiladilar.
Faol usul– faol usulning barcha turlari faol harakatlar olib borish asosiga qurilgan. Adrenalin – inson kayfiyatidagi tanglik holatining tibbiy asosi bo‘lgan modda – jismoniy mashqlar, harakatlar, mehnat jarayonida yediriladi. Buning oqibatida inson kayfiyatida xushnudlik holati vujudga keladi.
Mantiqiy usul ratsional, intellektual odamlarning usuli bo‘lib, bu usul juda katta qalb va aql mehnatini talab etadi. O‘z hissiyotlarini boshqara olish qobiliyatini egallagan odamgina mazkur usulni qo‘llay oladi. Bunday odamlar masalaning mohiyatiga urg‘u beradi. Uning mohiyatini tushunish esa muammoning yechimiga olib keladi. Muammoni tushunish asosida uni yechish yo‘llari ochiladi va kelib chiqadi. Shu bois, bunday odamlar har vaqt o‘zlarini agressiyadan ozod qilish hususiyatiga ega bo‘ladilar. Bu jarayon inson ichki hissiyotlari borasida olib borilgan analitik tahlilga o‘xshaydi.
Shu bilan bir qatorda odamlarning jahli chiqqanida hamda agressiya va zo‘ravonlik bilan to‘qnash kelganda, nimalar qilish lozimligi, qanday o‘zimizni tutishimiz kerakligi yuzasidan 6-ilovada maslahatlar berilgan.

Download 4,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish