Asosional oilalar
Bu ota-onalari xulqi buzuq, qonunga hilof ravishda hayot kechirayotgan oilalar va bu oilalarda yashash –turmush sharoitlari eng oddiy sanitary gigienik talablarga javob bermaydi. Bunday oilalarda odatda bolalar qarovsiz qoladilar, yarim och, yarim yalang‘och bo‘lib rivojlanishda ortda qoladilar, ota-onalar, boshqalar tomonidan ham jabrlanadilar, ijtimoiy pedagoglarning bunday oilalar bilan birgalikda, hamda vasiylik qilish hmkorlikda olib borilishi kerak.
Oilaning ijtimoiy-pedagogik nuqtai nazardan turlari
Insoniyat hayotining dastlabki bosqichlarida turli urug‘lar munosabatlari doirasida oila mavjud bo‘lmagan. Jinslar orasidagi munosabatlar poligamiya, ya’ni jinsiy juftliklarni erkin tanlash va almashtirish tamoyillari, bundan tashqari bolalarni butun urug‘ a’zolari bilan birgalikda tarbiyalashlari asosiga qurilgan. Ibtidoiy urug‘chilik bosqichida inson hayotida juda katta sifat o‘zgarishlari yuz berdi. Bu davrda kishilikning ilk jamoasi dastlabki jamoa bo‘lib yashash kurtagi paydo bo‘ldi. Bu kurtak urug‘ jamoasining tarkib topishiga asos bo‘lgan onalar atrofida yuz berdi. SHuning uchun ham bu bosqitch ona urug‘i matriarxat deb ataladi. Onalar urug‘ining bir-birlari bilan qon-qarindoshlik iplari bir bo‘lgan, kelib chiqishi jihatidan bir urug‘dan tarqagan odamlar guruhi tashkil topdi. SHuning uchun bu davrda nikoh bobida guruhiy nikoh tizimi hukmronlik qildi. Guruhiy nikoh odatiga ko‘ra ota noma’lum qoladi. Qon-qarindoshlik ona urug‘i doirasida rasmiylashadi. Bir urug‘ning ayollari ikkinchi guruhning ayollari bilan jinsiy aloqada bo‘ladi. Dastlab tug‘ilgan bolaning otasi kimligini ham bilish qiyin bo‘ldi. CHunki jinsiy aloqa kunlarida dastlab ayol va erkaklar o‘z sheriklarini tanlamaganlar. Aniq sherik bilan aloqa qilish huquqi ayollar ixtiyorida edi. Ijtimoiy munosabatlarning takomillashuvi va moddiy boyliklarni to‘planishi natijasida birgalikdagi xo‘jalikni boshqarish va o‘z bolalarini tarbiyalovchi er-xotin ittifoqi tarzida monogom oilalar shakllandi. Neolit (yangi tosh) davriga kelib, nikoh bobida garchi ikki urug‘ jamoasi o‘rtasida guruhli nikoh hukmronlik qilgan bo‘lsa-da, ammo nikoh tub mohiyati bilan o‘zining dastlabki bosqichlaridagi holatidan farq qiladi. Endilikda matriarxal urug‘ jamoasining guruhli nikoh doirasida juft oila vujudga keldi, ya’ni ayollar tug‘ilgan farzandlarining otalaridan o‘z urug‘ jamoasi manfaatiga ishlab berishni talab qiladigan bo‘ldilar. Ichkuyovlik mazmunidagi juft oilaning dastlabki ko‘rinishlari shakllanib bordi. Ayollar o‘zlari uchun aniq sherik tanlab, jinsiy aloqalar asosan ana shu doimiy sheriklar bilan bo‘ladigan bo‘ldi. Ona urug‘iga qatnovchi erlar o‘z urug‘i uchun ishlab berishdan tashqari xotinlari urug‘i uchun ham ishlab berishga majbur bo‘ldilar. Ana shunday asosda onalar urug‘i doirasida juft oila paydo bo‘ldi. Lekin bu oilada ayolning huquqi cheksiz bo‘lib, erkaklar ularga tobe edi. Eng qadimgi davrlardayoq shakllangan va hozirgacha mavjud bo‘lgan oila shakli – bu katta erkak etakchiligida bir necha avlodni birlashtirgan patriarxal oiladir. Patriarxal oilalarda munosabatlar ular a’zolarining iqtisodiy va psixologik o‘zaro aloqadorligiga tayangan va avtoritar xarakter kasb etgan. Aholi hayotining farovonlashuvi natijasida faqat er-xotin va ularni voyaga etmagan farzandlarini birlashtiruvchi nuklear oila vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |